Thursday, March 26, 2009

Og'riydi...

Og'riydi..., o'ylasam juda og'riydi
Siljimoqqa hatto mador yo'qdayin.
Quduqdan tortganday tortaman kuchim
Hayot chashmasin ichish shuuunchalar qiyin?!

Kechalar uxlasam uyqim yig'laydi
Kerakmas menga bu dahshat tushlar deb.
Yupataman horg'in, bu ham o'tadi--
Dard borki-- uning da'vosi ham ko'p.

Yuraman yo'llardan siltaydi yer ham
Men unga og'irlik qilayotganday--
Uchib ketolmamku, hatto o'lsam ham
Baribir qoladi tanam sen bilan.

Qo'l bilan ko'rsatib derlar gunohkor
Qarolmayman, chunki mujgonlar kuygan.
O'zimni tanimay, shuunchalar xor-zor
Zalvor yo'llarimni sudrab yuribman.

6 comments:

  1. Qanchalik qalbga yaqin satrlar... :(

    O'ziz yozdizmi?

    ReplyDelete
  2. chiroyli she'r bo`libdi! faqat bir so`zning ma'nosini tushunmadim. mujgon nima degani? uzr, o`zbek adabiyotini kam o`qiganman.

    ReplyDelete
  3. Rahmat, mujgon ko'z, qorachig' degan ma'nolarda ishlatilgan.

    ReplyDelete
  4. Asosiysi haq yo'l topilgandan keyin undan adashib ketmaslikda, hechdan ko'ra kech. :) Allah haq yo'lida sobitqadam qilsin.

    ReplyDelete