Friday, December 8, 2006

Senga aytar so'zlarim...

Menga buncha termulma uzoq
Bardosh bermas: olovli nigoh
So’zlamagin, sen undoq bundoq
Og’ir botar, ko’nglim og’riydi.

Menga qilma havaslarim pesh
So’zlamagin hasadlaringdan.
Ehtiyot bo’l, bir so’z aytishdan
Qaltis so’zdan ko’nglim og’riydi.

Berma menga o’ylashga imkon
Sen haqingda yomon bitta o’y.
Avaylagin, qalbim bir qo’g’on
Sinib ketsa, ko’nglim og’riydi.

Alam kelsa bo’g’zimga to’lib,
Qolaversam ko’zda yosh to’kib,
Senga bir so’z qaytarmama axir
Qiynamagin, dilim og’riydi.

Alamlar ko’p dunyoda chunon
Yashayapman ko’z yumgancha jim.
Tushlar ko’rsa ruhim har zamon
Ta’na qilma, ko’nglim og’riydi.

Sergeli 02.11.06
22:52

1 comment:

  1. Simply beautiful!!

    PS. O'zingiz yozgan she'r bo'lgan uchun xam juda chiroyli chiqibdi manimcha..

    ReplyDelete