Pages

Saturday, June 11, 2011

Ikkalasi ham qotillik!


Ginekolog huzurida bir ayol tashvish bilan shunday demoqda:
- Doktor, jiddiy muammoga duch keldim, yordamingizga muhtojman! Chaqalog’im hali bir yoshga to’lmasdan yana homilador bo’lib qoldim. Bolalarim o’rtasidagi yosh farqi bunchalik yaqin bo’lishini istamayman.
Shunda shifokor dedi:
- Yaxshi, mendan nima istaysiz?
- Homilamni tushirishingizni xohlayman.
Shifokor biroz o’ylanib qoldi va qisqa sukunatdan so’ng ayolga shunday dedi:
- Menda sizning muammoingizga yaxshiroq yechim bor. Bu siz uchun ancha xavfsizroq.
Shifokor taklifimni qabul qildi, deb o’ylagan ayolning yuziga tabassum yugurdi. 
Shifokor so’zida davom etdi:
- Bir paytning o’zida 2 ta chaqaloqqa qaragandan ko’ra, yaxshisi hozir qo’lingizdagisini o’ldira qolaylik. Shunda keyingisi tug’ilguncha o’zingiz ham ancha dam olardingiz. Ikkisidan birini o’ldirishimiz kerak bo’lsa, qaysi birini o’ldirishning farqi yo’q. Qo’lingizdagisini tanlasangiz, o’z tanangizni ham tahlikaga qo’ymagan bo’lar edingiz.
 Ayol dahshatga tushdi:
- Qanday dahshat! Bolani o’ldirish qotillik-ku!
- Sizga qo’shilaman”, - dedi shifokor. - Ammo siz bu qotillikka roziday ko’rindingiz, shuning uchun bu yo’l muammoingizga eng yaxshi yechim, deb o’yladim.
- Yo’q, men farzandimning o’ldirilishiga rozi emasman! – qichqirdi ayol.
O’z fikrini ayolga yetkaza olganini sezgan shifokor jilmaydi.
Shifokor tug’ilgan chaqaloq bilan bachadondagi chaqaloqni o’ldirish orasida hech bir farq yo’q ekanligiga ayolni ishontira olgandi.
"Dailiy Islamic Stories"dan tarjima. 

No comments:

Post a Comment