Pages

Sunday, January 9, 2011

3-Hikoyat

Men bir donishmanddan: “Eng ashaddiy dushmaning – ikki kifting orasida joy olgan nafsingdir, degan hadisning ma’nisi nima?” deb so’radim. Donishmand shunday javob berdi: “Ma’nosi shuki, har bir dushmanga ehson qilsang, u senga do’st bo’ladi, illo nafs degan narsaga qancha iltifot qilsang, adovatini shuncha oshiraveradi”.

Maromida ovqat yegan farishta bo’lur,
Hayvon kabi yesa tushar og’ir tosh misol.
Kim istagin bajo qilsang amringga tobe,
Nafs aytganin qildingmi, bo’ysundirmoq mahol.

Shayx Sa'diy, "Guliston".

No comments:

Post a Comment