Pages

Monday, June 29, 2009

Odam Nega Tush Ko'radi?

Odam nega tush ko'radi?

Buncha ko'p tush ko'raman? Kipriklarim bir biriga yetishdi deguncha, ketma-ket davomli, alamli, qo'rqinchli ba'zida shirin tushlar boshlanadi. Bir uyquga ketganda necha marotabagacha tush ko'rish mumkin?(har doim shuni mutaxassislardan so'rayman deb yuraman) O'rtacha hisobda 5-6 ta desam ko'pchilik ishonmaydi. Aytishlaricha, shuncha tush ko'rsa ham, odam eslab qola olmas ekan. Negadur meni esimda qoladi, qolganda ham shunchaki tasvir bo'libmas, o'sha his-tuyg'ulari bilan qoladi. Shunaqa aniq taassurotlar bilan qoladiki, ba'zida hayotda bo'ldi shu narsa degan hayolga borib qolishimga ham sabab bo'ladi.

Ko'rgan tushlarimni ustidan ba'zida kulib, ba'zida qo'rqib ketib, ba'zida shubhalanib qolib, o'zimga ozim aytaman:balkim har kuni ko'rgan tushlarimni qog'ozga yozib qo'yganimda Ray Bridburyning hikoyalariga o'xshagan kitob qilsa bo'larmidi?

Tuesday, June 23, 2009

Islomda Adolat

Adolat Qur’onda Islomning asosiy maqsadi va axloqiy fazilat sifatida tushuntiriladi.

Adolatning mazmuni:
Islomiy dunyoqarashda adolat bir narsani eng to’g’ri o’ringa joylamoq bilan ifodalanadi. Bu o’z navbatida o’zgalarga nisbatan ham teng munosabatda bo’lishni anglatadi. Islomda adolat ham axloqiy fazilat bo’lib, xuddi G’arb an’anasidagidek, inson shaxsiyatini tashkil qiluvchi xossasidir. Adolat huquqlar va burchlarning teng taqsimlanishida tarozi vazifasini o’tash bilan tenglik tushunchasiga juda yaqin turadi, ammo bu ikkisini bir xil deb bo’lmaydi. Boylikning noteng taqsimlanishi kabi ba’zida adolat notenglik orqali erishiladi. Islom Payg’ambari Muhammad (s.a.v.) shunday deydilar:
“Hech qanday soya bo’lmaydigan va yolg’izgina Allahning soyasi bo’ladigan Kunda U yetti turdagi insonlarga soya beradi. Birinchisi, adolatli yo’lboshchidir.” (Sahihi Muslim)

Alloh o’z Rasuliga xitob qilib shunday deydi:
“Ey bandalarim, men nohaqlikni O’zimga va xuddi shuningdek sizlarga ham man qildim. Shunday ekan, bir-biringizga nohaq bo’lishdan qochinglar.” (Sahihi Muslim)
Adolat har narsaning o’ziga tegishli joyda bo’lishini anglatar ekan, adolat axloqiy haqlikni va odillikni ifoda etadi.
Adolatning muhimligi:
Islom dinining muqaddas kitobi Qur’on adolatni eng ulug’ fazilat deb hisoblaydi. Adolat Islomning asosiy muddaosi bo’lib, daraja jihatidan eng birinchi o’ringa qo’yilgan Allohga ibodat (Tavhid) va Muhammad (s.a.v.) payg’ambarligining haqligi bilan yonma-yon turadi.

Wednesday, June 17, 2009

Why have the two main civil law traditions (French and German)had such little interest with each other, allowing them to evolve so independently?

