Thursday, May 7, 2009

Kutubxonamiz...

Bolaligimda eng yaxshi ko’radigan mashg’ulotim “darsxona”gi kitoblar to’la jovon ustiga chiqib olgancha duch kelgan kitobni o’qib chiqish edi. Kitoblar ko’pligidan qaysi birini birinchi o’qish uchun tanlashni bilmay, ko’zimni yumgan holda duch kelganini tanlardim va balanroq bo’lgan shkafdanning paski qismidan sakrab tushishga ham ulgurmay jovon yonida o’tirgan go’yi o’qishga kirishib ketganimni bilmay qolardim. Hayolimda yillar o’tsa ham bu kitoblarni o’qib bitkiza olmaydigandek tuyulardi. Hech bo’lmasa maktabni tamomlaganimgacha ulgurarmikanman, deb hayratlanardim. Menimcha, dadamning biz farzandlari uchun qilgan eng katta hadyasi shu kutubxonamiz bo’lsa kerak. Men shu kitoblar orqali chekka bir shaharchada yashashimga qaramay butun dunyoni ko’ra olardim. Bizning uyimizdagi kutubxonaning ta’rifi tuman maktablaridagi mashhur o’qituvchilarning ham e’tiboriga tushgan edi. Esimda, 6-sinfligimda “Milliy istiqlol g’oyasi” fanidan ancha yillardan beri adabiyot fanidan dars berib kelayotnga tumanning faxriy o’qituvchilaridan O’roqov ma’lim dars davomida o’quvchilar bilan tanishar ekan, siz Abdullaevamisiz, ehhe bilasizlarmi bolalar, Abdullaevalarning uyida shunaqa bir kutubxonasi borki…..deb ta’riflashga tushib qoluvdilar. Shunda boshqa o’quvchilarning oldida faxrlanib ketgan edim.
Jovonning eng yuqori qatorlarida turadigan 12, 18, 20 tomlik barchasi bir xil kitoblarni o’qib bitkazish haligacham nasib qilgani yo’q. Chunki bu kitoblar rus tilida edi, rus tilidagi yozilgan kitoblarga unchalik ham tishim o’tavermas edi.


Bolalikdagi mening “bizning uyimiz” hozirda butunlay o’zgarib ketgan. “Darxona”miz akam bilan kennayimning yotoqxonasiga aylangan, kutubxonadagi kitoblarning usti qalinlari mehmonxonadagi chiroyli shkafka bezak uchun ko’chib o’tgan, ba’zilar esa dadam va onam “chol-kampir bo’lgandan yashiymiz” deb qurdirgan va hozirda esa eski narsalardan bo’lak hech narsa saqlanmaydigan alohida imoratga “ko’chib” o’tgan.
Bir borganimda shishali polkalarni ochib kitoblarga qo’l uzatsam, ko’zlarimni chang zarrachalari g’uborlashtirdi. Demak, deyarli hech kirmabdi ham bu uyga. Ich-ichimdan bir g’alati bo’lib ketdim. To’ydan oldin o’zim ham kitoblarni sovet davridagi mafkura boyicha yozilganlarini va boshqalarini ajratib chiqishga o’zim ham qatnashgan edim. O’sha kitoblarni bir tashqi ayvondagi yerto’laga tushganimda ko’rib bir seskangan edim o’zi. Essiz, demak har narsaning o’z umri bor ekanda. Boshqa iloj yo’q, hech kim ishlatmaydi, hech kimga kerak ham emas, ularni qo’yishga joy yo’q, uyni ko’rinishini buzadi.
Yana bir uyga borganimda hojatxonada kitoblarni ishlatilishga qo’yilganini ko’rib qoldim. YO”Q, endi bunisiga chidab bo’lmaydi. Hozir g’azab to’la yuz bilan kennayimni oldiga boraymi?!!! Axir kennayimning dadasi bu kitoblarni yig’maganda, ular dadasi uyga quchoq to’la kitob bilan kirib kelganda shokolad olib kelganidanda ko’ra shodlanishmaganda, ular bu kitoblarni yuzlariga surib o’qishmaganda, uni ichidagilarni anglagani uchun bir natijalarga erishib, kitob-hayotda eng yaxshi yo’ldosh ekanligini tushunib yetishmaganda. Nachora, kennayim bizning oilamizda tug’ilmagani uchun aybdor emas. Yaxshi gap bilan aytishga harakat qilaman, tushunib yetsa ergata o’zining bolalariga katta xazina ekanligini ilg’ab olar.
Kutubxonamiz yildan yilga kichkinalashibdi: kitoblarning boshiga bunday kun kelganligini ko’rgan opamlar ham bir-bir o’zlarining “sevimli” o’sha tom-tomlab turadigan kitoblarini ko’tarib uylariga olib ketishdi, boshqalari esa har yil usulda safdan chiqa boshladi. Oxirgi marta kim shu jovonga yangi kitob olib kelganini eslay olmadim, chunki akamning o’qishni bitirib ketganidan keyin o’zi bilan olib ketgan kodekslaridan tashqari yangi kitobning o’zini ko’rmadim u yerda.
Men uchun qadrli narsalarni mendan uzoqlashib borishi, toptalishi va yo’qilib ketishiini ko’rib turib, deyarlik aniq bir qarshilik qila olmay turish naqadar yoqimsiz.
Menga hozir hech kim hech narsa demasayu, yana o’sha jovon ustiga chiqib olib kitoblarim olamiga g’arq bo’lishni xohlayman.

