Pages

Sunday, February 28, 2010

Sivil huquqi an'anasi: 1-bob: Ikki Huquqiy An'ana

Bir yil oldin Yaponiyada o'qib yurgan paytimiz Nagoyada ta'lim olayotgan o'zbek talabalar bilan Bunyod Ibragimov boshchiligida John Henry Merrymanning The Civil Law Traditon degan kitobini o'qib, uni o'zbek tilida muhokama qilish va yaxshi tushunib olish uchun Study Group tashkil qilgan edik. Aslida faqat meni tushunmagan savollarimga javob berish bilan boshlangan bu guruh ancha yaxshi ishadi, biz har gap bir bobni muhokama qilish asnosida o'sha bobni iloji boricha o'zbek tiliga tarjima qilishga ham urinib ko'rdik. O'sha kitob tarjimasidan meni ulushimga tushgan boblarni tarjimasini shu yerga qo'yib boraman, xudo xohlasa. Huquqiy atamalarni to'g'ri ishlatishda ancha qiyinchiliklar tug'ildi. Bu borada huquq sohasida tahsil olayotganlardan ham, Toshkent Davlat Yuridik Instituti "Davlat va huquq nazariyasi" kafedrasi domlalaridan ham maslahatlar olishga harakat qilayapmiz. Siz mushtariylarda ham tarjima yuzasidan biror fikr tug'ilsa, uni bizga yetkazishingizni iltimos qilgan bo'lar edik. Tarjimani qiyoslashga oson bo'lish uchun har bir paragrafni raqamlab chiqdim.

1.Hozirgi dunyoda ikkita yuqori ta’sirga ega huquqiy an’ana mavjud: sivil huquq (romano-german) va umumiy huquq an’anasi. Mazkur kitob ularning qadimiyrog’i, kengroq tarqalgani va ko’proq ta’sirga ega bo’lgani: sivil huquq an’anasi haqidadir.

2.O’quvchi “huquqiy an’ana” atamasini “huquqiy tizim” emasligini kitob davomida kuzatib boradi. Bu yerda ishlatilgan huquqiy tizim bu huquqiy institutlar, proseduralar va qoidalarning amalga oshiriluvchi tizimidir. Shu ma’noda AQSH davlatida bitta federal va ellikta shtatlarning huquqiy tizimi, har bir millatda ayri huquqiy tizim va Yevropa Ittifoqi va BMTday tashkilotlarda ham hanuzgacha farqli huquqiy tizimlar mavjud. Suveren davlatlar va davlatlar tashkilotlaridan tashkil topgan dunyoda nechta shunday davlat va tashkilotlar bo’lsa, shuncha huquqiy tizimlar mavjud.

3.Milliy huquqiy tizimlar ko’pincha guruhlar va oilalar bilan tasniflanadi. Shuning uchun ham Angliya, Yangi Zellandiya, Kaliforniya va Nyu-York huquqiy tizimlari “umumiy huquq” tizimlari, deb nomlanadi va ularni bunday deb birga guruhlashga yaxshigina sabablar bor. Ammo ularning har birida bir xil huquqiy institutlar, proseduralar va qoidalar bor deya taklif kiritish unchalik ham to’g’ri emas. Boshqa tomondan esa, ular o’rtasida nafaqat huquqning moddiy qoidalarida, balkim ularning institutlari va proseduralarida ham farqlar mavjud.

4.Xuddi shunday Fransiya, Germaniya, Italiya va Shvetsiya ham Argentina, Braziliya va Chilidek o’zlarining huquqiy tizimlariga ega. Ma’lumki, yuqoridagilarning barchasi ko’pincha “sivil huquq” mamlakatlari deyiladi va mazkur kitobda biz  nimaga ularni bunday deb birga guruhlashni tushuntirishga harakat qilamiz. Ammo shuni bilish mumkinki, bu davlatlarning amaldagi huquqiy tizimlari o’rtasida katta farqlar mavjud. Ularning huquqiy qoidalarda, huquqiy proseduralarda va huquqiy institutlarda ancha farqlar bor.