French civil law and German civil law were developed sufficiently different.
Each subdivision is complete for itself, and there is no need of having interest
or learning the other one. There is a list of arguments for this statement below.
Both branches of civil law took its origin from the Roman law. During the
Revolution, France took the Roman law and promulgated it without major changes.
On the other hand, German civil law is also based on the Roman law, but it
considerably changed its content. That is why the second term regarding the
civil law is Romano-German law system. The term adds the word German, because of
addition of German law to the system.
For French civil law the law would be only acts of parliament. For German civil
law customs also had great power, when it comes to choose between law and custom.
During the Revolution and codification period emphasis pushed on nationalism,
escaping from jus commune which meant common to all. Nevertheless, French and
German civil law basically arose from the Roman law, each subdivision tried to
give a different form to the same law, so it could easily be recognized as
French law or German law.
Bugun birinchi marta...Olti yildan beri birinchi marta...

Shuncha vaqtdan beri har safar Dadam tushimga kirganlarida, o'limlari yolg'on bo'lib chiqadi: gohida bolalarga to'qilgan ertaklarga o'xshab uzoooq safarga ketgan bo'ladilar, gohida doxtirlar adashgan bo'ladi, gohida esa yana nimadir sabab bilan bo'lib o'tgan voqealar hammasi yolg'on bo'lib chiqadi.

Bunaqa tushlarning adog'i bormi, deb o'ylardim. Yoxud sababi nima? Nima, men hali ham tan olganim yo'qmi? To'g'risi, buning sababini kimdan so'rashni ham, nima deb so'rashni ham bilmayman.

Lekin bugun...vafotlariga hech aloqasi yo'q...Dadam moshinani to'ldirib nabiralarini olib yurgan ekanlar. Hamma narsa o'sha avvalgi zaylda,Opam o'gillarini to'polonchiligidan nolimoqdalar. Onam yosh va xursandlar. . Dadang keldilar, der ekanlar. Iliq va sog'inchli tuyg'ular.
Uni qo'li qonab ketibdi. Bilmadim, nima kesib ketdi, dedi. Tissue berdim.
Menga oldin so'z bilan tasvirlagan joylarini ko'rsatdi. Men oldingidan ko'ra o'zimni yaxshi his qildim, chunki aybdorlik, gunohkorlik hissi ozgina bo'lsa ham meni tark etganday tuyuldi.

Qiyosiy tahlil-ilmiy izlanishi olib borish uchun, hamma xususiyati va hamma tomoni bir xil bo'lgan, ammo faqatgina siz taqqoslamoqchi bo'lgan qismigina farq qiladigan narsalarni taqqoslash kerak, shunda tegishli va xolis xulosaga kelish mumkin, deb o'rgatgandi bitta professor.

Men shunday qildim.

Wednesday, June 3, 2009

Komagane, Nagano-ken



31-May kuni Nagano prefekturasidagi Komagane shahriga bordim.
Komagane da JICA tashkilotining maxsus bo'limi joylashgan bo'lib, u yerda turli davlatlarga JICA tashkiloti orqali o'qishga, ilmiy izlanish va turli sohalar bo'yicha ko'mak dasturi orqali rivojlanayotgan davlatlarga yuboriladigan talabalar tahsil oladi. Tahsilning so'nggi qismida talaba yuboriladigan davlatning tilini yoki mahalliy tilni o'rganishi talab etiladi. Shunday talabalar qatorida O'zbekistonga yuboriladigan va ayni paytda o'zbek tilini o'rganayotgan 37 yoshli Shimizu Shigeru ham bor ekan.
JICA yilda to'rt marotaba talabalarga tilni o'rganish dasturini taklif qiladi va yilda to'rt marta talabalar bu kurslarni bitirib chiqib chet davlatlarga yuboriladi. Talabalar o'zga davlatlarga ketish oldidan ularning til bo'yicha o'rgangan bilimlarnini yana bir marotaba oshirish va o'sha davlat madaniyati, tarixi yoxud mamlakatdagi kundalik hayot haqida suhbatlashish uchun talaba yuborilayotgan davlat tilida suhbatlasha oladigan hamda mahalliy bo'lgan chet elliklar bir kunlik mashg'ulotga chaqiriladi. Men ham shu toifaga kiruvchi chet elliklardan biri edim. Komaganega Shigeru bilan suhbatlashgani bordim. :)