Pages

Friday, April 22, 2011

Ibodatga shoshilaylik


Hazrati Umar r.a. erta tongda masjidga borishni odat qilgandi.U kishi hali azon aytilmasdan turib masjidga kirib namoz vaqti bo'lishini kutib o'tirardi. O'sha kuni ham tong otmay masjidga otlanib yo'lga chiqdi. Ko'chada shoshib ketib borarkan, bir bolaga ko'zlari tushdi. U ham qayoqqadir shoshib ketayotgandi. Hazrati Umar r.a. qiziqib bolakaydan s'oradi: Ey bolam, erta tongdan qayerga ketayapsan?
Bola: Namoz o'qish uchun masjidga. Namoz vaqti yaqinlashib qo'ldi, mening esa tahoratim yo'q. Azon aytilmay tahorat olishim va namoz vaqtini kutushim kerak, shuning uchun shoshilayapman. Hazrati Umar r.a. bolaning javobidan suyundi. Ammo uni yana bir sinab ko'rish uchun so'roqqa tutdi: Bolam hali juda yosh ko'rinasan, hatto namoz ham farz bo'lmagan senga, qiyin bo'lmayaptimi? Bola: Hazratim, nahotki bu ishda yoshning ahamiyati bo'lsa, kecha mahallamizda mendan ham yosh bola vafot etdi. Demak, menga ham shuncha yil yashaysan, deb kafolat berilmagan. Shuning uchun ibodat qilishga oshiqaman. Hazrati Umar r.a. bolaning javobidan hangu-mang bo'lib, ikki qarama-qarshi tuyg'u og'ushida qoldi. Bir tamondan bolaning kichik yoshda bo'lib, Allohdan qo'rqib uning ibodatiga shoshilganidan quvongan bo'lsa, ikkinchi tamondan aqlini tanigan katta odamlarning g'aflatda, jaholatda yurganlaridan mutaasir bo'lib qayg'u chekdi.