3 comments:

  1. Bolaligimni,yoshligimni eslatding,ko'zimga yosh olib o'qidim,o'ylab qarasam,haqiqatdan o'sha holatni o'zgartirisha qo'limizdan hech narsa kelmas ekan,endi u uyni bekasi boshqa kishi....

    ReplyDelete
  2. Yaxshi narsa yozibsiz. Yozganlaringiz menga ham bolaligimni eslatdi.
    Afsuski, bizning uyda sizniki kabi katta kutubxona bo'lmagan. Kichkina maktabimizning kichkina kutubxonasida ham badiiy kitoblar ko'p emasdi. Maktab kutubxonasida men o'qimagan kitob qolmagan. Uyimizda katta stolimizning kitob javonida 30-40 ta o'zimning badiiy kitoblarim bo'lardi. Hammasini ikki-uch martadan o'qib chiqqanman. O'qishga kitob topolmasam, shu kitoblarimni bir jo'yga uyum qilib to'plab, birin-ketin hammasini yana bir boshdan o'qib chiqardim. Uyimdagilar meni "uy-katak", "professor" deb atashardi. Ko'chaga chiqib bolalar bilan o'ynasangchi, deb urishishardi.

    Yillar o'tib, qishlog'imizdagi musiqa maktabida o'qib yurganimda, bir kuni kelib qarasam, maktabning katta xonasi ichi to'la kitoblar. Xona poli behisob, yuzlab, minglab kitoblarga to'lib yotardi. Hammasi badiiy kitoblar. Keyin bilsam, kolxoz kutubxonasi yopilibdi, joyi boshqa idoraga kerak bo'lib qolgan shekilli, kitoblarni esa bu yerga olib kelib tashlashibdi.

    Men nodon shu vaqtgacha qishlog'imizda bunday ulkan kutubxona borligini bilmagan ekanman. Kimdir meni yetaklab uyoqqa olib ham bormagan-da. Hech kim yo'l ko'rsatmagan. Men qo'limga tushgan kitoblarni qayta-qayta o'qib yuraverganman. O'shanda shunaqangi achinganmanki.

    Hozir esa badiiy kitob o'qishga vaqt yo'q, ilgarigi hafsala ham topilmaydi.

    Noyob durdonalar, jahon adabiyoti namunalariga endi duch kelyapmiz. lekin o'qiy olmayman.

    P.S.: Dilorom, yozgan narsalaringizni post qilishdan oldin yana bir bor qayta o'qib chiqishga erinmang. Imloviy xatolarini to'g'rilaysiz. Postingizda xatolar ko'p ekan.

    ReplyDelete
  3. Behzod, rahmat.
    Aytganingnizday, badiiy asarlarni oldingiday berilib o'qishga endi hafsala yo'qday tuyuladi gohida.
    Har bir narsa o'z vaqtida maroqli, o'z vaqtida qiziq shekilli. Siz aytgan "uy qamoq"lardan bo'lgan mendan onam ko'zlarimni toliqtirib qo'ymasligimdan xavotir olardilar.
    P.S. :) bundan buyon tekshiraman.

    ReplyDelete