Pages

Monday, December 11, 2006

Men xotiram zaiflashayotganidan ustozim Vaqi'ga shikoyat qildim. U meni gunohlardan saqlanishimni buyurdi hamda shu narsani aytdiki, ilm nurdir. Olloh bu nurni osiylarga bermaydi.

Imom Shofi'iy

Sunday, December 10, 2006

Oxirat havo yo’llari

Parvoz joyi: Dunyo

Qo’nish joyi: Oxirat

Uchish joyi: Doimiy

Yo’lovchining ismi: Inson

Jinsi: Tuproq

Manzili: Dunyo

Chiptalar faqat boorish uchun.

Birga olib ketish mumkin bo’lgan narsalar:

--5 metr oq mato;

--Solih amal;

--Foydali ilm.

Yo’lovchilar bulardan boshqa hech narsa olib keta olmaydilar. Yoqimli safar qilishni istagalarga Qur’oni karim va hadisi shariflardagi ko’rsatmalarga amal qilish tavsiya qilinadi.

Safar davomida kun tartibiga qo’yiladigan masalalar: umrni nimaga sarflading, yoshligingni qanday o’tkazding, mol-dunyoni qaysi yo’l bilan topib, qayerga xarjlading va Olloh uchun nima amal qilding???

Eskatma: taqvo kamari bilan belini mahkam bog’laganlar uchun safar bexatar bo’lishi kafolatlanadi!

Friday, December 8, 2006

kechagi hissiyot...

Ishqning nomi azobmi, sensiz kunim o’tmaydi
Qorong’u tun ichida ruhim og’ush bilmaydi.
Senda ham bormu bu dard, dilim seni qo’msaydi.
Erkatoyim, ayt nega sendan kechib bo’lmaydi.
Tongda turib derazadan qaraganingda meni esla, chunki milt-milt etib ko’z qisayotgan yulduz men bo’laman. Tashqariga chiqib ketayotganingda hovli yuzidagi atirgulga bir bora qarab qo’y, gul yuzida omonatgina turgan shabnam men bo’laman. Go’yoki sening qalbingda muallaq joy topolmay omonat turgan. Ilk quyoshning zarrin nurlaridan to’yib-to’yib bahra ol, zeroki ular mening mehrimdir. Osmonda chug’ur-chug’ur sayrayotgan qushlar xonishini tinglagin, chunki u mening senga ayta olmayotgan sevgimning madhidir.

Senga aytar so'zlarim...

Menga buncha termulma uzoq
Bardosh bermas: olovli nigoh
So’zlamagin, sen undoq bundoq
Og’ir botar, ko’nglim og’riydi.

Menga qilma havaslarim pesh
So’zlamagin hasadlaringdan.
Ehtiyot bo’l, bir so’z aytishdan
Qaltis so’zdan ko’nglim og’riydi.

Berma menga o’ylashga imkon
Sen haqingda yomon bitta o’y.
Avaylagin, qalbim bir qo’g’on
Sinib ketsa, ko’nglim og’riydi.

Alam kelsa bo’g’zimga to’lib,
Qolaversam ko’zda yosh to’kib,
Senga bir so’z qaytarmama axir
Qiynamagin, dilim og’riydi.

Alamlar ko’p dunyoda chunon
Yashayapman ko’z yumgancha jim.
Tushlar ko’rsa ruhim har zamon
Ta’na qilma, ko’nglim og’riydi.

