Pages

Wednesday, December 30, 2009

“Olloh”, deb…



Agar dengiz chayqalsa, to’lqin qo’zg’alib, bo’ron ko’tarilsa, kemadagilar:”Olloh”, deb munojot qilurlar.
Agar yo’l boshlovchi sahroda adashsa, karvon yo’ldan og’ib, qay tomonga qarab yurishni bilmay, lol-u hayron tursa: “Olloh”, deb nido qilurlar.
Agar boshlariga musibat tushib, balolar yo’gilsa, ofatlar kattalashib, hayot tang kelsa: “Olloh”, deb duo qilurlar.
Agar eshiklar muhtojlarga ochilmasa, talabgorlar oldiga pardalar tushsa: “Ollohim”, deya yolvorurlar.
Agar chora-tadbirlar foyda bermay qolsa, yo’llar toraysa, orzu-umidlar so’nib, ishonch rishtalari uzilsa, yana: “Olloh”, deya munojot qilurlar.
Agar keng yer tor kelsa, olti tomon yopirilib, qalblarni siqsa, faqat: “Olloh”, deya yolborurlar.
Chunki jojatlarni ravo etguchi, tanglikdan kenglikka chiqarguvchi, yo’qni orga aylantirguvchi, yo’qni borga aylantirguvchi, dardlarga malham berguvchi faqat Ollohdir.
U yaxshi so’zni, xolis duoni, chin munojotni beshak qabul etur.
Unga saharlarda ko’zyosh to’kilur, hojat mahallarda qo’llar cho’zilur, sog’inchdan sarg’aygan ko’zlar termulur…Uni eslash bilan qalblar xotirjam bo’lur, rohlar taskin topur, hissiyotlar tinchlanur, asablar bosilur, aql joyiga kelur, ishonch mustahkamlanur.

Monday, December 28, 2009

Yurfak?



Juda ko’pchilik qayerda o’qishimni so’raganida, yuridik institut bilan yurfak, ya’ni yuridik fakultetni chalkashtirib yuboradi. Omma orasida mashhur bo’lgani yurfak, yuridik so’z oliy dargohga nisbatan ishlatildimi, ha yurfakda deb qo’yishadi. Bu hatto ziyoli odamlar o’rtasida ham ko’p uchrab turadi. Masalan, shifokorga qatnaganim haqida ma’lumotnoma olmoqchi bo’lganimda ham o’qish joyiga Yurfak deb yozib berishibdi. Aslida yurfak O’zbekistonda mavjud emas. Yuridik sohada yetakchi oliy dargoh Respublikada yagona Toshkent Davlat Yuridik Instituti (wikipediadan) bo’lib, bundan tashqari O’zbekiston Milliy Universitetining huquqshunoslik fakulteti mavjud; mazkur fakultet ham yuridik fakultet deb emas, balkim huquqshunoslik fakulteti deb yuritiladi. Ushbu istiloh borasida adashadigan odamlar aynan Milliy Universitetning huquqshunoslik fakulteti bilan alohida oliy dargoh Yuridik Institutni chalkashtirishadi. Odamlar orasida, ikkalasi ham bir sohaku, degan o’ylar yurishi mumkin. Hattoki ikkala dargoh ham shu sohani bitiruvchi talabalarga umumiy yurist degan diplom beradi. Ammo biri institut, ikkinchisi esa fakultet maqomida. O’zbekiston Milliy Universiteti tarkibida huquqshunoslik fakulteti universitet tashkil topgandan mavjud edi. Toshkent Davlat Yuridik Instituti esa 1991 yilda alohida institut sifatida universitet tarkibidan ajralib chiqdi. Shundan so’ng 1997 yilda Milliy Universitetda huquqshunos-pedagog fakulteti tashkil etildi va bu 2000 yilda huquqshunoslik fakultetiga aylantirildi. Bundan tashqari ikkala dargohdagi ilmiy muhit ham bir-biridan farq qiladi. 


Tuesday, December 8, 2009

Zangi Ota va Hazrati Imom ziyorati


Bugun 8-Dekabr va dam olish kuni bo’lganligi uchun akamni bergan va’dasiga muvofiq Zangi Ota va Hazrati Imom majmuasiga oilaviy ziyoratga bordik. Bugungi havo xuddi bahor havosiday toza, mayda yomg’ir tushib turibdi.

Monday, December 7, 2009

Palov

The Mansurovs degan yaxshi weblog bor. Yaqinda blog egalari Osh-Palovning retsepti bilan rasmlarini post qilishibdi. Chiroyli rasmlarga tan bermay iloj yo'q. Retseptdagi men bilgan osh pishirishdan farqli tomonlar bo'lganligi uchun ham uni bir sinab ko'rmoqchi bo'ldim.
Ta'm jihatdan yaxshi natijaga erishdim deb o'ylayman. Ammo ko'rinishidan ma'lum: sabzi kamlik qildi.