Pages

Thursday, April 30, 2009

Ҳижобда юрадиган муслима юқори лавозимга тайинланди

АҚШ президенти Барака Обама асли мисрлик Америка олимаси Далия Мугахедни президент маъмурияти ҳузуридаги дин ишлари билан шуғулланувчи махсус маслаҳат кенгашига тайинлаш тўғрисидаги буйруқни имзолади. Ҳижобда юрадиган муслима бундай лавозимга Америка тарихида биринчи бор тайинланди.

Далия Мугахед бутун дунё мусулмон жамоаларининг ҳаётини ўрганишга ихтисослашган «Gallup» ташкилотининг исломий тадқиқотлар бўлими мудирасидир. Ушбу тадқиқотлар «Wall Street Journal» ва «Harvard International Review» каби машҳур газета ва бошқа даврий нашрларда чоп этилади. Таъкидлаш жоизки, Мугахед хоним «Ислом номидан гапираётган ким? Миллионлаб мусулмонлар нима ҳақда ўйламоқдалар?» деб номланган китобнинг муаллифидир. Ушбу китоб дунёнинг 35 дан ортиқ мамлакатида яшовчи мусулмонларниг ҳаёти ҳақида ҳикоя қилади.

"How to" questions

Usually I spend my most of time surfing the Net for endless "how to" questions.

Although Yahoo Answers or other Answers sites seems very helpful, I found this site more comfortable and more reliable.

http://www.ehow.com/

Friday, April 24, 2009

Ota-ona nazari bilan

Yaponiyaga bundan oldin kelganimda yapon oilalari bilan 3-4 kun o’tkazish uchun Madaniy Almashinuv dasturini o’tagan edim. Baxtimga juda ham yaxshi oila bilan tanishdim: yoshlari 62 va 60 lar atrofidagi er-xotin va ular bilan birga yashovchi buvilari va 35 yoshlardagi qizlari. Men ular bilan vaqtimni chog’ o’tkazardim: oila boshlig’i Takao (men ularni ota-yani Otousan deb chaqiraman)ning nihoyatda keng dunyoqarashi va komputerlar va texnika olamiga bo’lgan qiziqishi yoqib, soatlab suhbatlashardik. Eng muhimi, ikkalamiz ham uchchiga chiqgan video va rasm borasida qiziquvchan chiqib qoldik. Otousan Takao men bilan ingliz tilida so’zlashishga harakat qiladi, men esa uning shu yoshigacha to’xtamay ingliz tilini o’rganib kelishiga qoyil qolaman. Oiladagi ayol-onasi Junko esa juda ham o’zbek ayollariga o’xshash. Uni faqat farzandlari va oilasi, ya’ni qaynonasi, xo’jayini va bolalari haqida qayg’urishlari, har bir ishni 82 kirib, qartayib qolgan qaynonasining ruxsati bilan qilishi, erining aytgan gapidan chekkaga chiqib keta olmasligi, oddiy narsalar ustida ham boshqaning ko’nglini og’ritib qo’ymaymanmi deb o’ylanib, iymanib, oldidan o’tolmay o’tirishlari bevosita o’zimni mushtipar onamni eslatib yuboradi. Shunda, ha mana bu haqiqiy sharq ayoli, degim keladi. Yana Okaasan(ona degani) Junko o;zari tan olib qoyadilar: men shuncha yildan beri faqat oila ishlari bilan bo’lib, oddiy narsalar uchun ham o’zim qaror qila olmaydigan bo’lib qolganman, buni ham o’rganish kerak ekan ba’zida deb. Miyig’imda jilmayib, shu xislatingiz bilan ham siz yoqimlisiz degim keladi.

