Pages

Wednesday, December 28, 2005

Mening ilhomim

Oldimda cheksizlik yotar yastanib
Qadam qo'ymoqlikka erinar jonim.
Yetar manzil uzoq senchi berkinib
Qayerga yo'qolding mening ilhomim.

Yana tushar yo'llarim chalkash
Bilolmasman tayin qarorim.
Balkim madad berarsan desam
Qayerdasan mening ilhomim.

Boqqan nigoh qiynaydi meni
So'roqlardan mushkul ahvolim.
Javob topmay qolganda nochor
Qayerda bo'lasan mening ilhomim.

Tunda seni qo'msagan mahal
Shivirlashing kutar qulog'im.
Ertak aytgin menga to nahor
Tashlab ketma meni ilhomim.

Tuesday, December 27, 2005

sen kelganing hamon

Men ko`kda charaqlab turganim bilan
Yorishib ketmasdi bu ko`hna osmon
Omadni behisob terganim bilan
Baxtliman demasdim kulib ham shodon.

She'r ilmin qanchalik bilganim bilan
Topmasdi satrlar hech qalbda makon
Yurakni har qancha tilganim bilan
Hech qachon bilmasdi nam yuzin mujgon.

Sen kelding qalbimga qaysi bir zamon
His qilish baxtidan siylading chunon
Kulsam gul bo`ladi, yig`lasam--yomon
Sevging asiri bo`lganim hamon.

Saturday, December 24, 2005

Ishonmayman

Ishonmayman sevgiga hech ham
Qiynab meni bo`lma ovora.
Vijuddaki qonlar muzlasa,
His-tuyg`ular bari safsata.

Yo`q men muzlab qolganimcha yo`q,
Dunyo meni yaratgan shunday.
Bu dunyoda ishq-muhabbat yo`q,
Cho`pchaklari o`tmaydi kuzdan.

Qiynashadi odamlar o`zin
Oh-voh deya yurakdan o`tsa,
Urinmagin izbotlab betin
Ishonmayman mavhum narsaga.

Hayot chaqmoq, minutalari o`q,
Badanimni o`qlar teshaypti.
Chalg`imoqqa bir fursatim yo`q,
Vidolashish kunim yetyapti.
June 8, 2005

without name

Sevaman deb aytmayman endi
Mayli dillarimda olov yonsa ham
Sevaman deb aytmayman endi
Mayli tillarimda armon qolsayam.

Bo`ldi, ortiq qiynamam seni
Bevafo deb atayver meni
Berkdir bizga taqdir yo`llari
Qurbon bo`lur sevgimiz endi.

Alam

Dedicated to my Dad

Qalbimni tig`lasa nimadur sekin,
Yoxud yoshlar tomsa ko`zimdan betin,
G'avg'olar o`ynashsa boshimda erkin,
Yo`qligingiz menga qiladi alam.

Qalbda dog` bo`lsayu, chora bo`lmasa,
Ko`zga yosh to`lsayu, kor topilmasa,
G`avg`olar yuzi hech qaro bo`lmasa,
Yo`qligingiz menga qiladi alam.

Qo`la oq duosin boshlasa keksa,
Qizim deb atasa, nogahon kimsa,
Kimdir dilimninig kamligin bilsa,
Yo`qligingiz menga qiladi alam.

Nomozshom tushsayu, siz kelmasangiz,
Dasturxon yozilsa, siz bo`lmasangiz,
Dilimning xunligin hech bilmasangiz,
Yo`qligingiz menga qiladi alam.

Alam qiladi menga bu dunyo shaksiz,
Yaralgan har giyoh , har bezak hissiz,
Tuyulsa hayotim birdan keraksiz,
Yo`ligingiz menga qiladi alam.

Irodammi...

Irodammi shunchalar nimjon
Yoxud sevgi shunday qudratli.
Unutmoqqa unutsam mudom
Olov yonar dilda sur'atli.
To`xtamaydi, alangasi-tez
Xayollarimni etadi parcha.
Har bir nafas olganim-shu kez
Yoding meni qiynarverar xorlarcha.
Tomog`imdan o`tmaydi nafas
O`lim menga qilar dag`-dag`a.
Topib bergin o`shani, Yo Rab,
Usiz hatto o`lim safsata.