Monday, March 22, 2010

Yangi safar

Har gal Nurotaga borganimda oqib yotgan issiq suv yo'q, hammom har doim yoqig'liq turmaydi, buncha shamol buncha chang, deb ozorlanaverardim. Go'yoki o'zim osmondan tushib qolganday...Odam yaxshi sharoitga tez o'rganib ketadi, yomonroq sharoitga moslashishi qiyinroq kechadi. Shu safar Nurotaga borganda tog'li qishloqlardan biridagi qarindoshimiznikiga sovchilikka bordik. Baland-baland qirlarning ustiga qurilgan uylarda yashashadi. Shamol ham tabiatiga yarasha kuchli va sovuq bo'larkan. Undan keyin esa dashtdagi otar (cho'ponlar qo'ylarini boqib, yashaydigan joy) ga bordik. Xayriyat, shu yil otarga elektr tokini o'tkazishibdi. Keng dalani o'rtasida bitta uy, ikki xona bir dahlizli. Hojatxona va yuvinish uchun joy xohishingizga ko'ra :) Shularni ko'rib o'zimni injiqliklarimdan uyalib ketaman. Qarang, bu yerda yashayotgan odamlar qanday baxtli. Nigoh tikkanda ko'zlar chegarasini topa olmaydigan tekislik va adirlar atrofni qurshagan joylar, ko'zlar dam oladi. Shaharning to'rt ta beton devorida quyosh nurini topa olish ham qiyinlashib ketdi. Qirlarga chiqib yugurib-yugurib keldik. Oyoqlarning tuguni yoyildi.
Toshbaqa, yangi tug'ilgan barra qo'zilar, uloqchalar, eshak va kuchuk mushuklar bilan do'stlashib, yayrab keldik.Bularning hammasi uchun Yaratganga shukrimni aytaman. Ilohim, menga insof va injiqliklarimga yakun bersin.

2 comments:

  1. Assalomu alaykum Dilorom. Qaleysiz? Nega oxirgi paytlar jimsiz? Yangi postlar qachon endi?
    Postingizni uqib bir narsaga hech tushuna olmayapman. Sovchilik suzi bu yerda uz ma'nosida kelganmi yoki sizlarda dam olish turini shunaqa atashadimi? Agar uz ma'nosida kelgan bulsa sizdek yoshlar kimi uchun sovchilikka boradi(akasigami, ukasigami yoki biror bir tanishigami)? Sovchilik natijalari qaley buldi (uz ma'nosida qullanilgan bulsa)? Oldindan rahmat! Alloh uz panohida asrasin!

    ReplyDelete
  2. Wa alaykum assalam,
    post qoldirmaganimga ham ancha bo'ldi. Bu orada Nurotaga yana bir safar qilib kelishga ulgurdim :)
    Sovchilik o'z ma'nosida edi, biz akam qiz olish uchun sovchilikka borgandik. Odatta katta kishilar borishadiyu, ammo o'zimning opamning qayinsinglisini kelin qilayotganligimiz sababli men sovchilik bahona mehmonga borib keldim. Bu rasmiy sovchilik edi, hammasi oldindan kelishib qo'yilgan. Albatta, ishimiz baroridan keldi.

    ReplyDelete