Pages

Monday, June 29, 2009

Odam Nega Tush Ko'radi?

Odam nega tush ko'radi?

Buncha ko'p tush ko'raman? Kipriklarim bir biriga yetishdi deguncha, ketma-ket davomli, alamli, qo'rqinchli ba'zida shirin tushlar boshlanadi. Bir uyquga ketganda necha marotabagacha tush ko'rish mumkin?(har doim shuni mutaxassislardan so'rayman deb yuraman) O'rtacha hisobda 5-6 ta desam ko'pchilik ishonmaydi. Aytishlaricha, shuncha tush ko'rsa ham, odam eslab qola olmas ekan. Negadur meni esimda qoladi, qolganda ham shunchaki tasvir bo'libmas, o'sha his-tuyg'ulari bilan qoladi. Shunaqa aniq taassurotlar bilan qoladiki, ba'zida hayotda bo'ldi shu narsa degan hayolga borib qolishimga ham sabab bo'ladi.

Ko'rgan tushlarimni ustidan ba'zida kulib, ba'zida qo'rqib ketib, ba'zida shubhalanib qolib, o'zimga ozim aytaman:balkim har kuni ko'rgan tushlarimni qog'ozga yozib qo'yganimda Ray Bridburyning hikoyalariga o'xshagan kitob qilsa bo'larmidi?

Onam tushlarimni aytmaslikga o'rgatgan edikuya:
Bugun tushimga Azroil alayhi salom kiribdil. Menga muddatim yaqinlashgani haqida xabar beribdi. Qiyinroq bo'lsa ham tan olib, safarga otlanayotgan kishidek tahorat olishga taraddud ko'rayotganmushman.
Shunda opalarimni barchasini ko'ribman. Iltimos opajonlarim, dinni o'rganinglar, Xudoni tanimasdan qolib ketmanglar derkanman. Birdan esimga tushib ketibdi, yoki shu payti anglab yetdimmi bilmayman:shuncha yil yashab qancha gunohlar qildim, Allahni amriga itoat etmay yashadim. Nahotki istig'for aytishga, yaxshi amallar qilib qolishga boshqa imkonim yo'q bo'lsa?!!! Shunaqangi dahshat tushdimki, ammo vaqt bo'lgan ekan.
Messengerning "Buzz"idan uyg'onib ketdim.
O'limni ko'rgan tushlarga odatda "Ko'p yasharkansan" deyiladi. Uzoq yashaymanmi yo'qmanmi, buni Allah biladi, lekin bu tush meni vaqt borasida, qilayotgan amallarim borasida o'ylantirdi.

Ertaga bormanmi yo'qmanmi, hech kim bilmaydi...

3 comments:

  1. Assalamu alaikum wRwB,

    tushingiz haqida o'qib, to'g'risi havasim keldi...

    Alloh sizdan rozi bo'lsin,

    ameen!

    Assalamu alaikum wRwB!

    ReplyDelete
  2. Va alaykum assalam,

    Ilohim ko'rsatgan tushlari yaxshilikka bo'lsin va O'zi barchamizdan ro'zi bolsin!

    ReplyDelete
  3. Tushlar uch xil bo'ladi, deyishadi: rahmoniy, shaytoniy va shunchaki odam charchaganda ko'radigan ma'nosiz tushlar.

    Payg'ambarimiz, sallollohu alayhi vasallam "Sunani Termiziy"da keltirilgan bir hadisda shunday deganlar (ma'nosi): "Mendan keyin yer bilan osmon o'rtasida vahiy uziladi, lekin solih bandalarga tushlarida bayon qilinadigan ilhom qoladi".
    Demak, yaxshi insonlarga Alloh tushlarida qandaydir yaxshi alomatlarni bildirishi mumkin ekan.
    Shaytoniy tushlar bu insonga shayton tomonidan ko'rsatiladigan har xil ro'yolardir. Bu narsalar odamni qo'rqitish, chalg'itish, aldash maqsadida shayton tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shayton eng sevgan insoningiz suratida sizga ko'rinib, sizni aldashi mumkin. Shayton faqat Muhammadning, sallollohu alayhi vasallam, suratiga kira olmaydi. Kim Payg'ambarimizni tushida ko'rsa, o'zini ko'rgan bo'ladi.

    Odam yomon tush ko'rsa hech kimga aytmasligi kerak. Balki, a'uzu billahi minash shaytonir rojiym, deb chap tarafiga uch marta tuflab qo'ysin. Shunda, inshaalloh, shaytonning sharridan omonda bo'ladi.

    Umuman, tushni har kimga aytavermaslik kerak. Tushga birinchi berilgan ta'bir, odatda, to'g'ri chiqadi, deyishadi. Shuning uchun tushni solih insonlarga, o'zingiz yaxshi ko'rgan yaqin odamlaringizga aytishingiz kerak.

    ReplyDelete