Friday, February 12, 2010

Chaqmoq sarlavhalar

Hozir ziyouz kutubxonasida kitoblarni bir-bir ko'zdan kechirayotgan edim. O'zi kitob o'qishga hech vaqtim yo'q. O'qiyman desam o'qishim shart bo'lgan kitoblar qator-qator bo'lib, jovonda navbat kutib turibdi. Ammo ziyouz kutubxonasini ham bir qarab chiqgim keldi. Shunda birdan mana bu kitob e'tiborimni tortdi:
Sarlavhani jarangdorligini qarang! Endi bu kitobni o'qishni juda juda xohlay boshlayapman. Albatta, bu sarlavha menga notanish emas, bir-ikki eshitganman. Ammo endi uni o'qimasam bo'lmaydigandan tuyulayapti.
Shunda fikr tug'ilayapti: ha, haqiqatdan ham sarlavhada gap ko'p. Esimda, Nafis San'at litseyida o'qib yurgan kezlarimiz bizni ijod qilib biror narsa yozishga majburlashardi, yozib mashq qilardik. Eng qiyin dam esa, unga sarlavha tanlash edi. Ustozimiz "sarlavha asarning yarim ma'nosini aytib berishi kerak", deya bot-bot takrorlashdan hormasdi. Ammo bu juda qiyin ish edi. Ijod degani bu o'ylab qilinadigan narsamas, u kelib qoladi va tashlab ketiladi, derdim men. Men hech qachon sarlavhalarimni ooooo'ylab qo'ymaganman; boshimga chaqmoqday uriladi va bo'ldi, u sarlavhamga aylanadi.
Men, o'zi aytsam, sarlavhalar shaydosiman shekilli. Menga shunaqa wohh deb qoladigan sarlavhali kitoblar yoqadi. Masalan olaylik, "To'xtating samalyotni, tushib qolaman!" degani. Men bu asar tarjimasini birinchi marta Jahon Adabiyoti jurnalida ko'rib qolgandim, ishonchim komil uni ham o'sha zahoti o'qib chiqganman. Asar ham sarlavhadan kutganimdek yaxshi bo'lib chiqdi. Bu sarlavha keyinchalik meni kayfiyatimni, ruhiyatimni yetkazib berish uchun ancha yillar forum.arbuz.comda menga xizmat qildi. Men o'z blogimni ham shunday deb nomlagandim. Yana xuddi shunday tarixga ega bo'lgani "Ko'lmak suvda quyosh parchasi" edi. Bu sarlavhani o'zi  juda katta kechinmalarni yetkazib beradi.
O'xirgi paytlarda yuqorida aytib o'tganim, ijod ilhomi meni tark etgan ko'rinadi. Chunki biror narsaga sarlavha yoki nom qo'ymoqchi bo'lsam ikki soat, balkim kunlar o'ylanaman. Hech bir munosib narsa topa olmay, eng odmi va soddasiga o'ta qolaman. Kundalik bitiklarimmiyey yoki shunchaki Diloromning blogi. :(

5 comments:

  1. Assalom alaykum,

    "Kundalik bitiklarimmiyey deb kimni bog'iga tosh otyapsiz, Muhammadiynimi?"-deya so'radi bu blogga kirib qolgan bitta qitmir. :)

    U yana fikrida davom etib, quyidagilarni yozib qoldirdi.
    "Ha endi, ijod ilhomi ham har kuni atrofingizda girdikapalak bo'lavermaydida. Axir, katta-katta yozuvchilar ham bir tiyinga qimmat asarlaru "sarlavhalar"ni yozishadiku.

    O'qishda yurganimda bir professorning do'stimga aytgan so'zi hech esimdan chiqmaydi. "Bor, ana professor Larsdan so'ragin ikki qator gapini yozish uchun nechchi yil izlanishda bo'lgan ekan?"

    T.Murodni ilhomi kelguncha u ham rosa izlangan bo'lsa kerak....

    Darvoqe, "Chaqmoq sarlavhalar"-nima ekan debman :)

    Responsibility

    ReplyDelete
  2. Wa alaykum assalam,
    O'sha qitmir commentchiga qarata aytamiz:
    Forum.Arbuz.com dagi "Kundalik bitiiklar" degan blog meni blogim. Balkim, Muhammadiy mendan ko'chirgandirlar :)
    Boshqa commentlar uchun rahmat, "chaqmoq sarlavlahar" ham ilhomsizlik asoratlaridan birida.

    ReplyDelete
  3. Oydin yurgan odamlar asarini 1990-yildamikan uqib chiqqanman, mening sevimli asarlarimdan biri, maktabda uqirdim, kechalari uhlamay uqib chiqqanman.Qishloqning soddadil odamlari haqida,uqib chiqing,yoqadi sizga, deb uylayman.
    salom bilan
    H.

    ReplyDelete
  4. "Oydinda yurgan odamlar" yaxshi asar. Tog'ay Murodning o'ziga xos yozish uslubi bor. Bu kitobni maktabda, adashmasam, 7-8-sinfdaligimda o'qiganman. Maktab kutubxonasiga kirib, o'qishga shundan boshqa birorta kitob topolmadim. Kutubxonamiz juda qaashshoq edi. Kitobni varaqlab ko'rsam, nasr emas, she'rga o'xshaydi. Lekin olib o'qidim, yoqdi.
    "Chaqmoq sarlavhalar" zo'r sarlavha bo'libdi lekin. :)

    ReplyDelete
  5. Assalomu alaykum, "Oydinda yurgan odamlar" rostan ham yaxshi asar. Ehtimol, allaqachon o'qib chiqqandirsiz ham. Menga yoqadigan tomoni shundaki, unda o'zbeklarning milliy xususiyatlarining afzalligi va kamchiliklari yaxshi ifodasini topgan.

    ReplyDelete