5.Ushbu kitobning oldingi nashrlarida uchinchi asosiy huquqiy an’anaga qisqa to’xtalgan edik. XX asrda davlat sotsializmini qabul qilgan Sovet Ittifoqi, Xitoy va boshqa millatlarda sotsial huquq kuch egalladi. O’sha davrlarda birinchi (kapitalistik) dunyo, ikkinchi (sotsialistik) dunyo va uchinchi (rivojlanayotgan) dunyo diplomatlarining hattoki rasmiy tillarida ham keskin farqlar bor edi. Sotsializm huquqi davlat, huquq va jamiyatlarni har birini alohida ayricha ko’rinishda qabul qilib, davlat sotsializmining siyosiy va iqtisodiy asoslarini va maqsadlarini o’zlashtirib oldi. Shubhasiz, Sovet davlati sotsializmining yuqori pallalarida mustaqil va maqbul sotsial huquq an’anasini yaratishga uyushgan kuch-g’ayrat sarflangan edi. Vaholangki,  ko’plab sotsial huquq mamlakatlari muqaddam sivil huquq an’anasining qatnashchilari edilar, sotsial huquqning supertizimi qulab tushgach, ularning barchasi yana shu (sivil) huquq an’anasiga qaytishdi.

6. Huquqiy tizimlardagi bunday tafovutlar bir necha asrlardan buyon dunyo  davlat suverinitetiga urg’u bergan va milliy xarakteristikada va an’analarda milliylik urg’usini ruhlangirgan intellektual shartlar asosida individiual davlatlarga bo’linganlikning ko’zgudagi aksidir. Shu o’rinda “sivil huquq” va “umumiy huquq” sistemalari deb atashning hech qanday ma’nosi yo’q. To’g’rirog’i, ko’plab turli huquqiy tizimlar shu ikki huquqiy guruh yoki oila ichida joylashgan. Shunga qaramay, turli huquqiy tizimlar, masalan, “sivil huquq” rukni ostida birgalikda guruhlangan va ular o’zaro nimadir umumiylikka ega bo’lganlikni, “umumiy huquq” deb tasniflangan huquqiy tizimlardan nimasidir bilan farq qilishini da’vo qilishadi. Va bu ajoyib tarzda baham ko’rilib kelinayotgan va shu matnda huquqiy an’ana deb yuritilayotgan, hamda Fransuz va Nemis (va boshqa ko’plab) huquqiy tizimlarini sivil huquq tizimilari deyishga imkon beradigan narsadir.

7. Huquqiy an’ana, ushbu atama ma’nosiga ko’ra shartnomalar, korporatsiyalar va jinoyatlar haqida huquqning qator qoidalari emas, bilaks bunday qoidalar doimo qaysidur ma’noda bunday an’anada aks etib kelgan. To’g’rirog’i, huquqiy an’ana huquq tabiati haqida, huquqning jamiyatdagi va politiyadagi o’rni, huquqiy tizimning maqbul tashkil etilishi va boshqarilishi va qonunning qanday yaratilishi, tatbiq qilinishi, o’rganilishi, takomillashtirilishi va o’qitilishi haqida  tarixiy shartlashilgan, chuqur ildiz otgan munosabatlardir. Huquqiy an’ana huquqiy tizimga u qisman o’zini ifodalagani uchun ham aloqadordir. Huquqiy an’ana huquqiy tizimni madaniy (milliy) perspektivaga qo’yadi.

