Tuesday, December 27, 2005

sen kelganing hamon

Men ko`kda charaqlab turganim bilan
Yorishib ketmasdi bu ko`hna osmon
Omadni behisob terganim bilan
Baxtliman demasdim kulib ham shodon.

She'r ilmin qanchalik bilganim bilan
Topmasdi satrlar hech qalbda makon
Yurakni har qancha tilganim bilan
Hech qachon bilmasdi nam yuzin mujgon.

Sen kelding qalbimga qaysi bir zamon
His qilish baxtidan siylading chunon
Kulsam gul bo`ladi, yig`lasam--yomon
Sevging asiri bo`lganim hamon.

2 comments:

  1. yulduz bulib, olamni yoritmoq ne darkor,
    charogon qilsang qalbimni bas.
    sevgimni qilsang gar inkor,
    ming quyosh ham yuragim yoritolmas!

    ReplyDelete
  2. yulduz bulib, olamni yoritmoq ne darkor,
    charogon qilsang qalbimni bas.
    sevgimni qilsang gar inkor,
    ming quyosh ham yuragim yoritolmas!

    ReplyDelete