Sunday, July 19, 2009

Isro va Me’roj

Isro va Me’roj kechasining eng muhim saboqlaridan biri shuki, bu mo’jiza Musulmon Ummatiga Masjidul-Aqsoning (Al-Aqso masjidi) ahamiyati benihoya ulug’lini ko’rsatib beradi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning isro(tungi sayr) safarlari Makka shahridan Masjidul-Aqsoga qarab yo’nalgan bo’lib, aynan Masjidul-Aqsodan Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallam Me’rojga, ya’ni Jannatga ko’tarilganlar.
Isro safari dunyodagi yetakchilik Musulmon Ummati qo’liga o’tishining bir alomati edi. Bu yetakchilik esa majburlov va zo’ravonlikka emas, balkim rahm va adolatga asoslangandir.
Isro va Me’roj mo’jizasining yana bir muhimligi namozning aynan shu kechada farz qilib belgilanganligidir; zeroki, Alloh subhanu va taolo bilan bevosita aloqaga kirishish namoz orqali amalga oshadi.
Atoqli Islom olimi Shayx Yusuf Al-Qaradaviy ushbu masala borasida shunday deydi:
Isro bu Alloh subhanu va taoloning Payg’ambari Muhammad sallalohu alayhi vassallamni Makkdadan O’zining Muqaddas Uyi bo’lmish Masjidul-Aqsoga yo’llagani.
((O'z) bandasi (Muhammad)ga mo''jizalarimizdan ko'rsatish uchun tunda, (Makkadagi) Masjidul-Haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo'ygan Masjidul-Aqsoga sayr qildirgan zot tasbeh aytishga (loyiqdir)Darhaqiqat, U eshituvchi va ko'ruvchidir.) (Al-Isro surasi, 17:1) Masjidul-Harom bu suradada Allohning Muqaddas Uyi (Ka’ba) ma’nosida kelib, Atrofini barakotli qilib qo’ygan joy deganda Masjidul-Aqso nazarda tutiladi.]