Sergeli 02.11.06
22:52

Oq tulpor va kumush rang tolning ajoyib muhabbati

grek yozuvchisi Xristos Bulotis
Oq tulpor va kumush rang tolning ajoyib muhabbati
Keng yaylovning qoq o’rtasida sarviqomat bir tol o’sardi. Bu tolning qachon va qanday qilib bu yerda o’sib chiqqanini hech kim bilmasdi. Ehtimol, bu savolga sarviqomat tolning o’zi ham javob topa olmas. Barcha mavjudot uning sarvdek qomatiyu, kamondek egiluvchan shoxlaridan, ayniqsa, kumushdek tovlanadigan libosidan zavq olardi.
Kim o’ylabdi deysiz, bu tolning qanchalik baxtsiz ekanligini. Kumushrang tol o’z nigohini qanchalik olislarga tikmasin, afsusku, bu kengliklarda birorta ham daraxtni uchrata olmas edi.
“Dunyoga kelganimdan beri yolg’izman: na bir do’stim, na bir ko’ngil yozadigan suhbatdoshim bor” deb o’ylagancha hayol surardi u.
“Odamlar juda ham yolg’iz qolishgalarida “daladagi qamish qalamchalariday yolg’iz” deyishadi, aslida ular yolg’izlikda qolganlarida o’zlarini menga, ya’ni yaylovdagi yolg’iz tolga o’xshatishsa to’g’riroq bo’lardi”.
Shu va shunga o’xshash fikrlar bilan kumushrang tolning dili doimo xufton edi. Go’yoki bu sarviqomat, kumush rang tolning baxtli bo’lishga haqqi yo’qdek tuyulardi. Uning bor yo’q yupanchi, shubhasiz, bu qushalar edi. Biroq ular bilan ham gaplashish imkoniyati deyarli yo’q edi. Bu chug’urchiq qushlar kuni bilan shoxdan shoxga sakraganicha faqat kuylagani va uxlagani kelishardi. Chug’urchiqlar hanuzgacha kumushrang tolning tilini tushunganicha yo’q, aytishadiki, daraxtlarning tilini tushunish har qanday mavjudotning ham qo’lidan kelavermaydi. Chirilloqlarni aytmaysizmi, hattoki ular ham faqat ko’ngilxushligu, uyqu uchun kelishadi. Garchi har yoz kumushrang tol ularni o’z bag’riga olib, barchasini mehmon qilsa-da, ularning hech biri tol bilan suhbat quradiganga o’xshamas edi.
Shunday qilib, oylar, oylar ketidan yillar o’tardi. Endi nochor tol uchun go’yo butun borliq rangsizdek ko’rinardi, toki hayot unga munis tabassumini hadya etgunga qadar.
Tonggi yomg’irdan so’ng saxiy oftob bor zarrin nurlarini keng yaylov uzra sochgan kuz kunlaridan biri edi. Mehribon oftob tik turganicha saxiyligining eng yuqori cho’qqisiga chiqqan pallada kumush rang tol nogoh olis-olislardagi qirlar ortidan samandek yelib kelayotgan oppoq tulporga ko’zi tushdi. U go’yoki qordan-da oqroq edi. Bunchalik mag’rur va uchqur ot hali bu yaylovga qadam qo’ymagan edi, uning nazarida.
“Naqadar jozibador, u har sakraganida uning yollari go’yoki qadamiga hamohang raqsga tushayotgandek”, deb hayolidan o’tkazardi bo’ylari sarvdek tol.
Birmuncha o’tmay otning ustidagi o’rta yoshlardagi chavandoz bo’rligi ko’zga ko’rina boshladi. “Shubhasiz, bu tulporning xo’jayini”, deb o’yladi tol. Tulpor yaqinlashgan sari tol unga qarab to’ymasdi. Tulpor tol yonida to’xtab, xo’jayini uni kumushrang tolning tanasiga bog’lab qo’yganida, tolning xursandchiligidan yuragi qinidan chiqay dedi. Xo’jayin shu atrofdagi dalani sotib olgan dehqon edi, shubhasiz.
“Bu dalada ish qanchalik uzoq davom etsa, men ham shunchalik hamrohim bilan birga bo’laman”, deya hayolidan o’tkazdi va tolning baxtiyorligidan kumush rang barglari yanada tovlanib ketdi. “Kimning hayoliga kelibdi deysiz, mening hamrohim shunchalik go’zal bir tulpor bo’lishini!”
Biroq tulpor unga qayrilib ham boqmadi. Avvalasiga, tulporning bir daraxt bilan suhbat qurib hamroh bo’lishi hayoliga ham kirib chiqgani yo’q. Ikkinchidan esa, uning ko’ngli daraxtlarni unchalik ham xush ko’rmas edi, chunki uni tez-tez daraxtlarga bog’lab qo’yishardi. Tulpor esa keng dalalar va adirlar uzra yeldek, ozod uchib yurishni afzal ko’rardi. Kelib-kelib daraxt bilan hamroh tutinarmidi, buning ustiga daraxtlar gapirishni ham bilmasa.
Bir kun o’tdi, uning ketidan ikkinchi va xuddi shunday uchinchi kun ham o’tdi: kumushrang tol esa o’z poyida shu qadar go’zal tulpor tursa-da, yana o’zining oldingi g’am va anduhlariga ko’mildi.
Tol bir necha bora tulporga gapirishga harakat qildi, ammo tulpor esa buni tushunmadi ham.
Ketma-ket kunlar, uzundan-uzoq soatlar shu holicha bog’liq turgan tulporni ham sekin-asta yolg’izlik o’z domiga torta boshladi.
Bir kuni peshin paytida tulpor boshini yuqoriga ko’targancha bor nazari bilan tolga boqdi. Tolning go’zalligidan tulporning ko’zlari qamashib ketdi.
“Voajab! Bunchalik sarviqomat! Naqadar go’zal! Barglarini aytmaysizmi, xuddiki ular uzra haqiqiy kumush yashiringandek! Bu keng yaylov uzra bechora tol yolg’izligidan qanchalik baxtsiz bo’lsa-a!?”, deya tulpor o’ziga-o’zi pichirlaganicha yana tol jozibasidan zavqlanishda davom etdi .
--Ey tulpor, meni tushunganing uchun rahmat senga,- degan mayin, erkin bir sado tol barglari orasidan eshitildi.
Tulpor esa o’z quloqlariga ishonmas edi. Tolning so’zlagani esa haqiqat edi.
--Nahot daraxtlar ham so’zlasa?,- hayratlanib dedi tulpor, -men faqat hayvonlar tilini bilaman, qanday qilib sening tilingni tushunayapman?
Nihoyat oq tulpor tolni eshitib, unga javob qaytarganidan xursand bo’lgan tol dedi:
--Dunyoda har bir mavjudot o’z tiliga ega. Bu tilllarni o’rganish uchun esa ko’p yillar kerak bo’ladi. Ammo dunyoda shunday tillar ham borki, ularni tushunish uchun faqatgina tushunishni xohlashning, senga gapirishga harakat qilayotganlarga diqqatingni qaratishning o’zigina kifoya…

