Pages

Sunday, February 22, 2009

Preparing for marriage by David Boehi....ni oqishni boshladim. Ancha ozimni holatimni analiz qilishga yordam berdi. Nasroniy dinga moljallab yozilgan bolsa ham tegishli joylarini keraklicha talqin qila olayapman deb oylayman va oldin qayerda edim degan oy yodimdan ketmayapti. Marriage degan sozdan qochgan bolsam kerak menimcha, yoki google searchda birinchi bolib shu kitob chiqayapti endi qidiruvga berib korsam.


Shu kitobda True North yani Chin shimol iborasi bilan chiroyli oxshatish qilingan. Odatda kompas dunyoni 4 tomonini korsatadi deb qabul qilingan, Shimolga qarab otlangan bolsangiz shimolni korsatishi kerak. Ma'lumki, dunyoda bitta shimoliy qutb bor va u ozgarmas. Ammo kompas haqiqiy shimolni korsatmasdan chin shimoldan 1300 mil uzoqlikda bolgan magnetik maydonga yonalarkan.
Har bir dengizchining oldida xaritadagi shimol bilan kompas korsatgan magnetik shimol ortasida togri moljal olishdek katta mas'uliyat turarkan. Ushbu mo'ljalda hattoki bir gradusga ham adashish, dengiz bo'ylab yuzlab kilometrdagi masofaga adashishga olib kelishi mumkin.
Haqiqiy shimol va magnetik shimol bugungi dunyoda haqiqatni izlovchi bir insonga nisbatan oxshatishday. Chin shimol bu Haqiqat ya'ni Xudoning kalomi. U qat'iy, muqarrar va aniq. Geografik shimol dunyo xaritasiga haqiqiy shimol bolgani kabi.U hayotimizga va nikohimizga haqiqiy shimoldir.

No comments:

Post a Comment