Pages

Thursday, March 26, 2009

Og'riydi...

Og'riydi..., o'ylasam juda og'riydi
Siljimoqqa hatto mador yo'qdayin.
Quduqdan tortganday tortaman kuchim
Hayot chashmasin ichish shuuunchalar qiyin?!

Kechalar uxlasam uyqim yig'laydi
Kerakmas menga bu dahshat tushlar deb.
Yupataman horg'in, bu ham o'tadi--
Dard borki-- uning da'vosi ham ko'p.

Yuraman yo'llardan siltaydi yer ham
Men unga og'irlik qilayotganday--
Uchib ketolmamku, hatto o'lsam ham
Baribir qoladi tanam sen bilan.

Qo'l bilan ko'rsatib derlar gunohkor
Qarolmayman, chunki mujgonlar kuygan.
O'zimni tanimay, shuunchalar xor-zor
Zalvor yo'llarimni sudrab yuribman.

Monday, March 16, 2009

Hayotimda bitta eng yoqimli xat olganman deb yurardim. Yaqinda bir xat olib, shunchalik ham samimiy boladimi a, deb o'ylanib qoldim...
P.S. xat yuboruvchining ruxsati ila :

Re: Aloha!;)
Sunday, March 15, 2009 4:26 PM
From:
This sender is DomainKeys verified
"dilorom razikova"
View contact details
To:
"Dilorom B. Abdullaeva"


Salom Dilorom,

Qalaysiz? Endi shunaqa bir chidab, keyin yana bir chidab, keyin mensizlikka ham kunikasiz, insh.
Menda har kun unlimited netni yuqligi, suvni napori pastligi, tuflimni 5minda chang bulishi, yonginayizda 100yenni yuqligi, Ohmeikandagi mazza qilib yurishlarni sog'inishlarimni hisobga olmaydigan bulsak boshqa hamma yoq zur. Tuylarni kecha utkazib mana bugun rasmlarni chiqartirishga tashqariga chiqdim, bahona odamga uxshagan netni speedida utiray deb net-cafega kirdim, uyda kartochkadagi netda skorst' ulgan, umuman ishlatishga toqatib sigmayapti. Hammani uzimni kiyinishi gapirishlarim bilan shok qilib yuribman bu yerda, odamlar meni kurib shunaqa ham xushmuomala odam buladimi deb yurishibdi, lekin uzim ularni muomalasidan har zamonda bir chuchib tushib yana qaytib uzimga kelaman. Kelishim bn menga xaridorlar kupayib qoldi, men esa har doimgidek noz qilib yuribman, mayli kuramiz deb quyaman uzim ham.
Aha, usha 2ta paketdagi baliq ham meniki edi, jiyuni tsukatte kudasai. Usha chinese olgani 100%, axir unda men ketganiom munosabati bilan shunday shanse buladiyu, u buni ishga solmaydimi, xay niche, teshib chiqsin demaymanu, but osh bulsin ham demayman
Bu yerda ham havo zur, kuz tegmasin, ishqilib 21martda ham havo yaxshi bulsa yaxshi bulardi.
Mayli, shunaqa Nagoya and Nagoyan Uzbeks' life haqida yozib turing tezda tezda, men ham netga often kirishga harakat qilaman. Ok, zerikmang, Bekzod, Gyuzel va men bilgan hamma hammga alangali privet!!!!!!!!!!!!
Best & tc,
Dilorom

Thursday, March 12, 2009

Iymon-e'tiqod qilingan narsani til bilan aytish, dil bilan tasdiqlash va a'zolar bilan bajarishdir degan ekan ulamolar.

Monday, March 9, 2009

This is important to know why you are getting married:

• It’s important to know why you are getting married
• God created marriage so that two people would become one to:
• --Mirror his image;
• --Mutually complete one another;
• --Multiply a godly heritage;
• You complete each other through unique differences and weaknesses.
• The family is a greenhouse for spiritual growth and a relay center for passing on spiritual truths to the next generation.
• In marriage the world sees a picture of what God is like .
David Coelhi
Harbor where to settle:

Harbor of idealism—“If I get married, I’ll be happy until the end of my days”.

Harbor of companionship—“I can’t stand the thought of living alone for the rest of my life”.

Harbor of sexual fulfillment—“Marriage means that I can enjoy sex anytime I want and never feel guilty of fearful”.

Harbor of social acceptance—“My family and friends keep asking me, “When are you going to settle down and get married?”

Relying on only one of those harbors may not result in a good marriage. I now understand, orienting to a right harbor is very vital.

Friday, March 6, 2009

Ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar tabiatdagi narsalarni yaxshilashi, sayqallashi mumkin, lekin insonni hech narsa qila olmaydi. U narsa kishiga ruhiy kamolotga erishish uchun yol korsatib bera olmaydi. Chunki, menimcha, ruhiy kamolot moddiy taraqqiyotga bogliq narsa bolmay, bizning qalblarimizdan joy olgan narsadir. U moddiy jihatdan qoloq xalqlarda ham, taraqqiyotga erishgan xalqlarda ham bir xil boladi. Shunday ekan, qolimizdan kelgancha ruhiy narsalarni izlamogimiz kerak. Bizdan avval ham kopchilik kishilar bu haqiqatga erishganlar, ruhiy kamolotda timsol bola olganlar. Agar ularda bizdagichalik ilm va moddiy taraqqiyot bolmasa ham, ular tarbiya va mulohaza yoli bilan ulkan ruhiy taraqqiyotga erishdilarki, bu taraqqiyot keyinchalik ozining buyuk samarasini berdi. Ular erishgan narsa nima edi? Bu narsalar yaxshilik, muhabbat, birovni ozidan yuqori qoyish, fidokorlik kabi fazilatlar edi. Shu narsalarga erishganimizda, qalbimiz tinch bolishi, kishilar hech qanday qonun yoki tuzumga muhtoj bolmas edik. Eng ajablanarlisi shundaki, hozirgi kunda madaniyatimiz taraqqiyotga erishish uchun qonun va tuzumlarni isloh qilishga urinadi, lekin ruhiy quvvatga suyanishga harakat qilmaydi. Menimcha, bolalarimizga elektr tokining foydalariga qoshib, ozaro muhabbatning foydalarini, komir va temirning manfaatlariga qoshib, ochiqkongillik va rahmdillikning manfaatlarini ham oqitmoq kerak. Boshqacha qilib aytganda, ular oqiyotgan ilmlarga abadiy qoladigan ruhiy sifatlarni ham qoshib yubormoq darkor. Aks holda, kozlangan maqsadga erisha olmaymiz, degan ekan hind yozuvchisi Rabindratan Tagor.

Thursday, March 5, 2009

Banda vafot etib qabrga kirgandan so'ng ham yetti narsadan unga ajr borib turadi: ilm orgatgan bolsa, ariq o'tkazgan bo'lsa, quduq qazigan bo'lsa, masjid qurdirgan bo'lsa, Qur'on meros qoldirgan bo'lsa yoki o'gandan so'ng unga istig'for aytib turadigan farzand qoldirgan bo'lsa, degan ekanlar Muhammad sollallohu alayhi vassalam deb Bayhaqiy anas rosiyallohi anhu rivoyat qiladilar.

Quduq qazimoq, ariq o'tkazmoq o'z kasbi bolgan odamlarga ham bu ajr bolib borarmikan yoki faqatgina bularni Olloh yolida savob uchun deb bajargan kishilargagina taalluqlimikan bu ajr?