Friday, April 30, 2010

Nikoh arafasida...

Turmush qurish shunchaki rafiqali yoki mahramli bo’lish emas, balkim u bilan birga Uning butun dunyosiga ega bo’lish demakdir. Shu daqiqalardan boshlab turmush o’rtoq sening hamkoring, yo’ldoshing va eng yaxshi do’sting bo’ladi.
U sen bilan lahzalarni, kunlarni va yillarni birga o’tkazadi. U sen bilan shodliging va g’amlaringni, muvaffaqqiyatlaring va omadsizliklaringni, orzularing va tashvishlaringni baham ko’radi.
Bemor bo’lsang, U hammadan ortiq sen haqingda qayg’uradi; yordamga muhtoj bo’lsang, U qo’lidan kelgan barcha imkoniyatlarni senga ko’mak bo’lishi uchun ishga soladi; siring mavjud bo’lsa, U omonatga xiyonat qilmay saqlaydi; maslahatga muhtoj bo’lsang, U eng yaxshi maslahatlarini sendan ayamaydi. U har doim sen bilan birga bo’ladi: tongda ko’zingni ochganingda birinchi ko’radiganing Uning ko’zlari bo’ladi; kun davomida U sen bilan birga bo’ladi, agarki biror sabab bilan jismonan birga bo’la olmas ekan, hayolan U butun qalbi, vujudi bilan faqat sen haqingda o’ylayotgan, seni duo qilayotgan bo’ladi; tunda uyquga borar ekansan, yumilayotgan ko’zlaringda so’nngi nigohlaring Uning aksini olib yumiladi va hattoki sen uyqudaligingda ham Uni tushlaringda ko’rasan; U sening butun borlig’ing, xuddi shunday sen Uning butun borlig’iga aylanasan.
Er va ayol o’rtasidagi yaqinlikni hech kim Qur’oni Karimda keltirilgan tavsifchalik yaxshi ochib bera olmagan: “Ular sizning liboslaringizdir va sizlar ularning liboslaridirsiz”. (Baqara surasi, 2:187)

“Happy Muslim Husband and Wife” dan tarjima.

2 comments:

  1. Alloh har bir muslim va muslimaga umri davomida eri ayoliga, ayoli eriga Allohning omonati ekanligini his qilib, anglab yashashni, birga bo'lganda bir-biri uchun Allohdan yaxshilik so'rab duoda bo'lib yashashlarini nasib etsin. Sizga ham, chin dildan.

    ReplyDelete
  2. Assalamu alaykum, Iroda opa.
    Duolaringiz uchun minnatdorchilik izhor qilaman, sizga ham shuni tilayman. Alloh rozi bo'lsin.

    ReplyDelete