Pages

Monday, March 1, 2010

shunchaki o'ylar...

Bugun "O'zbekiston xalqlari siyosiy-huquqiy ta'limotlari tarixi" fanidan leksiyada o'tirgandik. Mavzu Alisher Navoi, Mirzo Ulug'bek va Boburning siyosiy-huquqiy qarashlari haqida ekan. Domla maxsus adabiyotlar ro'yxatini yozdirayotgan edi, 3-Saddi Iskandariy, dedi. Odatda, adabiyot yozilayotganda birinchi muallif ismi, keyin adabiyot yoziladi. Domla nimagadur bu asar muallifini aytmay ketdi. Shunda kursdosh bir qizimiz, muallifini kim, deb qoldi. Butun potok 2-3 minutlar shovqin suron ichida qoldi. Kulgani kim, adashibdida degani kim. Domla ham hayratlanganicha, aniq javobni aytmasdan, u-bu gapni gapirsa, javob berayotgan qiz dovdiragancha shu yoshga kirib, shunday oliy dargohda o'qib turib, Saddi Iskandariyning muallifi kim ekanligini bilmasligini, mayli u ham bir chekkada qolaversin, tartib raqam bilan ketayotgan adabiyotlar ro'yxatidan mavzu nomi bilan ham mantiqan o'ylay olmayotganini hammaga oshkor qildi. Yonimda o'tirgan yana bir qiz "tochna adashib kirib qogan" dedi. Ha, adashish ham shunchalik bo'ladimi. Bir kulgim keldi, bir xijolat chekdim, bir essiz degim keldi. Qaysi biri o'rinli? Hech bo'lmasa, metroni A. Navoi stansiyasida ham Saddi Iskandariy deb yozib qo'yilgan. Bu qiz metrodan yurarmidi o'zi? Adashib kirib qolganlar... unaqasi bizda ko'p. Qanchadan qancha yoshlar esa adashib kira olmay qolishadi, shunisi achinarlida. Juda ko'pchilik adashib kirib qoladi bizning institutga.

1 comment:

  1. Assalomu alaykum Dilorom. Commentlarimni hammasiga javob yozganingiz uchun rahmat. Lekin man umuman kutmagandim, judayam xursand buldim. Yuqorida yozgan postingizga esa rosti qotib qoldim, haliyam kulgudan o'zimni to'xtata olomayapman. Tavba qildim u qiz manimchayam tochna adashib kirib qolgan. To'g'ri etasiz unaqalar hozir judayam kupayib ketayapti.
    Shunaqa qilib Farg'onalik bulmoqchiman deng, siz uchun judayam xursand buldim. Ilohim baxtli buling.Lekin masofalar...Muhimi BAXT.
    Nurotalikman deng unda sizdan Nur Chashmasi haqida juda ajoyib post kutib qolamiz.
    Ha etgancha siz bilan xat yozishib turishni xohlayman agar pochtangiz bulsa, maniki esa smile_8788@mail.ru agar joiz topsangiz.

    ReplyDelete