Pages

Tuesday, December 8, 2009

Zangi Ota va Hazrati Imom ziyorati


Bugun 8-Dekabr va dam olish kuni bo’lganligi uchun akamni bergan va’dasiga muvofiq Zangi Ota va Hazrati Imom majmuasiga oilaviy ziyoratga bordik. Bugungi havo xuddi bahor havosiday toza, mayda yomg’ir tushib turibdi.
Zangi Ota ziyoratgohiga oldin 2-3 marta brogan edim. Bu safar esa ziyoratgoh qayta ta’mirlanganligi sezilib turibdi.
Og’zaki lafzda Zangata deb ishlatadigan so’z asli Zangi Ota, ya’ni Zangi-Qora Ota deganini hech o’ylab ko’rmagan ekanman. Zangi Otaning nasabi Yassaviyning ustozi Arslonbobga borib taqalar ekan. Arslonbob esa qora tanli, zangi bo’lgan ekan, shu boisdan ham Zangi Ota ham ushbu nom bilan mashhur bo’lib kelarkan.
Ziyoratgohga kirish joyida yangi
ta’mirlangan (yoki qurilgan) hovuz bor ekan . Ichida baliqlar suzib yuribdi.







Hazrati Imom (Xasti Imom deb ham ataladi) majmuasiga oldin bormagan edim. Akamga olib borishlarini anchadan beri iltimos qilib yurardim. Majmua juda chiroyli tartibga solingan. Minoralarning uzunligi va ko’pligi ajralib turadi. Hazrati Imom masjidiga kirib ikki raka’at namoz o’qidik. Masjid ichi juda ham keng va chiroyli. O’ng qanotdagi zalni to’siqlar bilan yopib ayollar uchun namozga joy ajratishibdi. Ziyoratdan boshqa payti ayollar kelisharkanmi yo’qmi bunisini bilmadim. Masjid tomiga o’yib chizilgan naqshlar va boshqa san’at asarlari ko’zni qamashtirar darajada ajoyib.
Majmuada Mo’yi Muborak Madrasasi, Hazrati Imom masjidi, Tilla Shayx masjidi, Baroqxon madrasasi,Qaffol Shoshiy maqbarasi Namozgoh masjidi, O’zbekiston Respublikasi Musulmonlar Idorasi joy olgan.


Masjiddan chiqib majmuaning qolgan qismlarini aylanib chiqdik. Majmuada har bir binoga oid ma’lumotlar kamligini sezdim. Majmuaning keng hovlisida ushbu ustunga qaysi har bir binoga oid qisqa ma’lumot yozilgan ekan.
Afsuski, Qur’oni Karim saqlanadigan bino esa ish kunlari ochiq bo’larkan.









4 comments:

  1. Hazrati Imomning rasmlarini qo'ymadingizmi?

    ReplyDelete
  2. Assalamu alaykum wr wbt. thx a lot for informations.we all who study abroad miss there. And u remembered us those times. i lost ur blog...but Alhamdulillah ur friend helped me to find ur blog.

    ReplyDelete
  3. Juda qiziqarli yozibsiz, rasmlar ham zo'r...rahmat :)

    ReplyDelete