8. Hozirda mavjud bo’lgan turli huquqiy an’analar ichida yuqorida zikr etilgan ikki huquqiy an’ana alohida qiziqishga sazovor, chunki aynan ular texnologiya jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlar to’liq amalda va ular katta yoki kichik ta’sirlar bilan dunyoning boshqa tomonlariga eksport qilingan, ya’nikim boshqa davlatlar tomonidan o’zlashtirilgan. Yuqorida tilga olingan ikki huquqiy an’ana ichidan sivil huquq an’anasi qadimiyroq va keng tarqalganidir. Uning tarixiy sanasi eramizdan oldingi 450 yilga, O’n Ikki Jadval Qonunlarining taxminiy nashr etilish sanasiga borib taqaladi. Bugungi kunda u Yevropada dominant huquqiy an’ana, butun Janubiy Amerikada, Osiyo va Afrikasnin ko’plab qismlarida va hatto umumiy huquq dunyosida ba’zi hududlarda (Luiziana, Kvebek va Puerto Riko) amalda. Sivil huquq xalqaro huquqning otasi bo’lgan yevropa siyosatchi olimlariga tanish bo’lgan huquqiy an’ana edi. Yevropa Ittifoqining asosiy xartiyalari va davom etib kelayotgan huquqiy rivojlanishi va boshqarilishi sivil huquq an’anasida tayyorlangan odamlarning mehmati mahsulidir. Sivil huquq an’anasining ba’zi maxsus davlatlar qonunlarida, xalqaro tashkilotlar qonunlarida va xalqaro huquqdagi ta’sirini mubolag’ali tarzda e’lon qilishga hojat yo’q.

9. Bizlar umumiy huquq dunyosida bunday xilda fikrlashga o’rganmaganmiz. Shunga qaramay, bizlar sivil huquq an’anasining qadimiy, keng tarqalgan va umumiy huquq an’anasiga nisbatan ko’proq ta’sirga egaligini takrorlashga sabr qilib kelamiz. Shu ma’noda, har holda, bu muhim hisoblanadi. Yana shuni qo’shib qo’yish joizki, ko’plab odamlar sivil huquq ularga dag’al va tashkillashtirilmagandek bo’lib tuyuladigan umumiy huquqga nisbatan madaniy ustunlikka ega. Ustunlik haqida savol haqiqatan mo’ljaldan chekkada. Ikki huquq an’anasidagi o’qimishli qiyosiy huquqshunoslar ustunlik va pastlik haqidagi munozaralardan voz kechisganiga ancha bo’lgan. Shunga qaramay, mo’ljaldagi gap shuki, ko’plab odamlar o’zlarining huquqiy tizimlarini o’zgalarnikidan ustun deb hisoblashadi. Bunday yondashuvning o’zi sivil huquq an’ansining bir qismiga aylanib ulgurdi.

10. Bundan tashqari, Markaziy amerikaning nisbatan rivojlangan mamlakatlari huquqshunoslari o’zlarining huquqiy tizimlarini Amerika Qo’shma Shtatlari va Kanada huquqiy tizimlaridan qiyosan ustunlikka qo’yadilar. Ular qiyosiy huquqning o’qimishli toliblari bo’lishsa ham, ular umumiy huquq tizimidagi huquqshunosni past nazarda ko’rishadi. Ular bizning ko’proq ilgarilagan iqtisodiy rivojlanishimizni tanishadi va ular bizning yashash sharoitimizga havas qilishadi. Ammo bizning huquqiy tizimimizni rivojlanmagan va huquqshunoslarimizni nisbatan madaniylashmagan fikrlash bilan o’zlarini kompensatsiyaviy qulaylik topishadi. Sivil huquqshunoslarining umumiy huquq huquqshunoslariga nisbatan bunday munosabatda bo’lishining muvaffaqqiyatsizligi tushunmovchiliklar va  kommunikatsiyadagi qiyinchiliklarga sabab bo’ladi. Ushbu kitobning maqsadlaridan biri bunday munosabatning kelib chiqishini va yo’l-yo’lakay buning qanday asoslantirilganini ba’zi yo’llar bilan tushunishga yordam berishdir.

11. Umumiy huquq an’anasining boshlanishini ko’p ishlatiladigan sanasi, normandlar tomonidan Hastingdagi mahalliylarni yengishi va Angliyani egallashi eramizning 1066 yilidir. Agar biz ushbu sanani qabul qilsak, umumiy huquq an’anasi to’qqiz yuz yoshdan oshiqroq. Shuni tan olish kerakki, Yustinianning  Corpus Juris Civilis (keyingi bo’limlarda muhokama qilinadi) Konstantinopolda eramizdan oldingiz 533 yilda nashr qilinganda sivil huquq an’anasi allaqachon hozirgi umumiy huquqday qadim yoshda edi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, Britaniya Imperiyasining kengayishi va taraqqiyoti natijasida kolonilizatsiya va imperiya davrida juda keng tarzda yoyildi. Hozirda esa umumiy huquq Buyuk Britaniya, Irlandiya, Amerika Qo’shma Shtatlari, Kanada, Avstraliya va Yangi Zellandiyaning huquqiy an’anasi va u Osiyo va Afrikadagi ko’plab mamlakatlar qonunchiligiga yetarli tarzda ta’sir o’tkazishga ulgurdi.

