Pages

Thursday, July 16, 2009

Kundalik bilan xayrlashuv :D

Meni kundaligim to'lib qolibdi. O'zi bu daftarni boshlaganimga uncha uzoq muddat bo'lmagandi, bilmadim, tez yozib yubordimmi yoki daftarni varaqlari kammikan. Bu daftarimni boshqalaridan farqi, men uni yaxshi ko'rib qoluvdim, balkim ko'rinishi bejirimligi uchun, balkim esa ichida yozilgan narsalari uchun. Bu daftarni bir umr yozishni xohlagandim. Shu paytgacha tutgan barcha daftarlarim to'lishi bilan yoki yirtib yuborganman yoki yirtmasdan ham axlatga tashlab yuborganman. Ba'zilarida sal ikkilangan hollarim bo'lgan, lekin juda ham oz darajada. Eng qizig'i, qaytib hech qachon o'sha kundaliklarimni tashlab yuborganim uchun afsuslanmaganman, aksincha qutilganim yaxshi bo'ldi, yoki ehh eslashga ham arzimaydigan matoh deb hisoblab kelganman. Hozir oxirlab borayotgan daftarimdan ayrilgim kelmayapti. Afsuski, oxirgi sahifani yopishga majburman. Bu daftarni tashlab yubormasligim aniq, qiziq uni endi qayerga bekitsam ekan, chunki odam yaxshi ko'rgan narsasini hammadan qizg'anadi.
Xullas, yangi daftar olish kerak. U daftarni boshlab yozish uchun hafsala kerak. Birato'lasiga O'zbekistonda boshlasammikan? Qiziq, O'zbekistonda ham aynan shunga o'xshash daftar topilarmikan, yoooq topilmasa kerak. O'xshashi bo'lmasa ham, menga hozirgisiga o'xshab yoqib qoladigani?
Hmm, agar shunaqa nusxasi bo'lgan taqdirda ham men baribir hozirgisini dermidim. Chunki bu kundalik buda. Oqlashga boshqa sabab yoki bahona topa olmayapman. Ahh, ba'zida shunaqa juda mayda narsalar uchun boshimni qotirib o'tiraman. Jiddiyroq o'ylash vaqti kelmadimi, Dilorom? deydigan odam yo'q. Mabodo, birov desa ham yana ozgina, dermidim, o'zim bilib tursam ham. Xullas kalom, sevimli kundaligim, seni eng yaxshi kun Juma kuning tong sahar paytida oxirgi sahifangni yopayapman. Bu yozayotgan gaplarim blog yuzini ko'radi :) Ancha muncha yozuvlarga(note)larga nasib etavermaydigan holat bu :D. Ana endi, tong sahar toza havoda oxirgi sahifani yopib, aylanib kelishga chiqib ketaman. Menga omad tila, men ham hammaga, hatto buni o'qiyotganlarga ham omad tilayman.
Nagoya, 4:56 a.m. 17-iyul, 2009-yil.

2 comments:

  1. Jiddiyor'q oylash payti keldi :)

    ReplyDelete
  2. Assalom alaykum,
    Kundalik borasida ikkita maslahat bor :)agar unda shirin xotiralar, foydali so'zlar ko'p bolsa unda uni hayotini saqlab qolish kerak:) chunki yaqin kelajakda unga qaytish ehtiyojingiz bo'lib qolar lekin amaliyotda bu narsa kam uchraydi :)
    Ikkinchisi agar unda xatoliklar haqida ham yozilgan bo'lsa unda uni olovda yoqish kerak, toki u ranjishga bahona bo'lmasin. :)
    Darvoqe, blogizda diniy mavzulardagi postlar ko'payibdi, MashaAlloh.
    Musofir yurtlarda Allohning panohida bo'ling va ota-onangiz bag'riga omon qayting.

    ReplyDelete