Thursday, February 4, 2010

Eng so'nggi semestr boshi...

Mana, bir amallab oliygohdagi o'qishimning eng oxirgi semestriga ham yetib keldim, Yaratganga shukr. 
Bu semestr bizga 9 ta yangi fan o'tilayapti. Hammasi qiziqarli, deyarli barini boshi "sud" so'zi bilan boshlanadi: sud buxgalteriyasi, sud meditsinasi, sud psixiatriyasi, sud statistikasi va boshqalar.
Sessiyadan horib chiqib, yana yozishga tushib ketdik. Yoza-yoz, nazarimda 4 yil, balki besh yildir, yozish bilan o'tib ketdi umrimiz. Ha mayli, yozmasak leksiya zerikarli bo'lib qoladi, chunki qiladigan ish qolmay qoladida. O'zimcha o'ylayman, bu yozishlar ham g'animat, keyin meni majburlab yozdiradigan odam topilmay qoladi. Bir adashib qo'limga ruchka tutib qolsam ham o'zi tovuq panjasi bilan yoziladigan harflarim, Microsoft Officedagi eng xunuk tushunarsiz shrift bilan bellashib qoladi. Har holda MS officeda ma'lum bir qonuniyatlar bo'ladi, menda es YO'Q. Shunisi yaxshida, men hech kimga o'xshamiman :)
Xullas, bir yaxshi bir yomon hissiyotlar bilan studentlik davrim ham o'z nihoyasiga yetib borayapti. Yaxshi ko'rsam ham, yomon ko'rsam ham shu pishig'ishtli ikkita binoda ko'p yaxshilik ko'rdim. 
Mayli keyin davom ettiraman, hozir mavzuni yozay, leksiya boshlanib qoldi. 
Mavzuni nomini qarang: "Nomusga tegish bilan bog'liq jinoyatlarni tergov qilish! Bu Kriminalistikadan.
Butun auditoriya shovqin ko'tarib yubordi. "Endi uxlayotuvdim, endi uyg'ondim" deydib bir hazilkash bola. Ha bu mavzu hammaga qiziq. "Praktikadan gapiring, domla" deydi yana biri. "Hammangni boshingga tushib qolishi hech gapmas, ilib ketadi, qolasan osilib" deydi domla bolalarga qarata. Buni ustiga yana biri "Qanday qutulish yo'llarini o'rgating, domla"mush.
Qanday davrada bo'lmasin, yoshlar o'rtasida jinsiy mavzudagi gaplarning bozori chaqqonda-a. Ha, o'zim ham shunday. Esimda, Hadis va Hayot kitoblarini birinchi 13 juzini, ya'ni NIKOH haqidagi juzini o'qib chiqgandim. Keyin bir iymondagi boladan u ham shunday qilganini, hattoki bir kunda o'qib tashlaganini eshitib, Ay siii deb qoluvdim.
Ahh, qornim ochib qoldi. Ko'z o'ngimdan yaxshigina lag'monlarmiyey, hmm chiroooyli sho'rvalar o'tayapti. Yaxshi, shu yilgi yangi patogim binoni o'ngroq tarafida joylashgan. Oldingi auditoriyam naqd "Ugalok" kafesini keyingisi edi, shu ikkinchi paradan boshlanadi tabakajonlarning yoqimli hidlari, endi qo'yaverasiz. Bir patok bolani oshqozoni qiynalib o'tirardi. 
Ha leksiya yozmasam bo'lmaydi shekilli, mavzu qizib ketayapti. 
Unda hozircha xayr.

2 comments:

  1. Aha, 9 ta, bu hali eng kam deganiyu, o'tgan semestrda bundan ancha ko'p fan o'tuvdik.

    ReplyDelete