Alloh subhanu va taolo Masjidul-Aqsoni va uning atrofini Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallamning masjidlari bino bo’lishidan ham oldin barakotli qilib qo’ydi. Payg’ambarimizning masjidlari Ular Madinaga hijrat qilganlaridan so’ng barpo etilgan edi.
Musulmonlarga namoz o’qish farz qilingandan so’ng, Masjidul-Aqso ibodatda yuz tutiladigan qibla vazifasini o’tab keldi. Musulmonlar uch yil Makkada va 16 oy Madinada namoz uchun o’sha paytlari qibla bo’lmish Masjidul-Aqsoga yuzlarini tutib kelishdi, so’ngra esa qibla Allohning Muqaddas Uyi Baytullohga o’zgartirildi.
Bundan tashqari, Masjidul-Aqso Musulmonlar ziyorat qilishi kerak bo’lgan uch masjidning biri hisoblanadi va ulardan ikkitasi, ya’ni Makkadagi Masjidul-Harom, Quddusdagi Masjidul-Aqso Allohning Muqaddas Masjidlari bo’lib, uchinchisi Madinadagi Payg’ambarimiz qurdirgan masjiddir. O’z-o’zidan namoyon bo’ladiki, Quddus Islomdagi Makka va Madina shaharlaridan so’nggi uchinchi muqaddas joy hisoblanadi.
Alloh subhanu va taolo Masjidul-Aqsoni ahamiyati ortishi va muqaddas qilishni xohladi hamda uni Musulmonlar qalbiga (ular) bu Masjidni hech nimaga almashmaydigan darajada joyladi.
Shuning uchun ham Musulmonlar(Musulmon davlatlar kuchaygan davrlarda) Masjidul-Aqsoni o’z qonunlari va himoyalari ostida saqlashda qattiq tirishar edilar.
Shunday ekan, har bir Musulmon tarixdagi Quddusning muhimligini va Masjidul-Aqsoning ahamiyatini anglab yetishi lozim.
Alloh subhanu va taolo biz Masjidul-Aqsoning muhimligini har yili Isro va Me’roj kechasi tufayli eslashimizni iroda qildi.
Shuningdek, Allohning irodasi ushbu kunlarimizdagi Masjidul-Aqsoning holati ham shu qadar jiddiydir. Biz Quddusdagi Masjidul-Aqsoni himoya qilishdek majburiyatimizdan yuz o’girishga haqqimiz yo’q.
Imom Ahmad va At-Tabaroniylar Imom Al-Bahilai raziyollohu anhudan rivoyat qilishadiki, Rasululloh sallallohu alayhi vassallam dedilar: “Ummatimdan bir guruhi to’g’ri yo’ldan og’maydi va dushmanlaridan g’olib keladi; hech qaysi dushmanlari ularga zarar yetkaza olishmaydi; ular faqatgina jismoniy zarar yetkaza oladilar. Ular Qiyomat kunigacha xuddi shunday davom etadilar.” Rasululloh sallallohu alayhi vassallamdan sahobalari (roziyallohu anhum) so’rashdi, “Ey Allohning Rasuli, ular qayerda bo’lishadi?” U zot sallallohu alayhi vassallam dedilar, “Quddus va uning yaqin atrofida.”
Isro va Me’roj kechasidan biz o’rganadigan ikkinchi muhim masala bu namozdir. Ma’lumki, besh vaqt namoz o’qishning farz bo’lishi o’sha buyuk oqshomda buyurilgan.
Namozning o’ta muhimligidan Alloh subhanu va taolo uni Jannatda buyurdi. Alloh subhanu va taolo o’z Rasulini sallallohu alayhi vassallamni insoniyatga yubordi va U zotni Isro, ya’ni kechki sayrga chiqardi, Me’roj orqali Jannatga ko’tardi, hamda Sidratul-muntahaga (Tugash daraxti) olib chiqib, so’ngra o’sha joy Payg’ambar sallallohu alayhi vassallamga namozni buyurdi.
E’tibor beradigan bo’lsak, boshqa barcha farzlar(buyruqlar) yerda amr qilingan. Bu esa namozning Islomda naqadar muhimligini anglatadi. Namoz bandasining me’rojidir, namoz har bir mo’minning ruhiy Arshga ko’tarilishidir.
Shunday ekan, namoz bu Rasululloh sallallohu alayhi vassallam me’roj safaridan barcha Musulmonlarga Alloh subhanu va taologa ibodat qilishi uchun olib keligan hadyasidir.
Namoz tarixi Masjidul-Aqsoga borib taqaladi. Masjidul-Aqso Islomdagi birinchi qibla edi. Isro safari Rasululloh sallallohu alayhi vassallam payg’ambarliklarining o’ninchi yilida bo’lib o’tdi. Demak, Masjidul-Aqso Madinaga hijratga qadar uch yil va hijratdan keyin 16 oy qibla vazifasini o’tadi.
So’ngra Alloh subhanu va taolo qiblani Masjidul-Haromga o’zgartirishga amr qildi. Alloh subhanu va taolo dedi: (Shuningdek, sizlarni (musulmonlarni boshqa) odamlarga (ummatlarga) guvoh bo'lishingiz va Payg'mbarning sizlarga guvoh bo'lishi uchun o'rta ummat qilib qo'ydik. Siz ilgari qaragan qiblani Biz faqat orqaga qaytib ketayotganlar ichida kim payg'mbarga ergashar ekan, deb qildik (qayta tikladik). Albatta, bu (o'z qiblasini o'zgartirish) Alloh hidoyat etgan kishilardan o'zgalar uchun og'ir ishdir. Alloh imonlaringizni (Baytul-Maqdisga qarab o'qigan oldingi namozlaringiz ajrini) zoye ketkizmas. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahmlidir.) (Baqara surasi 2: 143)
Qibla o’zgartirilganda yahudiylar shubhaga tusha boshladilar. Ularning bu shubha gumonlariga qarshi Alloh subhanu va taolo quyidagi oyati karimani nozil qildi: (Odamlarning nodonlari: "Ular (musulmonlar) ilgari yuzlangan qiblalaridan voz kechishlariga bois nima ekan?" deyishadi. Ayting: "Mashriq ham, Mag'rib ham Allohnikidir. U o'zi xohlagan kishilarni to'g'ri yo'lga boshlaydi".) (Baqara surasi 2:142)
Yahudiylar Musulmonlarning birinchi qiblaga qarab qilgan ibodatlari noqis bo’lgan bu ibodatlar Alloh subhanu va taolo oldida taqdirga sazovor emas, degan ig’vo tarqata boshladilar. Alloh subhanu va taolo ularning fitnalarini rad qilib shunday dedi: (Shuningdek, sizlarni (musulmonlarni boshqa) odamlarga (ummatlarga) guvoh bo'lishingiz va Payg'mbarning sizlarga guvoh bo'lishi uchun o'rta ummat qilib qo'ydik. Siz ilgari qaragan qiblani Biz faqat orqaga qaytib ketayotganlar ichida kim payg'mbarga ergashar ekan, deb qildik (qayta tikladik). Albatta, bu (o'z qiblasini o'zgartirish) Alloh hidoyat etgan kishilardan o'zgalar uchun og'ir ishdir. Alloh imonlaringizni (Baytul-Maqdisga qarab o'qigan oldingi namozlaringiz ajrini) zoye ketkizmas. Albatta, Alloh odamlarga mehribon va rahmlidir.) (Baqara surasi 2:143) Ushbu oyatdagi “imonlaringiz”dan maqsad ibodat qiluvchilardir, zeri namoz bandasining iymonini bildirguvchi belgisidir.
Xulosa qilib aytganda, namoz bu Musulmonlarning Robbisi bilan bo’ladigan ruhiy me’rojidir. Agar Rasululloh sallallohu alayhi vassallam me’rojga bir marotaba chiqgan bo’lsalar, bizlar, birodarlar va opa-singillar, namoz orqali xohlaganimizcha Yaratgan Robbimiz bilan ruhiy me’rojda bo’lishimz mumkin.
Allah subhanu va taolo qudsiy hadisda shunday deydi: “Namozni O’zim bilan bandam orasida ikkiga bo’lganman, bandam nimani so’rasa, beraman. Agar u (banda): “Alhamdu lillahi robbil alamin” desa, Alloh: “Bandam menga hamdu-shukr aytdi”, deydi. Banda: “Maliki yavmiddin”, desa, Alloh: “Bandam meni ulug’ladi”, deydi. Banda: “Iyyaka na’budu va iyyaka nasta’in”, desa, Alloh: “Bu men bilan bandam orasidagi narsa, bandam nimani so’rasa, beraman”, deydi. Agar banda: “Ihdinas sirotal mustaqiym, sirotallaziyna an’amta alayhim g’oyril mag’zubi alayhim va lazzooliyn”, desa, Alloh: “Bu bandamga xos, so’raganini berdim”, deydi.
Yusuf Al-Qaradaviy

No comments:

Post a Comment