…Shu orada bahor keldi. Bu faslda tabiat tolga shunday bir go’zal libos hadya etdiki, hali yer yuzida bunaqangi go’zal kumush rang tol bo’lmagan edi go’yo. Oq tulpor esa undan zavqlanardi. Latofatli tol uzra jamiki qushlar yig’ilib, eng dilrabo kuylarini chug’urlagancha kuylashardi. Tunlari yaylovga sayrga chiqqanlarning ham keti uzilmasdi. Shunday kunlarning birida ularning do’sti to’lin oy atrofida millionlab yulduzlari bilan tashrif buyurdi. To’lin oy engasha-engasha tolning eng yuqori shoxiga qo’ndi.
--Sizga mukofotingizni olib keldim, mana, oling!, -dedi shodlangancha oy va ularga bir qizil tugunchani uzatdi, -buni menga qo’shni yulduzdan bir go’zal suv parisi berib yuborgan edi. Uning ichida sehrli tilla kukun bor! Boshingiz uzra kukunni sochar ekanman, ikkingiz ham bir tusga kirasiz va bundan buyon ikki xil mavjudot bo’lmaysizlar. Muhabbatingiz yo’lida hech qanday to’siqlarga uchramay, davru-davron surasizlar. Tanlang: Ot bo’lib yashashni xohlaysizmi yoxud tol bo’libmi?
Shunda faqatgina haqiqiy muhabbatlarda bo’ladiganidek tol va tulpor bir-birini fikrini o’qigandek baravariga javob berishdi:
--Hadyang uchun rahmat, to’lin oy! Lekin biz qanday bo’lsak, shundayligimizcha qolishni xohlaymiz. Bizlar shunchalik baxtiyormizki, muhabbatimizning hech qanday sehrli kukunga ehtiyoji yo’q.
--Men shuni yaxhsi bilamanki,-davom ettirdi tol, -mening tulporim uzoq-uzoqlarda erkin, ozod kezishni sevadi.Men esa otdek sakrash to’g’ri kelmaydi. Menga qisqa tungi sayrlarning o’zi ham yetarli. Men aksincha mayin shabadada yengil tebranishni afzal ko’raman.
--Mening kumush rang tolim haq,-deya qo’shimcha qildi tulpor, -men uning poyida dam olaman va doim uning yoniga qaytib kelaman. Ikkimizga ham muhabbatimiz shu yo’sinda bo’lgani ma’qul! Biz shundayligimizcha ya’ni u tolligicha, men esa tulporligimcha qolamiz.
Tulpor o’z so’zini hali tugatib ulgurmasidanoq to’satdan oyoqlari ko’tarilganini his qildi. Tol birinchi marta hech qanday og’riqlarsiz pastga egildi. Shunday qilib ular ilk bo’sasini bir-biriga hadya etishdi…
Bu marhamatdan esi og’ay degan to’lin oy chapak chalib, bor ovozi bilan qichqirib yubordi:
--Ey insonlar, uyg’oninglar, yer yuzidagi eng beg’ubor muhabbatga qaranglar!
Bu tun to’lin oy samo uzra o’z sayohatini davom ettirishni unutgan yagona tun edi.

