Monday, February 15, 2010

Haqiqiy qish....

Toshkentda qalin qor yog'di. Ketma-ket kunlar muz ustiga qor yog'di. Havo juda sovib ketdi. Shunday sovuq kunlarda Farg'onadan mehmon kutdik. Ular Nurotaga ketishdi. Shanba kuni ertalab tursam, havo juda sovuq ekan. Bilaman, hamma joy muzlab qolsa ham O'zbekistonda maktablar yopilmaydi, kel o'zimni bir xursand qilay, deb men institutga bormadim. 13-fevral bo'lgani uchun kennayim yillik hisobotlari bilan juda band edi. Aytishlaricha, 15-fevral yillik hisobot topshirishning oxirgi kuni ekan. Hali statistikaga borish kerak, hali soliqqa, hali buxgalterga, ishqilib ish ko'p paytida ustiga ustak pechat aptekadan qolib ketibdi. Men borib olib keladigan bo'ldim. Ko'chaga chiqsam bekat orqasida bitta kulib turgan narsaga duch keldim. Beixtiyor meni ham yuzimda tabassum yugurdi. Qarang, qanday ajoyib:
Hohohoy! Osilib turgan qoshchalarini buni, sharfchalari ham bor. :)Shartta rasmga tushirib oldim.
Qaytib kelib, shu yerdan o'tayotsam ikkita katta yoshli rus ayol qorboboni yonida rasmga tushishayotgan ekan. Men ham ulardan meni qorbobo bilan birga rasmga olib qo'yishlarini iltimos qildim. Bugun ertalab havo oldingi kunlardan ham sovuqroq edi. Muzda toya-toya institutga bir amallab yetib oldim. Ha, bugun avtobusda ketdim ertalab. Shunaqa tiqiliiiiinch. Yo Alloh, o'zingga shukr, haliyam bizni uyimiz oxirgi bekatda joylashgan. Yoki men institutga umuman borishni yig'ishtirib qo'yarmidim.
Ha, yana bitta rasm: qanchalik muzlaganini ko'rsatish uchun. Bu sumalaklar 4 kundan beri shu ahvolda turgandi. Bugun erib boshlabdi.

6 comments:

  1. This comment has been removed by the author.

    ReplyDelete
  2. blogizda anchadan beri mehmon bo'magandim. hozir qattandur hayolimga keldiyu kirdim va kirdimu hayron bo'pqoldim...qorboboni orqasidagi sartaroshxona, deyarli ohirgi ikki yil mijozi bo'lganim sartaroshxona...uyni sog'inganim uchunmi qanaqa tanish joylarni ko'rsam hayajonlanadgan bo'pqomman, uni ustiga qorni etmismi, shu bilan InshaAlloh keyingi bahorda borganimda qor bo'ladimi yo'mi Alloh biladi...
    sizga rahmat hammasi uchun, yozgan postiz uchun ham...
    siz istiqomat qiadigan joyga ko'chib borgan paytimizda birinchi marta avtobusni tiqilinch bo'lishini guvohi bo'lgandim va shu bilan uch yil har kuni ertalab litseyga "konechniy"dan boshlanadigan "toza havoni qadriga yetish operatsiyasi"da qatnashganman, ba'zida 1-paragayam bormasdim. hammasidan ham shunaqa tiqilinchda odamlani ustidan kulgande konduktor yo'lhaqi so'rab yurardi...o'shanda "agar kotta odam bo'b ketsam hudo hohlasa ayollaga alohida erkaklarga alohida avtobus hizmatini yo'lga qo'yaman" deb maqsad qilgandim:)) Alloh nasib qilsa maqsadimga ham erishtirar...
    sizga raxmat yana bor bora, Alloh rozi bo'lsin, yana shunaqa yurtimizdan habarlarni kutib qolamiz...
    etgancha TVsi bor aptekadagi hijobli qiz kennoyizmi?

    ReplyDelete
  3. blogizda anchadan beri mehmon bo'magandim. hozir qattandur hayolimga keldiyu kirdim va kirdimu hayron bo'pqoldim...qorboboni orqasidagi sartaroshxona, deyarli ohirgi ikki yil mijozi bo'lganim sartaroshxona...uyni sog'inganim uchunmi qanaqa tanish joylarni ko'rsam hayajonlanadgan bo'pqomman, uni ustiga qorni etmismi, shu bilan InshaAlloh keyingi bahorda borganimda qor bo'ladimi yo'mi Alloh biladi...
    sizga rahmat hammasi uchun, yozgan postiz uchun ham...
    siz istiqomat qiadigan joyga ko'chib borgan paytimizda birinchi marta avtobusni tiqilinch bo'lishini guvohi bo'lgandim va shu bilan uch yil har kuni ertalab litseyga "konechniy"dan boshlanadigan "toza havoni qadriga yetish operatsiyasi"da qatnashganman, ba'zida 1-paragayam bormasdim. hammasidan ham shunaqa tiqilinchda odamlani ustidan kulgande konduktor yo'lhaqi so'rab yurardi...o'shanda "agar kotta odam bo'b ketsam hudo hohlasa ayollaga alohida erkaklarga alohida avtobus hizmatini yo'lga qo'yaman" deb maqsad qilgandim:)) Alloh nasib qilsa maqsadimga ham erishtirar...
    sizga raxmat yana bor bora, Alloh rozi bo'lsin, yana shunaqa yurtimizdan habarlarni kutib qolamiz...
    etgancha Tvsi bor dorixonadagi qiz kennoyizmila?

    ReplyDelete
  4. Comment uchun rahmat, sergelilikman deng, unda, yaxshi. Ayollarga alohida avtobus haqidagi niayatizga erishishizga men ham tilakdoshman. Tvsi bor aptekadagi kennayim emas, bizani apteka Sergelida joylashmagan.

    ReplyDelete
  5. Salom Dilorom.Nega oxirgi paytla jimib ketdingiz? Uqishdan bushamayapsizmi deyman-a?
    A true friend is not like the rain which pours and goes away. A true friend is like the air. Sometimes silent but always around you.
    JUST FOR DILOROM...

    ReplyDelete
  6. Wa alaykum smile_8788, ha, oxirgi paytlar jimib ketdim, o'qish bilan mashg'ulligim boismas, balkim ozgina betobligim sababli. Shamollab qolibman. Uch kun o'qishga bormadim, mazza qilib kitob o'qiyman desam, qayerda, imkon bo'lmadi. Just for me bo'lgan fikr uchun tashakkur. Yaqin kunlarda yangi post qilaman, inshaallah.

    ReplyDelete