Sunday, May 31, 2009

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Tabukka tushgan kunlarida butun askarga qarata bir xuba o'qidilarkim, bu o'qigan xutbada insonlar uchun dunyo va oxiratlik eng kerakli so'zlar keltirilgan edi. ....
Xutbaning tarjimasi quyidagicha:
"Hamd-sanodan so'ngra aytadurmanki, so'zlarning eng to'g'risi Qur'on so'zidir. Insonlarning eng ishonchlik narsasi uning iymonidur. Dinlarning yaxshisi Ibrohim Halilulloh tutgan Islom dinidur. Yo'llarning yaxshisi Muhammad alayhissalomning yo'lidur. So'zlarning sharofatligi Allohning zikridur.

Ergashmoqqa eng loyiq narsa shu Qur'ondur. Din ishlarining ulug'i farzlaridur, eng yomoni aning qo'shimchalaridur. Ravishlarning yaxshisi payg'ambar ravishlaridur. O'limlarning yaxshisi shahidlar o'limidur. Ko'rlarning ko'ri Islom dinidan chiqishdur. Ilmning yaxshisi, oxiratda foydaligidir. Boshlashning yaxshisi ergashilganidur. Ko'rlikning eng yomoni dirl ko'rligidur. Ustungi qo'l ostingi qo'ldan yaxshidur. Oz bo'lib yetarlik bo'lsa, ozdirgan ko'pdan yaxshidur. Uzrlarning eng yomoni o'lim yetganda aytilganidur. Pushaymonlarning yomoni oxirat pushaymonidur.
Ba'zi bir ixlosi yo'q kishi, namozga kech qolur. Qaysi birlari yolg'ondan Alloh zikrini tilida qilur. Til yolg'oni gunohlarning zo'ridir. Boylikning eng yaxshisi ko'ngil boyligidur. Ozuqlarning eng yaxshisi taqvo ibodatidur. Barcha yaxshilik boshi Xudodan qo'rqmoqdur. Ko'ngil saqlagan narsalarning eng yaxshisi Allohga ishonmoqdur. Din ishlarida gumon qilmoq kufrdur. Yoqa yirtib, soch yulib yug'lamoq, johiliyat odatlaridur. Yashirin xiyonatlar tamug' toshlaridur. Zakotsiz yig'ilgan oltin-kumushlar do'zax tamg'asidur. Yomon qo'shiqlar aytish shayton surnayidur. Chag'ir(aroq) ichish barcha buzuqlik onasidur. Xotunlar(yomonlari) shayton tuzog'idur. Yoshlik telbalikning bir butog'idur. Kasblarning eng yomoni sudxo'rlikdur. Shaqiy(yomon) onasidan tug'ilgandayoq shaqiy tug'iladi. Har ishga oxirida baho berilur. Barcha ishning asosi tuganchisidur. Tushlarning yomoni yolg'onchining tushidur. Har kelguvchi bizga yaqindur. Musulmonni so'kmoq gunohdur, unga qurol ko'tarmoq kufrdur, uni g'iybat qilmoq ulug' yozuqdir(gunohdir). Mo'minning qoni haromdur. Shunga o'xshash aning moli ham haromdur. Bir ishni qilurman deb qasam ichganlar uni qilolmaydilar, Alloh uni yolg'onchi qilur. Kishi xatosini kechirganni Alloh kechirur, uni avf qilganni Alloh avf qilur. Achchig'ini yutgan kishilarga Alloh ulug' ajr berur. Musibat ko'rib sabr etguvchilarni o'rnini to'ldirur. Riyo qilguvchi kishilarga Alloh ham riyo qilur. Ko'plab sabr qilguvchilarga savob qatma-qat bo'lur. Amrini tutmaganlarni Alloh azob qilur.
Ey bor Xudyo, mening va ummatlarimning gunohini kechirgil", deb uch marta aytdilar.

Alixonto'ra Sog'uniy "Tarixi Muhammadiy" 478-479 betlar

No comments:

Post a Comment