Pages

Showing posts with label Tarjima. Show all posts
Showing posts with label Tarjima. Show all posts

Monday, November 28, 2011

Black Friday Chegirmalari – Shoshiling!


BlackFridayda arzon savdo qilish uchun odamlar ne ko’ylarga tushishi ko’rsangiz edi. Bu ne mashmashaligini ko’rish uchun bugun birinchi marta men ham o’sha yerga bordim. Blak Friday Amerikda bayram faslining boshlanishini belgilab beradi, do’kondagi har bir tovarning narxi pasaytiriladi. Bu kunda do’konlar juda erta ochiladi. Odamlar esa do’kon eshiklari ochilishini kutib uzun-uzun qatorga tizilishadi. O’tgan yillarda do’kondagi narsalar uchun talashgan odamlar ham bo’lgan, hatto arzon narxga narsa sotib olaman deb o’lim hollari ham yuz bergan.

Saturday, June 11, 2011

Ikkalasi ham qotillik!


Ginekolog huzurida bir ayol tashvish bilan shunday demoqda:
- Doktor, jiddiy muammoga duch keldim, yordamingizga muhtojman! Chaqalog’im hali bir yoshga to’lmasdan yana homilador bo’lib qoldim. Bolalarim o’rtasidagi yosh farqi bunchalik yaqin bo’lishini istamayman.
Shunda shifokor dedi:
- Yaxshi, mendan nima istaysiz?
- Homilamni tushirishingizni xohlayman.

Saturday, October 23, 2010

Anvar Poshshoning So'nggi Maktubi


G’ozi Anvar Poshsho Usmoniylar xalifaligining butun umrini Islom yo’lidagi kurashga bag’ishlagan so’nggi sarkardalaridan. U janglardan birida ruslar bilan to’qnashuvda shahid bo’ladi. O’limidan bir kun oldin rafiqasi Najiya Sultonaga yozgan maktubi saqlanib qolgan. Quyida siz o’qiydigan bu maktub Turkiya gazetalarida rafiqasi ruxsati bilan nashr qilingan.

Azizam Najiya,

Suyukli rafiqam, shodligim va baxtim bulog’i bo’lgan qadrdonim Najiya. Qodir Olloh sening himoyachingdir.  Oxirgi yo’llagan maktubingga ayni paytda tikilib o’tiribman. Ishonginki, sening bu maktubing yuragimga har doim yaqin bo’ladi. Chehrangni ko’ra olmayman, ammo maktubingdagi satrlar va so’zlar orasida  qorong’u chodir  ichida sochlarimni silaydigan chiroyli barmoqlaringni ko’raman, gohida sening surating ko’z o’ngimda namoyon bo’ladi.  
Afsuski, sen unutib yuborganim va sening sevging haqida qayg’urmasligim haqida yozibsan.
Aytibsanki, men sening sevgiga to’la qalbingni vayron etibman. Uzoq o’lkalarda olov va qon bilan o’ynashib yurar ekanman va tunlarni xavotir bilan yulduzlar sanab bedor o’tkazadigan ayolga nisbatan bee’tibor emishman.
Sen yana aytibsanki, men urush va qilichni yaxshi ko’rar ekanman. Samimiy hamda menga nisbatan chuqur sevgi va muhabbat bilan bitilgan bu so’zlaring yuragimni qanchalar qonga to’ldirishini bilsang edi.

Thursday, October 21, 2010

Камxарж никоҳ барака келтиради


Оилавий турмуш баракали бўлишини, ҳаёти муҳаббат ва тақволи фарзандлар билан тўлишини истовчилар Аллоҳ расули саллалоҳу алайҳи васалламнинг қуйидаги гапларига амал қилмоғи лозим: “Энг баракали никоҳ энг кам харажат сарфланадиган никоҳдир”. 
Расулуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам яна таъкидлайдиларки, “Энг яхши аёл маҳри кам аёлдир” (Ибн Ҳиббон ривояти).
Яна бир бошқа ҳадисда Расуллуллоҳ саллаллоҳу алайҳи васаллам шундай деганлар: “Совчиларга тез рози бўлиш, маҳрнинг кам бўлиши ва тез фарзандли бўлиш аёлнинг барака соҳибаси эканидандир” (Канзул Уммал ривояти). 
Никоҳнинг дастлабки шарти бўлган маҳрнинг кам сарфлашни тарғиб этувчи шариат, албатта, тўй маросимида ҳам камхарж бўлишни буюради... Ҳазрат Суфён Саврий разияллаҳу анҳу айтадиларки, келиннинг ўзи билан  нима олиб келганига кўз тиккан куёв ўғридир. Ҳаётларининг нури бўлган, машаққатлар билан вояга етказилган қизларини берганлари учун шукр қилиш ўрнига куёвнинг келин олиб келадиган матоҳларига кўз тикиши унинг ахлоқсизлигидандир. Худди шунингдек, куёвнинг келин томонга, улардан ҳам ҳадя қайтади, деган умид билан совға жўнатиши ҳам номақбул ишдир.

