Wednesday, December 30, 2009

“Olloh”, deb…



Agar dengiz chayqalsa, to’lqin qo’zg’alib, bo’ron ko’tarilsa, kemadagilar:”Olloh”, deb munojot qilurlar.
Agar yo’l boshlovchi sahroda adashsa, karvon yo’ldan og’ib, qay tomonga qarab yurishni bilmay, lol-u hayron tursa: “Olloh”, deb nido qilurlar.
Agar boshlariga musibat tushib, balolar yo’gilsa, ofatlar kattalashib, hayot tang kelsa: “Olloh”, deb duo qilurlar.
Agar eshiklar muhtojlarga ochilmasa, talabgorlar oldiga pardalar tushsa: “Ollohim”, deya yolvorurlar.
Agar chora-tadbirlar foyda bermay qolsa, yo’llar toraysa, orzu-umidlar so’nib, ishonch rishtalari uzilsa, yana: “Olloh”, deya munojot qilurlar.
Agar keng yer tor kelsa, olti tomon yopirilib, qalblarni siqsa, faqat: “Olloh”, deya yolborurlar.
Chunki jojatlarni ravo etguchi, tanglikdan kenglikka chiqarguvchi, yo’qni orga aylantirguvchi, yo’qni borga aylantirguvchi, dardlarga malham berguvchi faqat Ollohdir.
U yaxshi so’zni, xolis duoni, chin munojotni beshak qabul etur.
Unga saharlarda ko’zyosh to’kilur, hojat mahallarda qo’llar cho’zilur, sog’inchdan sarg’aygan ko’zlar termulur…Uni eslash bilan qalblar xotirjam bo’lur, rohlar taskin topur, hissiyotlar tinchlanur, asablar bosilur, aql joyiga kelur, ishonch mustahkamlanur.
“Olloh” ismi – ismlarning eng go’zali, harfi harflarning eng chiroylisi, so’zlarning eng qimmatlisidir.
Olloh – boylik, boqiylik, quvvat, nusrat, izzat, qudrat va hikmat egasidir.
Olloh – mehr-shafqat, inoyat, yordam, madad, sodiqlik, ehson ulashguvchidir.
Olloh – ulug’lik, buyuklik, haybat va kuch-qudrat sohibidir.
Ey Olloh, Sendan boshqadan qo’rqishdan, Sendan boshqaga suyanishdan, Sendan boshqadan yordam so’rashdan panoh tilaymiz. Sen bizlarning xojamizsan. Sen qanday ham yaxshi xoja va qanday ham kuchli yordamchisan.
Oiz Qaraniyning “Mahzun bo’lma!” risolasidan
Hilol, 2008/2

4 comments:

  1. Блогингизга Фейсбукдаги профайл орқали келиб қолдим. (ЎзДЖТУни 2007 йил тамомлаганман). Уни албатта кузатиб боришга ва ўз мулоҳазаларимни билдиришга ҳаракат қиламан. Танқид ҳам бўлади, албатта :)

    (Эслатма: "Аллоҳ" сўзи араб тили қоидаларига кўра "А" ҳарфи б-н ёзилиши к-к. Ҳамкасбимни хатосини тузатишни ўзимнинг бурчим деб билдим, тўғри тушунасиз деган умиддаман)

    ReplyDelete
  2. Assalamu alaykum, blogimga xush kelibsiz. Tanqidlarni to'g'ri qabul qilishga harakat qilamiz, fikr va mulohazalaringizni kutib qolamiz.
    Eslatma uchun rahmat. Men jurnalismasman. :)

    ReplyDelete
  3. Hurmatli mehmon, men bugun O'zbek tilining imlo lug'ati kitobini ko'rdim, u yerda "Olloh" deb yozilgan ekan, ammo "A" harflar qismida "Alloh" degan so'zni topa olmadim. Qiziqarli, men yana surishtirib ko'raman.

    ReplyDelete
  4. Olloh deb yozganingiz to'g'ri Dilorom, javobini arab tilini biluvchi insonlardan so'rasangiz, o'qilishi jihatdan O deb o'qilishini aytishadi. Shunchaki o'qilish jihatdan o'zbek tilida olingan.

    ReplyDelete