12. Yaponiya va Xitoy birorta Yevropa mamlakatining koloniyasi bo’lmagan bo’lsa ham o’n to’qqizinchi asr oxiri va yigirmanchi asr boshlarida ular kodekslarni va boshqa sivil huquq an’anasinig instrumentlarini ko’chirib olishdi. Shuning uchun ham Yaponiya, Koreya va Xitoyning ba’zi yuristlari o’zlarini sivil huquq dunyosiga tegishli deb hisoblashadi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, qiyosiy huquqshunoslar Sharqiy Osiyoda ijtimoiy hamohanglik va ijtimoiy iyerarxiyaga hurmatga urg’u beradigan madaniyatli o’zgacha huquq an’anasini farqlashadi. Ba’zi kuzatuvchilar bu xarakteristikani Konfutsiy ta’limotlari bilan bog’lashadi va Konfutsiy huquqiy an’anasi mavjudligini da’vo qilishadi. Hattoki fuqarolik kodeksi aynan bir xil bo’lishiga va Germaniya huquqiy kitoblari Yaponiyada o’z auditoriyasiga ega bo’lishiga qaramasdan Yapon huquqi va huquqiy madaniyati Germaniyaniki bilan butunlay bir xilda emas. Amerika ommaviy huquqiningYaponiya va Koreada kuchli ta’siri mavjud, ammo hech kim ularni umumiy huquq mamlakatlari sifatida tavsiya etmaydi.

13. Islom dunyosi turli ahamiyatli huquqiy ta’sirlarga uchradi. Yigirmanchi asr boshlarida modernizatsiya jarayonining bir ko’rinishi sifatida Turkiya Shvedsiya fuqarolik kodeksini o’zlashtirdi. Fransiyaning koloniyalari bo’lgan Lebanon va Aljiriya boshlanishida Fransiya huquqini qabul qilgan va keyinchalik mustaqil bo’lgach o’zining mustaqil yo’lida davom etishgan. Saudiya Arab va Yaman kabi boshqa mamlakatlariga g’arb huquqi kam ta’sir etgan. Katta miqdordagi musulmon aholisiga ega bo’lgan ko’pchilik mamlakatlarida o’zlarining dini juda kuchli qayta tilangan va islom huquqiy an’anasiga bo’lgan yangi urg’uni yetishtirgan. Hanuzgacha  ana o’sha davlatlardagi ko’plab dunyoviy huquq o’zining asl ildizlarini sivil huquqi va umumiy huquq an’analaridan topadi.

14. Sivil huquq va umumiy huquq bir-biridan alohida ajralgan holda bo’lmagan. Umumiy G’arb tarixi va madaniyatining tarkibiy qismlari ko’p tomonlama  aloqalar qilishgan va bir-biriga ta’siri bo’lgan. Amerika Qo’shma Shtatlari konstitutsiyasi qisman Yevropa Uyg’onish davri ta’siri bilan tushuntiriladi. Keyinchalik, Amerika Qo’shma Shtatlari konstitutsiyalizmi Lotin Amerikasi va Yevropaga katta ta’sir o’tkazgan.Masalan, Sud nazorati[1]hozirgi kunda ikkala an’anada ham qat’iy tashkil etilgan. Sivil huquq kashfiyoti Condominium[2]ko’pchilik sivil mamlakatlarida umumiy huquqning trastlarini[3] qabul qilishgan.

