Pages

Monday, May 3, 2010

Nikoh kechasidagi duo


Alloh xohlasa, nikoh arafasida turibman. Shuning uchun ham oxirgi paytlarda o'ylagan o'ylarim, surgan hayolim, o'qigan va eshitgan gaplarim: hammasi nikoh va oila haqida. Bundan bir muddat ilgari Feruza kennayimnikiga borgandim. Ular mendan bir iltimos qildilar: duolarimda ularni ham eslab o'tishni. Bajonidil qabul qildim. Shunda Feruza opa menga bir xabar berdilarki, (kenayim aniq hadisni ayni paytda topa olmadilar, ammo juda ilmli bir ayoldan eshitgnaliklarini yetkazdilar) ikki paytda qilingan duo hech bir to'siqlarsiz qabul bo'lar ekan. Birinchisi, Qadr kechasida qilingan duo.
Ammo Qadr kechasini Ramazon oyining oxirgi o'n kunligi orasidan qidirishimiz buyurilganligi sababli ham, o'n kun ichidagi qaysi bir kun aynan Qadr kechasiga to'g'ri kelishini aniq bila olmaymiz va aynan o'sha paytda eng yaxshi duolarni qila oldikmi yo'qmi, bilmaymiz. Duolarning hech bir to'siqsiz qabul qilinishi mumkin bo'lgan ikkinchi payt esa bu turmush qurgan qiz va yigitning ilk nikoh kechasida nafl ibodatlarini ado etib bo'lgach duo qiladigan paytlari ekan.Ikkinchi imkoniyatda birinchisiga qaraganda aniqlik bor, chunki ilk nikoh kechasi qaysi kunga to'g'ri kelishini oldindan bilib olish imkonimiz bor. Shunday ekan, bu tunda tong otguncha duo qilish mumkin va ularning to'siqsiz ijobatini kutishga yaxshi imkon yaraladi. Feruza kennayim mendan ana shu payti ularni va oilalarini ham duo qilishimni so'radilar. Men juda ham ta'sirlandim. Alloh xohlasa, shunday katta imkoniyat qo'limda naqd turgan ekan. So'ngra bu gapni uyimdagilarga, opalarim va yaqinlarimga yetkazdim. Natijada, ro'yxat tuzishga to'g'ri keldi :) Qallig'imga yuqoridagi gaplarni va duo so'rovchilar ko'pligini aytib, tuni bilan duo ro'yxatimizni o'qib chiqamiz shekilli deganimda, tong otguncha duo o'qishimiz biz uchun xayrliroq, dedilar. Chunki, bir musulmon o'zga bir musulmonni duo qilar ekan, farishtalar omin deb, shu tilak duo qilguvchiga ham bo'lishini so'rarkan.(Hadisdan mazmunan) Shunday ekan, hali nikohdan o'tmaganlar, oldimizda qanday katta imkoniyat borligini bilasizmi?! Bilgan bo'lsangiz, unda tezroq Payg'ambarimiz s.a.v.ning sunnatlaridan bo'gan bo'lgan nikohga kirishish shoshiling! :)

P.S. Shu bilan, xudo xohlasa, blogimda vaqtinchalik, toki to'y o'tib, bo'sh vaqt va internetga imkoniyat topilgunga qadar, agarki post qilish o'ta zarur bo'lib qolmasa, tamaffus e'lon qilaman..

6 comments:

  1. Allah nikohingizni hayrli, muborak qilsin. Baxtingizni to'kis qilsin. Hayrli farzandlar ato etsin. Umr yo'ldoshingiz bilan qo'sha qaritsin.

    ReplyDelete
  2. Assalamu alaykum, tilaklaringiz uchun rahmat. Alloh sizdan rozi bo'lsin. Ameen.

    ReplyDelete
  3. Assalomu aleykum, tuzgan nikohila hayrli bo'lsin. Barchamizgayam shunaqa namunali nikoh tuzish nasib etsin. Assalamu aleykum va Rahmatullohi va Barakatuhu!

    ReplyDelete
  4. Mashallah....

    Jezakallahul khoyron,

    ReplyDelete
  5. Aqilli, iymonli kelinimiz va dustim uchun xursandman.Bahtli bulinglar.

    ReplyDelete
  6. Alloh nikohinglarni hayri va barakotli qilsin solih soliha farzandlar ato qilsin amin

    ReplyDelete