Friday, April 30, 2010

Nikoh arafasida...

Turmush qurish shunchaki rafiqali yoki mahramli bo’lish emas, balkim u bilan birga Uning butun dunyosiga ega bo’lish demakdir. Shu daqiqalardan boshlab turmush o’rtoq sening hamkoring, yo’ldoshing va eng yaxshi do’sting bo’ladi.
U sen bilan lahzalarni, kunlarni va yillarni birga o’tkazadi. U sen bilan shodliging va g’amlaringni, muvaffaqqiyatlaring va omadsizliklaringni, orzularing va tashvishlaringni baham ko’radi.

Sunday, February 28, 2010

Sivil huquqi an'anasi: 1-bob: Ikki Huquqiy An'ana

Bir yil oldin Yaponiyada o'qib yurgan paytimiz Nagoyada ta'lim olayotgan o'zbek talabalar bilan Bunyod Ibragimov boshchiligida John Henry Merrymanning The Civil Law Traditon degan kitobini o'qib, uni o'zbek tilida muhokama qilish va yaxshi tushunib olish uchun Study Group tashkil qilgan edik. Aslida faqat meni tushunmagan savollarimga javob berish bilan boshlangan bu guruh ancha yaxshi ishadi, biz har gap bir bobni muhokama qilish asnosida o'sha bobni iloji boricha o'zbek tiliga tarjima qilishga ham urinib ko'rdik. O'sha kitob tarjimasidan meni ulushimga tushgan boblarni tarjimasini shu yerga qo'yib boraman, xudo xohlasa. Huquqiy atamalarni to'g'ri ishlatishda ancha qiyinchiliklar tug'ildi. Bu borada huquq sohasida tahsil olayotganlardan ham, Toshkent Davlat Yuridik Instituti "Davlat va huquq nazariyasi" kafedrasi domlalaridan ham maslahatlar olishga harakat qilayapmiz. Siz mushtariylarda ham tarjima yuzasidan biror fikr tug'ilsa, uni bizga yetkazishingizni iltimos qilgan bo'lar edik. Tarjimani qiyoslashga oson bo'lish uchun har bir paragrafni raqamlab chiqdim.

1.Hozirgi dunyoda ikkita yuqori ta’sirga ega huquqiy an’ana mavjud: sivil huquq (romano-german) va umumiy huquq an’anasi. Mazkur kitob ularning qadimiyrog’i, kengroq tarqalgani va ko’proq ta’sirga ega bo’lgani: sivil huquq an’anasi haqidadir.

2.O’quvchi “huquqiy an’ana” atamasini “huquqiy tizim” emasligini kitob davomida kuzatib boradi. Bu yerda ishlatilgan huquqiy tizim bu huquqiy institutlar, proseduralar va qoidalarning amalga oshiriluvchi tizimidir. Shu ma’noda AQSH davlatida bitta federal va ellikta shtatlarning huquqiy tizimi, har bir millatda ayri huquqiy tizim va Yevropa Ittifoqi va BMTday tashkilotlarda ham hanuzgacha farqli huquqiy tizimlar mavjud. Suveren davlatlar va davlatlar tashkilotlaridan tashkil topgan dunyoda nechta shunday davlat va tashkilotlar bo’lsa, shuncha huquqiy tizimlar mavjud.

Tuesday, July 28, 2009

Ise shrine

Kecha-28-iyulda qo'shni MiePrefekturasidagi Ise degan shinto ibodatxonasiga borib keldik. Host Family im bilan birga bordik. Yaponiyadagi eng katta va obro'li shinto ibodatxonasi ekan. Aytishlaricha, imperator yoki imperator oilasidan kim turmush qursa, ommaga e'lon qilish uchun to'y kiyimlarida ushbu ibodatxona ichidagi yo'laklarni bosib o'tarkan. Rostan ham ichi katta ekan.
Yo'lda qaytayotib England gardenga kirdik. Birinchi marta inglizlarni bo'gi qanaqa bo'lishini ko'rdim.
Kuni bilan yomg'ir yog'di. Aytgancha, men Isening gavjum ko'chalarida Sumo kurashchisini ko'rdim, yomon qiziqdim, oxiriyam gaplashib keyin rasmga tushdik :)
Qolgan rasmlarni ko'rish

