Pages

Monday, November 28, 2011

Black Friday Chegirmalari – Shoshiling!


BlackFridayda arzon savdo qilish uchun odamlar ne ko’ylarga tushishi ko’rsangiz edi. Bu ne mashmashaligini ko’rish uchun bugun birinchi marta men ham o’sha yerga bordim. Blak Friday Amerikda bayram faslining boshlanishini belgilab beradi, do’kondagi har bir tovarning narxi pasaytiriladi. Bu kunda do’konlar juda erta ochiladi. Odamlar esa do’kon eshiklari ochilishini kutib uzun-uzun qatorga tizilishadi. O’tgan yillarda do’kondagi narsalar uchun talashgan odamlar ham bo’lgan, hatto arzon narxga narsa sotib olaman deb o’lim hollari ham yuz bergan. Bugun men ko’rgan narsa shu bo’ldi:


Qatorlar ketidan qatorlar liq to’la odamlar do’konlar tashqarisida navbatda turishibdi. Savdosini tugatib do’kondan chiqib ketayotgan bir-ikki odamdan “Haqiqatdan ham shuncha odam do’konga navbatda turibdimi?” “Hada, agar elektronika haqida o’ylamay qo’ya qoling, do’kondagi hamma elektronika tovarlari sotib tugab bo’ldi”. Aqlga sig’maydi. Do’kon eshiklarini kechki 11da ochibdi, tungi 12:30 da do’konda bironta elektronika tovari qolmabdi. Qator-qator navbatdagi odamlarni sanab sanog’iga yetolmaysiz, navbat kengaygandan kengaymoqda. Do’kon ichidagi odamlar qanchaligini tasavvur ham qila olmayman. Keyingi do’konlar yonidan o’ta boshladim. U yerda ham qo’riqchilar do’kon eshiklarini xaridorlardan “qo’riqlashayotgandi”. Do’kon ichiga tikilib ko’rsam xaridor gavjumligidan odam yurib bo’lmaydi. Yana boshqa savdo markaziga borsam, u yerda bir do’kon tonggi 5gacha ochilmabdi. Do’kon ochilishini kutib o’tirgan xaridorlar soat 1 dan beri navbatda turishgan ekan. Erkagu ayol hamma ko’chada, ajabtoruv kiyimda, do’konlarda musiqa sadolari baland yangraydi, odamlar yuzlab dollar tejayapti. 


Ikki-uchtalab do’kon aravachasini to’ldirib chiqib ketayotgan xaridorlarni ko’rdim: 50 inch plazma HD televizor, shunaqa va shunaqa o’yin tizimi va yana bir qancha narsalar. Xaridorlar tirishib, qurbonliklar qilib, mana natijada zo’r xirmon bilan chiqishmoqda. 

Ajoyib, odamlar ko’z oldida yuz berayotgan bu voqelikni keying dunyo bilan bog’lashmaydi. Deylik, televizor sotib olib, 300-500 dollar tejadingiz, ammo u televizor qanchaga yetadi? Besh yilga, yoki o’n yilgami? Yana deylik, o’yin sotib olib yuzlab dollarlar tejadingiz, o’yindan zerikib qolguningizgacha necha marta o’ynaysiz? Bir-ikki yil? Oxiratdagi huzur abadiy, oxiri yo’q halovat, ulardan ko’ngil qolmaydi, zerikmaysiz, ular hech tugab qolmaydi, eskirmaydi. Oxiratdagi huzur bu dunyodagi huzurdan yaxhishroq. 
Bu dunyoda biz tirishib-talashsak, qurbonliklar bersak, o’lim kelgach mo’l hosilimizni yig’amiz. Yuzlari qilgan xaridlaridan mamnun holda, iljaygancha do’kondan chiqib ketayotgan bugun men ko’rgan odamlarga o’xshab oxiratda mo’l hosil bilan chiqqanlarning yuzlarida tabbassum, xursandchiliklarining cheki yo’q bo’ladi. Atigi bir necha yuz dollarni tejash uchun soatlab navbat kutib turgan odamlar o’sha xarid qilgan narsalarini bor yo’gi bir-ikki yil ishlatadi. Din amallarimizda bu uch-to’rt kunlik dunyoda sabrli bo’lsak, oxiratda abadiy huzurga yetishamiz. Black Fridayda navbat kutib turgan odamlar uyqudan kechib, sovuq havoda junjikib, odamlarning turtuv-siquviga chidab turishiga qarang. Do’kon tashqarisiga palatkalar qurib olganini ko’rganlar, ularning ustidan kulishadi. Ular hatto boshqalar ularning ustidan masxaromuz kulishiga ham chidab turishibdi. Nega? Chunki ular do’kon eshiklari ochilishi va qo’llari do’kondagi tovarlarga yetishi zahoti shu tovar ustida qancha pul tejaganligini aytib maqtanadigan odamlarga aylanishiniga shak-shubhasiz ishonadi. Biz oxiratga shak-shubhasiz ishonamiz, biz o’lamiz, qayta tirilamiz, Yaratuvchimizga hisob beramiz. Buni bir oxiratga bog’lab ko’ring. Odamlar ustingizdan kulishiga, masxara qilishiga chishga to’g’ri kelar. Sovuqga, odamlarning sovuq muomlasiga chidashga to’g’ri kelar, sovuq ovqatga, boshqalarning itarib-tisarishiga chidarsiz. Ishga intervyuga borarsiz, sunnatga amal qilganingiz uchun qaytarishar. Birovning qizini so’rab borarsiz, dinda mustahkamligingiz tufayli quruqqo’l qaytarsiz. Hijobdaligingiz uchun qo’pol muomala qilishar. Allohni yagona deb bilganingiz uchun, Muhammad s.a.v.ni oxirgi payg’ambar deb bilganingiz uchun, din amalingizda mustahkam bo’lganingiz uchun qanchadan qancha qiyinchiklarga chidashga to’g’ri kelar, ammo ayni damda eshiklar ochilishi zahoti va ikkinchi tomonga o’tishingiz va istalgan narsangizga qo’l cho’zishingiz zahoti ular siz sabr qilgan qiyinchiliklarga arzishini bilasiz. 

Aytgancha, Black Fridayda meni nima xarid qilganim bilan qiziqayotgandirsiz. Men  qo’riqchilar, sotuvchi va mendan boshqa hech kim yo’q do’konga bordim. Kir yuvish kukuni reklamasini ko’ruvdim: uchtasi 6.99 dollar. Mana buni mo’may savdo desa bo’ladi! 

Fusus Al-Hikam

Dilorom Abdulloh tarjimasi 

No comments:

Post a Comment