Tarjimonlar: Zendro & Dido
Dec 8, 2006
16:39 p.m.

Friday, May 19, 2006

Bir devona dardlari :)

Devona dilning dardlari (Dilbar dili dardkash do’stim Diloromga)
Davosiz dardlarimga darmonligingiz, dilbaru do’stonaligingiz dardlari dunyo dilimga da’vodir.
Diltortarligingizu dilafro’zligingiz dastidan darveshlar devonida devonaman.
Dilso’z darddoshingni darakla, deydi devonalik dardila dodlayotgan dilim
Dilso’z dildorimni darakladim.Daragi: dilobar dildorlar diyorida, deyman dardlari dunyo dilimga.
Dovdiramay dilrozingni Diloromingla dardlashay. Deydi dilim dadilllikda.
Diloromimni deb, darddan dodlayotgan dilmdagi dona dog’lar daryo-daryodir, dedim dabdurustdan.
Dilso’zim, dilingizni dardlamayman deb, Dilrozim dilimga da’vomas deyolmayman,deyish devonalikdir.
Dardlarim da’vosi, Dilor, dilingizga,
Dilbarlik dunyosi, Dilor, dilingizga,
Devona dashtlarda daydi dilimning
Dardkashi, donosi, Dilor dilingda…

Инсонлар савдоси—давр муаммоси

Инсонлар савдони ёши буйича энг кадимий инсон хукукларни поймол этилиши муаммоси хисобланади. Инсонларнинг уз эркига карши холда жисмоний ва маънавий мехнатидан фойдаланган холда, уларни моддий манбага айлантириш ибтидоий жамоа давридан бошланган. У инсоният тараккиёти даврида хар доим ушбу муаммо жамиятнинг огрик нуктаси булиб хисобланган. Инсонлар устида олиб бориладиган савдо жиноятчилигини ечишга каратилган биринчи ташкилот 1839-йилда тузилган эди. Кулчиликка карши бу институт изланишлар, огохликни устириш ва биргаликдаги ташкилий харакатлар оркали инсонлар савдосини тугатиш учун кабул килинди. Бу институт махаллий ташкилотлар хамкорлигида давлатларда кулчиликка карши босим бериш билан уз фаолиятини амалда куллайди.
Инсонлар савдосига карши кураш фаолияти илк боскичларида, 1949-йилда кабул килинган «Инсонлар савдоси тахдиди ва фохишабозликда эксплотация» Конвенцияси узида ундан аввал кабул килинган конвенция ва келишувларни мазмунан мужассам килди. Лекин ушбу битим купчилик давлатлар томонидан бир овоздан кабул килинмади. Бу битим трафик—инсонлар савдосига коникарли таъриф берилмаганлиги мажбурлов механизмининг камчиликлардан холи эмаслиги ва фохишабозликнинг чегаралараро усиб бораётган инсон савдоси эканлигига алохида ургу берилмаганлиги боис куплаб танкидларга учради. Бундай нобопликлар туфайли узга давлатлар ва халкаро ташкилотларда кизикиш уйготиб, уларнинг конунчилигига бирор бир янгилик олиб Кира олмаганлиги туфайли, 1990-йилларга келиб инсонни пуллаш жиноятчилиги жахонни ларзага сола бошлади.

