Saturday, February 7, 2009

Onam bilan gaplashgim kelganda

Hozir birov bilan gaplashmasam bo`midi shekilli, shuning uchun yozaman. Hech bolmaganda blogspot sahifalari oqiydi, biror odam kirmasa ham blogimga. Hech kim o`qimasa ham hozirga hayollarimdan soqit bo`laman.

Haqiqatdan ham yolg`iz bo'lish yomon. O'ylab-o'ylab Onamga telefon qildim. 14 minutlarga kelganda Onam "mayli qizim, ozingni ehtiyot qil, dugonalaringga salom ayt, sen xursand yursang boldi....." deb boshladilar. Yoq, Ona! Men siz bilan gaplashgim kelayapti, yana ozgina, nega har safar shu men yaxshi sen yaxshi gaplar bilan otadi suhbatimiz? Meni ichimda nima bolayapti nega soramaysiz, nega men Ona shunaqa shunaqa deb aytolmayman. Kimga kerak bunaqa formal munosabat, kim oylab topgan, eng muhimi kim yaratgan? Meni ozimga bogliqku degim keladi, biror bir aytgim kelgan gapni Onamga aytish uchun men kamida uch kun Onam bilan birga bolishim kerak boladi, hamma gapni gaplashib bolib, gaplashgani gap qomaganidan random esga tushib ketganga oxhsab gapiraman keyin. Ozim yaratibmanku unda.

Yana oylab qolaman, shu ona bilan qizni ortasidagi katta yosh farqi ham ularni sirdoshlik munosabatlariga tasir qilamikan deb. Shunday bolsa men bub borada omadlilardanmanmi yoki qurbonmanmi?

3 comments:

  1. Qанчалик таниш фикрлар...
    Омадлимисиз/qурбон ми, буни фарqи йуq, асосийси, Онажониззи жуда хам яхши курасиз. улар хам сиззи ... бунга ишонаман.

    зы. Блог ни хеч ким уqимиди дб уйламен, ман энди куриб qолдим.. энди хар куни шетта буламан ;)

    ReplyDelete
  2. Rahmat, chin kongildan minnatdorman. :)

    ReplyDelete
  3. o'zi uzoqda bo'lsa, shunday bo'larkan. Nima bo'lganda ham onalarning boriga shukr.

    ReplyDelete