Monday, February 2, 2009

Seni Sog`indim....

Boshqa so'z aytolmam yukardan to'lib
Afsus, boqa olmas, ko'zlarim to'yib
Lekin bilishingni hohlardim shuni
Men seni sog'indim, yoningda turib

Hijronlar qoldiku ortimda cho'kib
Yo'qota olmayin sabrimni ko'mib
Alam qilayapti, g'oliba bo'lib
Men seni sog'indim, yoningda turib

Mast aylasa ishqing mastona bo'lib
Diydoringdan ko'ngil, devona bolib
Sensizlik hayotdan ravona bo'lib
Men seni sog'indim, yoningda turib.

1 comment:

  1. JUDAYAM KUCHLI SHER EKAN, BLOGIZ HAM MAZMUNLI

    ReplyDelete