Friday, November 13, 2009

Nikoh shartnomasi


Ikki haftalar olding Institutimizga Germaniya Oliy sudi sudyalaridan biri tashrif buyurdi. Aslida Senatga tashrif buyurgan sudya xonim rektorimiz taklifiga binoan talabalar bilan suhbat o’tkazdi.
Sudya xonim oila munosabatlari bo’yicha mutaxassis ekan. Germaniya oila huquqi to’g’risidagi tanishtiruv ma’ruzasidan so’ng savol berish navbati talabalarga o’tdi. Rektorimiz chet ellik mehmonlar kelganda xorijiy tillarni biladigan talabalari bilan maqtanishni yaxhsi ko’radi. Tarjimon bo’lishiga qaramay ingliz tilida savol berdik. Oramizda bitta bo’lsa ham nemis tilini biladigan talaba qiz topildi, u nemis tilida savol berdi. Albatta, bundan sudya xonim xursand bo’lgan bo’lsa kerak.
Savollar asosan oilaviy munosabatlardagi ajralishlar haqida edi. Talabarni qiziqtirgan narsalar ko’proq statistik ma’lumotlar bo’ldi. Meni qiziqtirgan savol oila sudlariga sudlarning tayyorlanishi, ularning ta’lim jarayoni edi. Ammo, suhbat davomida o’rtaga tashlangan bir savol e’tiborni jalb qildi: bu nikoh shartnomasi edi. Nikoh shartnomasiga O’zbekistonda kirishayotganganlar foizi qancha ekan? Men hozirgi kungacha biron kishining nikoh shartnomasiga kirishibdi, degan xabarni eshitganim yo’q. Eslayman, ikkinchi kursligimda huquqshunos akam uylangan edi, o’shanda men nahotki siz yurist bo’la turib nikoh shartnomasi tuzmaysiz deganimda, esing joyidami degandi. Xosh, nikoh shartnomasi tuzmaslikning nimasi yomon?
Nikoh shartnomasi aslida nikoh buzilganda unda tomonlarning mulkiy huquqlarini to’la va aniq hal etishga xizmat qiladi. Nikoh shartnomasining bo’lishi ajralayotgan tomonlar uchun ham nikohni bekor qilish ishlarini tezlashtirib bersa, huquqshunoslar va sudyalar uchun ham hisob kitoblarda yengillik yaratadi. Ammo, nikoh sharnomasi erkin ravishda tomonlar xohishiga qarab ixtiyoriy ravishda tuziladi. Nikoh shartnomasini tuzmaslik hech qaysi tarafga jiddiy zarar keltirmaydi.
Germaniya Oliy sudi sudya xonimi ham nikoh shartnomasining Germaniyada mahshur emasligini ta’kidladi. Aytishicha, qonun normalarida nikoh shartnomasi tuzish huquqi borligi ko’pincha mashhur yulduzlar va ma’lum boylar tabaqalari uchungina mo’ljallanganday, va ishlatilgan taqdirda ham asosan ular tomonidan tuziladi.
Shaxsan sudya xonimning turmush o’rtog’i ham Germaniya Oliy sudi sudyasi ekan, ammo ularning yigirma yildan ortiq turmushi davomida biron marta ham nikoh shartnomasi tuzish haqida hayol ham surishmagan ekan.
Yana sudya xonim Germaniya hozirdagi kansleri Mikela Angel xonimni besh marta nikohga kirishganini aytib o’tdi. Bu ma’lumotni birinchi marta eshitishim edi. O’ylaymanki, albatta kansler xonim ham nikoh shartnomasini tuzgan. (ammo aniq ma’lumotim yo’q)
Men ikkinchi kursligimdagi firklashimni eslab hozir kulgim kelayapti. Kim ham nikoh qurishday buyuk bir voqea oldidan uni bekor bo’lishni, aniqroq aytganda, oilaning buzilishini xohlaydi yoxud o’ylaydi. Axir cho’qqiga chiqayotgan odam yiqilib tushishni niyat qilmaydiku.
Men ham nikoh qurish arafasidaman, ammo nikoh shartnomasi tuzish haqida o’ylashni ayni paytda tasavvur ham qila olmayman.

2 comments:

  1. Nega nikoh shartnomasi haqida qizib qoldingiz? Agar er-xotin ajrashadigan bo'lsa, bunda amal qiladigan shar'iy hukmlar bor: meros va boshqa masalalar bo'yicha. Buning uchun nikoh tuzish shart emas. Musulmonman, degan har bir odam bunga rioya qilishi kerak.
    Agar turmush o'rog'ingizni ajrashgandan keyin ushbu shartlarga rioya qilmasligidan qo'rqib, xuddi shu masalalarni shartnoma tuzib qonuniy majburiyatga kiritsangiz, bu mumkin, deb o'ylayman.
    Ammo dunyoviy-demokratik qonuniyatlar asosida, erkak va ayolning teng huquqliligi haqidagi feminizm mahsuli bo'lgan huquqlar to'g'risida shartnoma tuzish haqida gapirgan bo'lsangiz, bu fikringiz noto'g'ri.

    ReplyDelete
  2. Shayh Hazratlarinining "Islomiy Oila Farog`at Qasri" kitoblari tavsiya qilinadi, "marriage" haqidagi millionta kitobdan durust va foydali!

    ReplyDelete