Tavbaning kutilishi

Anas roziyallohi anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Biringizning ulovi ustida sharobi va taomi bilan kimsasiz biyobonda qochib ketsa, undan umidini uzib, bir daraxtning tagiga borib, soyasida yotgada, umidi batamom uzilgan holda yotganida birdan ulovi oldiga kelib turganini ko’rib qolib, jilovidan tutib, o’ta xursand bo’lib ketib, shoshganidan “Allohim! Sen bandamsan! Men Robbingman!” deb yuborsa, Alloh taolo bandasi tavba qilganida ana shundan ham ko’ra ko’proq xursand bo’ladi. Zero, banda u xursandligining shiddatidan xato qilgandi”, dedilar”.

O’zimni butkul tavbasi ham qabul qilinmaydiganlar safiga qo’shib qo’ygandim, ammo Alloh Buyukdir!

Tark etmang, umidlarim....

“Kishi bir qavmga muhabbat qiladi. Ammo hali ularga qo’shilgani yo’q?” dedi.

“Odam o’zi muhabbat qilganlar bilandir”, dedilar.

hadisdan

Saturday, April 18, 2009

Xotimaning ma'nosi

"Hayotning yangi sahifasini ochmoq uchun, oxirgi sahifani yopmoq lozim. Xotimaning ma'nosi ham shunda", dedi bir inson. Bu gapdan o'zimga tegishli mazmunni anglab olishga harakat qilayapman. Ishqilib, oxirgi sahifani yaxshilab yopgan bo'lay.

Friday, April 17, 2009

shunchaki o'ylar...

Bolalarni yaxshi ko'raman.
Har bir narsaning xosiyati bor deganlariday, ancha payt yaxshi ish topa olmay yurdim va bir kuni "yaxshi" ishni o'zi oldimdan chiqib qoldi. Bolalar bilan nafaqat dars qilish, balki birga bo'lishning o'zi qanchalik yaxshi tuyg'ularga sababchi bo'ladi.

Ammo bolalar ham hammasi birday yaxshi xulqga ega emas. Kechki payt oltigacha ota-onasini kutib o'tirgan norasidalarning ko'zlaridagi alamni ko'rib g'amgin tortadi odam.

Kecha "endi ularni kormasam kerak" degan hayoldan ko'nglim xira edi. Tavakkal qilish har doim yaxshilik bilan tugaydi deyishardi. Ilohim, bundan keyin faqat Allohga tavakkal qilishimizni bardavom qilsin.

Teaching kids

Teaching kids is really enjoyable activity, but sometimes it is not easy to get them all interested in.

So here is a video which I found some months ago, it is really helpful for beginner teachers. In order to have a lesson like this, one has to have adult students who understand English as well. So, they missed that part.



here is the rest

Thursday, April 2, 2009

Soxta jasoratlarim

SHAHLO AHMEDOVA: keyin bu yulda jasoratli bolish kk ekan
SHAHLO AHMEDOVA: ya'ni jasorat bu sen qila olishing mumkinbo'lgan ishni qilish emas
SHAHLO AHMEDOVA: balki qilishga qodir bo'lmay shu ishga jazmqilib uni amalga oshirish ekan
Dido: ohho zor gap boldi
SHAHLO AHMEDOVA: demak menda shu jasorat yetishmas ekanda dedim
SHAHLO AHMEDOVA: va undan ya'ni dugonamdan meni ham Al. jasoratlilardan qilishini so'rab duo qilishini iltimos qildim

"Jasorat bu sen qila olishing mumkin bo'lgan ishni qilish emas, balkim qilishga qodir bo'lmay turib, shu ishga jazm qilishdir".

Bu gapni kim aytganini bilmayman. Ammo rostan ham axir uni qila oladigan bolsam, jasorat bu deb da'vo qilish yaramaydiku. Go'yoki qo'limdan keladigan ishlarga ham, ularni amalga oshirishga nafsim to'sqinlik qilgani uchun, "jasorat" bu deb soxta nom berib kelganga o'xshayman. O'tirib o'ylab qarasam, ko'p narsaga qodir ekanman.