Pages

Friday, April 17, 2009

shunchaki o'ylar...

Bolalarni yaxshi ko'raman.
Har bir narsaning xosiyati bor deganlariday, ancha payt yaxshi ish topa olmay yurdim va bir kuni "yaxshi" ishni o'zi oldimdan chiqib qoldi. Bolalar bilan nafaqat dars qilish, balki birga bo'lishning o'zi qanchalik yaxshi tuyg'ularga sababchi bo'ladi.

Ammo bolalar ham hammasi birday yaxshi xulqga ega emas. Kechki payt oltigacha ota-onasini kutib o'tirgan norasidalarning ko'zlaridagi alamni ko'rib g'amgin tortadi odam.

Kecha "endi ularni kormasam kerak" degan hayoldan ko'nglim xira edi. Tavakkal qilish har doim yaxshilik bilan tugaydi deyishardi. Ilohim, bundan keyin faqat Allohga tavakkal qilishimizni bardavom qilsin.

No comments:

Post a Comment