Thursday, December 30, 2010

2-Hikoyat

Sa’diy hikoya qiladi:
Bolalik kunlarimda juda ibodatga berilib ketib, kechalari tinmay namoz-niyoz bilan mashg’ul bo’lganligim yodimda. Bir kecha otam huzurida o’tirib qur’onni bag’rimga bosib, tilovat qilish bilan mashg’ul bo’ldim. Atrofimizda bir necha odam uxlab yotardi. Shunda men otamga dedim: “Bulardan birortasi loaqal ikki  rakaat namoz o’qigali boshini ko’tarmaydi-ya, shu qadar g’aflat uyqusiga botibdilarki, uxlagandan ko’ra ko’proq o’lganga o’xshaydilar!”
            Otam dedi: “Ey jonim o’g’lim, sen ham odamlarni malomat qilgandan ko’ra uxlab qo’ya qolsang yaxshiroq bo’lardi”.

Ko’z oldini parda bosgan, manman degan kekkayma
Bu dunyoda o’zidan ham yetuk kishini ko’rmas.
Siz mabodo o’z-o’zini ko’rarlik oynak topib
Borsaydingiz, ko’rar edi o’zini hammadan past.

No comments:

Post a Comment