Friday, March 24, 2006

Vatanimga kelganda bahor

Shiawase janoblari:

Vatanimga keldi kelinchak bahor,
Yuzin ochib, qishni ayladi nochor.
Ko'klamni qo'msagan yurtim qizlari,
Mendayin bo'ydoqni qildilar abgor.

Tashakkur, bahorim, yuzlari anor,
Qadaming qalbimdan haydadi g'ubor.
Endi hech tortinmay, DIDOxonimga,
Otashin sevgimni qilaman izhor.

DIDOxon, tinglagin, ko'zlari xumor,
Qo'rqaman, dunyoda yomonlar bisyor.
Kirdikor "ko'zlardan" asrasin uchun,
Kel tezroq, beraman ajib bir tumor.

Javob:

Vatanimga kelganda bahor
Sen ham kelding yonimga xumor
Ahvolimni aylamoqchi xor
Sevgi degan tuy'gu betakror

Vatanimga kelganda bahor
Qizlar kular, ular beg'ubor
Har kulgida bir latofat bor
Men ham endi latofatli yor.

Vatanimga kelganda bahor
Shamol essa sharqdanda bir bor
Men devona ishqidagi zor
Yuboradi ishq hidin bisyor.

Friday, March 3, 2006

Barbod ayladi bu ishq

Ishq deya hayotim qilibman poymol
Meni istaganlar qalbin qilib xor.
Farhodlar bo’lmagan, Majnuni bekor
Aldading taqdirim, bo’lding nobakor.

Sevgi deganlari umrbod edi
Tushlaringda endi ko’rmay qo’yibsan.
“Toabad kutaman”—va’dalar qani
Demak, unutibsan, sevmay qo’yibsan.

Endi Zulayhomi tushgan ahvolim
Yo’q sen Yusufchalik sevolmas eding.
Qasamlar ichaman, bilib gunohim
Sen baribir menchalik sevolmas eding.

March 2, 05 USA

Yaqindagi olisim


Ko’zlarimning sirlarida asraganim
Ruhim bilan o’ngim meni bo’ldi bo’lak.
Bahor kelsa yomg’irlardek qo’masaganim
Oh devonam qalbimga bir o’zing kerak.

Nahot shuncha begonasan olislarda
Ayni zamon sendan o’zga yaqinim yo’q.
Niyatlarim yetib borsa xolislarda
Baxtli kunchun sendan boshqa darmonim yo’q.

Ko’zlarimning qarosida o’ynar aksing
Lablarim ham pichirlasa sening isming.
Hayhot bir bor uchrashmoq ham mushkul tugun
Soyalarda chizmog’im bor seninig jisming.

Yaqindagi olisim, uzoqdagi begonam
Qalbimda musofirlik qilmagin mashrabonam.
Sirlarimning sardori, ishqimda bir devonam
Yalinaman taqdirdan iqbolga ber zamonam.
June 12. 05 Tashkent

Bir donishmand degan ekan....

Dunyoda to'rt ajoyib narsa mavjud:
Birinchisi, qancha yesang ham kamaymaydi, u g'amdir.
Ikkinchisi, qancha bersang ham turaveradi, u insofdir.
Uchinchisi, qancha oqizsang ham tugamaydi, u ko'z yoshlaridir.
To'rtinchisi, qancha sinsa ham qiymati pasaymaydi, u dildir.

