Pages

Wednesday, June 17, 2009

Bugun birinchi marta...Olti yildan beri birinchi marta...

Shuncha vaqtdan beri har safar Dadam tushimga kirganlarida, o'limlari yolg'on bo'lib chiqadi: gohida bolalarga to'qilgan ertaklarga o'xshab uzoooq safarga ketgan bo'ladilar, gohida doxtirlar adashgan bo'ladi, gohida esa yana nimadir sabab bilan bo'lib o'tgan voqealar hammasi yolg'on bo'lib chiqadi.

Bunaqa tushlarning adog'i bormi, deb o'ylardim. Yoxud sababi nima? Nima, men hali ham tan olganim yo'qmi? To'g'risi, buning sababini kimdan so'rashni ham, nima deb so'rashni ham bilmayman.

Lekin bugun...vafotlariga hech aloqasi yo'q...Dadam moshinani to'ldirib nabiralarini olib yurgan ekanlar. Hamma narsa o'sha avvalgi zaylda,Opam o'gillarini to'polonchiligidan nolimoqdalar. Onam yosh va xursandlar. . Dadang keldilar, der ekanlar. Iliq va sog'inchli tuyg'ular.

4 comments:

  1. Dilorom, otajoningizni Alloh rahmatiga olgan bo'lsin. Sizni juda tushunaman, men ham shunaqa tushlar ko'rardim. Onamni sog'indim... :((

    ReplyDelete
  2. Yana bir inson ham menday ahvoldaligini bilish beixtiyor ko'zimdan yoshlarni oqishiga majbur qildi.
    To'xtatish qiyin, bilman og'ir...
    Iloho, Alloh o'tganlarni barchasini rahmatiga olsin!

    ReplyDelete
  3. omin, singlim. Alloh haqiqiy dunyoda, jannati A'loda yaqinlarimiz bilam birga qilsin.

    ReplyDelete
  4. Yozgnizi o'qib ko'z yowim to'xtmas qani endi hammasi tuw bo'sa qizimi yana bossam.

    ReplyDelete