BlackFridayda arzon savdo qilish uchun odamlar ne ko’ylarga tushishi ko’rsangiz edi. Bu ne mashmashaligini ko’rish uchun bugun birinchi marta men ham o’sha yerga bordim. Blak Friday Amerikda bayram faslining boshlanishini belgilab beradi, do’kondagi har bir tovarning narxi pasaytiriladi. Bu kunda do’konlar juda erta ochiladi. Odamlar esa do’kon eshiklari ochilishini kutib uzun-uzun qatorga tizilishadi. O’tgan yillarda do’kondagi narsalar uchun talashgan odamlar ham bo’lgan, hatto arzon narxga narsa sotib olaman deb o’lim hollari ham yuz bergan.
Bolaligimda eng yaxshi ko’radigan mashg’ulotim “darsxona”gi kitoblar to’la jovon ustiga chiqib olgancha duch kelgan kitobni o’qib chiqish edi. Kitoblar ko’pligidan qaysi birini birinchi o’qish uchun tanlashni bilmay, ko’zimni yumgan holda duch kelganini tanlardim va balanroq bo’lgan shkafdanning paski qismidan sakrab tushishga ham ulgurmay jovon yonida o’tirgan go’yi o’qishga kirishib ketganimni bilmay qolardim. Hayolimda yillar o’tsa ham bu kitoblarni o’qib bitkiza olmaydigandek tuyulardi. Hech bo’lmasa maktabni tamomlaganimgacha ulgurarmikanman, deb hayratlanardim. Menimcha, dadamning biz farzandlari uchun qilgan eng katta hadyasi shu kutubxonamiz bo’lsa kerak. Men shu kitoblar orqali chekka bir shaharchada yashashimga qaramay butun dunyoni ko’ra olardim. Bizning uyimizdagi kutubxonaning ta’rifi tuman maktablaridagi mashhur o’qituvchilarning ham e’tiboriga tushgan edi. Esimda, 6-sinfligimda “Milliy istiqlol g’oyasi” fanidan ancha yillardan beri adabiyot fanidan dars berib kelayotnga tumanning faxriy o’qituvchilaridan O’roqov ma’lim dars davomida o’quvchilar bilan tanishar ekan, siz Abdullaevamisiz, ehhe bilasizlarmi bolalar, Abdullaevalarning uyida shunaqa bir kutubxonasi borki…..deb ta’riflashga tushib qoluvdilar. Shunda boshqa o’quvchilarning oldida faxrlanib ketgan edim.
Jovonning eng yuqori qatorlarida turadigan 12, 18, 20 tomlik barchasi bir xil kitoblarni o’qib bitkazish haligacham nasib qilgani yo’q. Chunki bu kitoblar rus tilida edi, rus tilidagi yozilgan kitoblarga unchalik ham tishim o’tavermas edi.
Jovonning eng yuqori qatorlarida turadigan 12, 18, 20 tomlik barchasi bir xil kitoblarni o’qib bitkazish haligacham nasib qilgani yo’q. Chunki bu kitoblar rus tilida edi, rus tilidagi yozilgan kitoblarga unchalik ham tishim o’tavermas edi.





