Pages

Showing posts with label Sayohat. Show all posts
Showing posts with label Sayohat. Show all posts

Sunday, October 24, 2010

Xo'ja Ahror Vali masjidi

Va nihoyat, rasmlarni blogga qanday joylashtirish haqida bir qarorga keldim. O'zim olgan rasmlar orasidan e'tiboringizga loyiq ko'rilganlarini birma-bir post qilib boraman va ularning soni ma'lum miqdorga yetgach  "Rasmlar to'plami" sahifasida rasmlarni turkumlangan papkalar shaklida tomosha qilishingiz mumkin.  

Toshkent, Xo'ja Ahror Vali masjidi, 2010-yil 3-iyun.


Tuesday, December 8, 2009

Zangi Ota va Hazrati Imom ziyorati


Bugun 8-Dekabr va dam olish kuni bo’lganligi uchun akamni bergan va’dasiga muvofiq Zangi Ota va Hazrati Imom majmuasiga oilaviy ziyoratga bordik. Bugungi havo xuddi bahor havosiday toza, mayda yomg’ir tushib turibdi.

Sunday, August 2, 2009

Yaotsu Mushakbozliklari 2-avgust, 09

Bugun Mushakbozlikka bordik.
Hozir Yaponiyada festivallar davri. Deyarli hamma joylarda mushakbozliklar qilishadi, ammo bu yil yomg'ir fasli cho'zilib ketib, har kuni yomg'ir yog'ayapti. Shu mushakbozlikka borishni ham bir hafta kutdik va nihoyat havo kechki payt sal ochilib, mushakbozlik uyushirildi.
Bunga ancha tayyorgarlik ko'rib mushaklarni rasmga olish haqida ancha o'qib chiqdik, keyin Tripod sotib oldik, remote control ham olish kerak, lekin sal qimmatroq ekan. Balkim olarman yana.

Shunday qilib, mana rasmlar:

Thursday, July 30, 2009

Tsushima Daryo Festivali


25-iyul kuni Tsushima degan shaharchadagi Tsushima Daryo Festivaliga bordim. Bu festivalda daryodan besh ta kemani har xil bezaklar bilan bezatishib, daryo bo'ylab suzib o'tisharkan. Festivalning asosiy qismi oqshom bo'ladi. Bunda kema ustiga qog'oz chiroqlar ornatisharkan. Ularning soni aylanasi boylab 365 ta va yuqori qismi esa 12 ekan, mak bir yil va 12 oyni bildiradi. Tsushima shaharchasida meni yana bitta homestay qilgan oilam yashaydi. Ular bilan birga bordim.
Yaponiyada deyarli hamma milliy festivallarga milliy kiyimlarida, ya'ni yozda yukata kiyib borishadi. Menam juda kiygim kelayotuvdi, baxtga qarshi o'zimni yukatam Nagoyada qolib ketgan ekan. Keyin yangisini yo'l-yo'lakay sotib olib, kiyib bordim. O'ziyam mazza bo'ldi, ayniqsa odamlarning savol to'la nigohlari bilan qarashlari menga :D

Wednesday, June 3, 2009

Komagane, Nagano-ken



31-May kuni Nagano prefekturasidagi Komagane shahriga bordim.
Komagane da JICA tashkilotining maxsus bo'limi joylashgan bo'lib, u yerda turli davlatlarga JICA tashkiloti orqali o'qishga, ilmiy izlanish va turli sohalar bo'yicha ko'mak dasturi orqali rivojlanayotgan davlatlarga yuboriladigan talabalar tahsil oladi. Tahsilning so'nggi qismida talaba yuboriladigan davlatning tilini yoki mahalliy tilni o'rganishi talab etiladi. Shunday talabalar qatorida O'zbekistonga yuboriladigan va ayni paytda o'zbek tilini o'rganayotgan 37 yoshli Shimizu Shigeru ham bor ekan.
JICA yilda to'rt marotaba talabalarga tilni o'rganish dasturini taklif qiladi va yilda to'rt marta talabalar bu kurslarni bitirib chiqib chet davlatlarga yuboriladi. Talabalar o'zga davlatlarga ketish oldidan ularning til bo'yicha o'rgangan bilimlarnini yana bir marotaba oshirish va o'sha davlat madaniyati, tarixi yoxud mamlakatdagi kundalik hayot haqida suhbatlashish uchun talaba yuborilayotgan davlat tilida suhbatlasha oladigan hamda mahalliy bo'lgan chet elliklar bir kunlik mashg'ulotga chaqiriladi. Men ham shu toifaga kiruvchi chet elliklardan biri edim. Komaganega Shigeru bilan suhbatlashgani bordim. :)