15. Ana shu ikki Yevropaning asl huquqiy an’anasida tanaffus qilsak. Albatta, hozirgi kunda dunyoda boshqa juda ko’p huquqiy an’analar bor va yangilari ham shakllanmoqda. Biz yuqorida aytib o’tgan ikki huquqiy an’ananing ustunligi Rim huquqining ustunligi dastlabki davrlardagi Rim imperializmi mevasi bo’lgan kabi, ilk asrlardagi Yevropa imperializmining natijasidir. 

16. Tarixchilar ikki narsaning uzoq vaqt bir xilda mavjud bo’lishligi va inson bilan bog’liq munosabatlardagi o’zgarishlar bilan ishlashga o’rganishgan. Shunga qaramasdan, biz bu yerda huquqiy tarix yozishga da’vo qilmoqchi emasmiz, bizning sivil huquq an’anasi muhokamamiz og’riq nuqtalarni, hattoki an’ananing o’sishi, qulasi va rivojlanishini baham ko’radigan huquqiy tizimlarning aynan elementlarini kerakli darajada da’volaydi. VolStrit huquqshunoslari Elizabet davridagi huquq serjantlari[4]dan ancha farq qilganlari kabi, biz muhokama qilmoqchi bo’lgan sivil huquqi an’anasi o’n to’qqizinchi asrdagi Fransiya yoki Ispaniya huquqshunoslari uchun notanish bo’lar. An’analardagi o’zgarish va ayni paytda uzoq muddat ikki narsaning mavjud bo’lib kelishi biz ushbu kitobda muhokama qilmoqchi bo’lgan masalalarning ba’zilaridir.




[1] Judicial review

[2] A)state ruled by foreign countries: a country governed by two or more different countries with joint responsibility
B) joint government of territory: the system under which a country or state is ruled by two or more other nations


[4] Serjeants-at-law

4 comments:

  1. Salom Dilorom. Sog'ayib qoldingizmi? Shamollagan odam ham shunchalik kup yozadimi-a? Bunaqada kasallik ham sizdan qurqib ketadiyu(hazil). Sizdan bir narsa suramoqchiydim.Siz qayerdansiz Farg'onadanmi, Nurotadanmi? Demoqchimanki nega postlaringizda uz tug'ulib o'sgan joyingiz haqida ma'lumotlar yuq.(ziyoratgoh joylari haqida).Bilamizki, Farg'onada ham, Nurotada ham ana shunday joylar bor.Farg'onaga bormaganmanu, lekin Nurotada bir necha marta bulganman. Doimo sog' buling. O'qish va ishlaringizda omad tilab Charos.

    ReplyDelete
  2. Assalamu alaykum Charosxon, Alhamdulillah, yaxshi bo'lib qoldim. Bu tarjima bilan siz aytganday kasallikni quvib soldik :) Men Nurotadanman, inshaallah farg'onalik bo'lmoqchiman. Ha, postlarimda bunga izoh berib ketmaganimni o'zim sezib yurardim. Nurota haqida bir chiroyli post qilish niyatim bor, ammo katta tayyorgarlik ko'rish kerakligini ham bilaman, shunga kutib yuribman, nasib qilsa yaqin kunlarda blog yuzida ko'rinib qolar. Farg'ona manzaralarini ham yoritib borish uchun Alloh nasib qilishiga umid qilamiz. :) Tilaklar uchun rahmat.

    ReplyDelete
  3. salom)) Nima uchun Civil deb yozgansiz, Fuqarolik huqu emas? Rahmat.

    ReplyDelete
  4. Wa alaykum salom,
    Sivil huquqi fuqarolik huquqi tushunchasidan ancha kengroq,shuning uchun o'zbek tilida ham sivil huquqini tushuntirish uchun uni ko'pincha fuqarolik huquqi deb emas, sivilistika deb ishlatishadi. Undan tashqari, "civil law" deyinganda nafaqat huquq tarmoqlaridan biri, balkim butun boshli huquq tizimi, an'anasi ham tushuniladi. Uni esa o'zbek tiliga fuqarolik huquqi tizimi deb tarjima qilib bo'lmaydi. Bu yerda qo'llanilgan sivil huquqi atamasi aynan o'sha keng ma'nodagi va huquq an'anasi tushunchadir, shuning uchun ham sivil huquqi deb tarjima qildim.

    ReplyDelete