Saturday, December 24, 2005

Alam

Dedicated to my Dad

Qalbimni tig`lasa nimadur sekin,
Yoxud yoshlar tomsa ko`zimdan betin,
G'avg'olar o`ynashsa boshimda erkin,
Yo`qligingiz menga qiladi alam.

Qalbda dog` bo`lsayu, chora bo`lmasa,
Ko`zga yosh to`lsayu, kor topilmasa,
G`avg`olar yuzi hech qaro bo`lmasa,
Yo`qligingiz menga qiladi alam.

Qo`la oq duosin boshlasa keksa,
Qizim deb atasa, nogahon kimsa,
Kimdir dilimninig kamligin bilsa,
Yo`qligingiz menga qiladi alam.

Nomozshom tushsayu, siz kelmasangiz,
Dasturxon yozilsa, siz bo`lmasangiz,
Dilimning xunligin hech bilmasangiz,
Yo`qligingiz menga qiladi alam.

Alam qiladi menga bu dunyo shaksiz,
Yaralgan har giyoh , har bezak hissiz,
Tuyulsa hayotim birdan keraksiz,
Yo`ligingiz menga qiladi alam.

1 comment:

  1. Visolga yetguncha albatta
    hijronga duch kelishlik bordir.
    O'shal paytda g'am-alamlarning
    Ustidan sho'x kulishlik kordir.

    ReplyDelete