Tasavvurimdagi komil inson

Har bir odam orol emas, deganlaridek inson hech narsaga bog’liqsiz holda yashay olmaydi. Hayotda u kimgadir suyanib, kimgadir tayanch bo’lib yashaydi. Hayotdagi ikir-chikirlar bilan mashg’ul bo’lib, inson xuddi olomon ichida ketib borayotgan odamga o’xshaydi. Biz iloji boricha olomon ichidan chiqib olishga harakat qilamiz. Ba’zida suvsiz sahrolarda, dahshatli jarliklar oldidan chiqib qolamiz. Biz adashdik, demakki xato qildik. Chunki biz oson va qing’ir yo’lni tanlagan edik.
Bizni doim katta, nurga to’liq yo’l chorlab turadi. Unga yetishish yo’lida intilamiz. To’g’ri yo’lni tanlagan, mashaqqatlar chekib bo’lsada, olomonga qarshi chiqib, katta yo’lga yetishgan kishi komil insondir. U kamolotga yetishgan hisoblanadi.
Atrofdagi yangiliklar, mo’jizalarni ko’rib ulardan hayratlanar ekanman, ularni bilishni, o’zimda ham bo’lishini xohlayman. O’qiyman, o’rganaman, izlanaman. Demak, men intilayapman. Kamolot sari adashmay, qoqilmay yetib olishim uchun menga rahnamo kerak. Men ana shunday ideal odamni o’z tasavvurimda bunyod etdim. Bu Abdulla Qodiriy romanidagi Otabekdir. To’g’ri, Otabek ham qusurlardan holi emas. Men uni o’zgartirdim, zamonga moslashtirdim. Men u bilan suhbatlashaman, bahslashaman, dardlashaman. Uning qilgan ishlaridan xulosa qilib, o’z hayot yo’limni tanlayman. U tasavvurimdagi men har tomonlama intiladigan shaxsdir. U mening hayot yo’llarimda mayoq bo’lib porlab va har doim meni o’ziga chorlab turadi.
Menimcha, har bir insonning tasavvurida o’zi intiladigan ideal shaxs bo’lishi kerak. To’g’ri , hayotda deyarli ideal shaxsninig o’zi yo’q. Lekin komillikka intilgan inson kam bo’lmaydi. Inson tasavvuridagi ideal shaxs bilan birga bo’lsa, uning ko’zlarini ziyo nuri to’ldirib, yo’li munavvar bo’ladi. Uni chorlayotgan katta, nurga to’liq kamolot ko’chasiga yetishish tobora osonlashib boradi.
Komil inson qanday bo’lishi kerak?
Avvalom bor, Olloh bizni yashash uchun yaratibdimi, yashash, yashaganda ham yaxshi yashash kerak. Hayotda har bir narsadan lazzatlana olish kerak. Ezgulik urug’larini ekib, hayot yo’lini yorug’ qilish kerak. Insonning yashashdan bitta muddaosi bor, bu ham bo’lsa, baxtli bo’lishdir, degan ekan fayslasuf. Xuddi shunday inson baxtga intilib yashashi kerak.
Baxt nima? Bu savob ishlaringning gunohlaringdan ustun kelishi, ota-onang ko’nglini olish, yaxshi farzand tarbiyalab, uning hosilini ko’rish. Bir Ka’bani bunyod etgan kabi bir inson ko’nglini ko’tarish, odobli, mehribon, aqlli, jonkuyar va iymonli bo’lishdir. Komillik ifodalarini sanab hisobiga yetib bo’lmaydi. Shulardan aqalli bittasiga erishsak, hech bo’lmasa shu yo’lda intilsak hayotda maqsadimiz borligidan dalolatdir. Komillikkka yetishish istagi bilan, o’y-hayoli bilan yashasak, o’zimizni baxtiyor sezgan bo’lamiz. Tilagim, har bir inson, yoshu qari mana shu istak, niyat bilan yashasin, umr o’tkazsin.
Tilagim, yoshlarga baxtdek yo’liqqan
Ilk tuyg’u, sevinchlar doim yor bo’lsin.
Umringiz biz ilk bor cho’qqiga chiqqan
O’sha pok fasldek beg’ubor bo’lsin.

Tuesday, February 21, 2006

Eng buyuk sifatlar
Eng buyuk gunoh qo'rqishdir
Eng buyuk farog'at mehnatdir
Eng buyuk ofat noumidlikdir
Eng buyuk mardlik sabrdir
Eng buyuk ustoz tajribadir
Eng buyuk sir o'limdir
Eng buyuk iftixor iymondir
Eng buyuk bisot yaxshi farzanddir
Eng buyuk hadya kechirishdir
Eng buyuk sarmoya nafsga e'timoddir
Eng buyuk xiyonat yurtni sotishdir
Eng buyuk himmat bechoralarni boqishdir
Eng buyuk shaxs el dastyoridir
Eng buyuk imorat ilm uyidir
Eng buyuk jafo o'zni tanimaslikdir
Eng buyuk baxtiyorlik ittiforqlikdir