Monday, April 12, 2010

"Biz baxtli oila quramiz" dan

Bugun darsdan keyin kutubxonada qolib davlat imtihonlariga tayyorlanmoqchi edim. O'zim bilan uydan Shoira Nuritdinova to'plab nashrga tayyorlagan "Biz baxtli oila quramiz" degan kichkina kitobcha ham olib chiqqan edim, bu kitob zo'rlik qildi. Xullas, imtihonga tayyorlanish ertaga qoldi, xudo xohlasa.

Kitob menga juda ham yoqdi, ayniqsa yosh qizlar (yigitlar) uchun yaxshi turmush o'rtoq, yaxshi kelin (kuyov) bo'lish va umuman Rasululloh s.a.v.ning sunnatlariga ergashuvchi yaxshi banda bo'lish haqidagi gaplari, nasihat va maslahatlari boshqa kitoblardagidan ko'ra ko'proq, soddaroq va yaxshiroq yetkazib berilgandek tuyuldi.

Kitobga qalam bilan belgilab qo'ygan menga yoqgan joylarini shu yerga post qilmoqchiman.
...Tanlanadigan turmush o'rtoqning ham birinchi qidirgani to'g'rilik, yaxshilik, rostgo'ylik va mehribon bir qalbdir.
Albatta, biror insonni sevganning avval hamma narsaning sohibi va yaratuvchisi bo'lgan Yaratgan Egamni sevadi. Alloh sevgisi inson sevgisining kafolati va qo'riqchisidir.

Dunyo hayotida turmush qurib, jannatga loyiq muhabbat bilan tinchlantirish, albatta, oson emas. Har bir inson turmush qurgach, haqqi yarimta bo'ladi, mas'uliyati ikki marotaba ortadi.

Aslida har ikkin jinsning yaratilish maqsadi birga bo'lish va bir-birini butlamoqdir. Biri-birini to'ldirib, bir butunga aylanadilar. Bu butunlikda huzur va baxt bor. Asl g'am ayriliqda va noahillikda.

Faqat badanlarning yonma-yon bo'lishi qalbalar birgaligini anglatmaydi. Shunday er-xotinlar borki, bir uyda yashasa ham, qalblari bir-biridan uzoq bo'ladi. Shundaylar borki, vujudlari minglab kilometrlar uzoqda, ammo ko'ngillari yonma-yon, birgadir. Ularning oralarini uzun masofalar ayira olmaydi. Hatto biri dunyoda, boshqasi oxiratda bo'lsa ham, ular yana birgadir.

Unutmangki, sevgi "teleskop"dan qaraydi, rashk esa "mikraskop" dan.

Payg'ambarimiz s.a.v. araz uch kundan ortmasligini buyurganlar. Yarashish uchun qo'lini birinchi uzatgan savob oladi.

Dunyo jannat emas, lekin jannatga bu yerda erishiladi.

1 comment:

  1. Assalomu alaykum Dilorom. Ishla qaley? Zo'r post bulibdi. Menga ushbu jumla yoqdi-"Unutmangki, sevgi teleskopdan qaraydi, rashk esa mikraskopdan" Uylaymanki ushbu kitob hayot yulizda asqotadi. Bye bye

    ReplyDelete