Sunday, July 19, 2009

Isro va Me’roj

Isro va Me’roj kechasining eng muhim saboqlaridan biri shuki, bu mo’jiza Musulmon Ummatiga Masjidul-Aqsoning (Al-Aqso masjidi) ahamiyati benihoya ulug’lini ko’rsatib beradi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning isro(tungi sayr) safarlari Makka shahridan Masjidul-Aqsoga qarab yo’nalgan bo’lib, aynan Masjidul-Aqsodan Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallam Me’rojga, ya’ni Jannatga ko’tarilganlar.
Isro safari dunyodagi yetakchilik Musulmon Ummati qo’liga o’tishining bir alomati edi. Bu yetakchilik esa majburlov va zo’ravonlikka emas, balkim rahm va adolatga asoslangandir.
Isro va Me’roj mo’jizasining yana bir muhimligi namozning aynan shu kechada farz qilib belgilanganligidir; zeroki, Alloh subhanu va taolo bilan bevosita aloqaga kirishish namoz orqali amalga oshadi.
Atoqli Islom olimi Shayx Yusuf Al-Qaradaviy ushbu masala borasida shunday deydi:
Isro bu Alloh subhanu va taoloning Payg’ambari Muhammad sallalohu alayhi vassallamni Makkdadan O’zining Muqaddas Uyi bo’lmish Masjidul-Aqsoga yo’llagani.
((O'z) bandasi (Muhammad)ga mo''jizalarimizdan ko'rsatish uchun tunda, (Makkadagi) Masjidul-Haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo'ygan Masjidul-Aqsoga sayr qildirgan zot tasbeh aytishga (loyiqdir)Darhaqiqat, U eshituvchi va ko'ruvchidir.) (Al-Isro surasi, 17:1) Masjidul-Harom bu suradada Allohning Muqaddas Uyi (Ka’ba) ma’nosida kelib, Atrofini barakotli qilib qo’ygan joy deganda Masjidul-Aqso nazarda tutiladi.]

Tuesday, June 23, 2009

Islomda Adolat

Adolat Qur’onda Islomning asosiy maqsadi va axloqiy fazilat sifatida tushuntiriladi.

Adolatning mazmuni:
Islomiy dunyoqarashda adolat bir narsani eng to’g’ri o’ringa joylamoq bilan ifodalanadi. Bu o’z navbatida o’zgalarga nisbatan ham teng munosabatda bo’lishni anglatadi. Islomda adolat ham axloqiy fazilat bo’lib, xuddi G’arb an’anasidagidek, inson shaxsiyatini tashkil qiluvchi xossasidir. Adolat huquqlar va burchlarning teng taqsimlanishida tarozi vazifasini o’tash bilan tenglik tushunchasiga juda yaqin turadi, ammo bu ikkisini bir xil deb bo’lmaydi. Boylikning noteng taqsimlanishi kabi ba’zida adolat notenglik orqali erishiladi. Islom Payg’ambari Muhammad (s.a.v.) shunday deydilar:
“Hech qanday soya bo’lmaydigan va yolg’izgina Allahning soyasi bo’ladigan Kunda U yetti turdagi insonlarga soya beradi. Birinchisi, adolatli yo’lboshchidir.” (Sahihi Muslim)

Alloh o’z Rasuliga xitob qilib shunday deydi:
“Ey bandalarim, men nohaqlikni O’zimga va xuddi shuningdek sizlarga ham man qildim. Shunday ekan, bir-biringizga nohaq bo’lishdan qochinglar.” (Sahihi Muslim)
Adolat har narsaning o’ziga tegishli joyda bo’lishini anglatar ekan, adolat axloqiy haqlikni va odillikni ifoda etadi.
Adolatning muhimligi:
Islom dinining muqaddas kitobi Qur’on adolatni eng ulug’ fazilat deb hisoblaydi. Adolat Islomning asosiy muddaosi bo’lib, daraja jihatidan eng birinchi o’ringa qo’yilgan Allohga ibodat (Tavhid) va Muhammad (s.a.v.) payg’ambarligining haqligi bilan yonma-yon turadi.

Thursday, May 14, 2009

Huquqiy katergoriyalar

"The Civil Law Tradition" by John Henry Merryman, Rogelio Perez-Perdomo -- "Romano-german huquqiy an'anasi"

XIV bob. Huquqiy kategoriyalar

Barchamizga ma'lumki, huquq turli xil funksiyalarni bajarish uchun turlicha yo'nalishlarga bo'linishi mumkin. Va yana shu ham ma'lumki, huquqning har bir yo'nalishi yoki qismi ham albatta, huquqiy tizimni shakllantirishga xizmat qiladi. Huquq qanday shakllanishi va ijro (apply) qilinishiga ta'sir o'tkazgani uchun ham, huquqni yo'nalishlarga bo'lishning eng keng tarqalgan yo'lining o'zi ham huquqning bir qismiga aylanib qolgan.Shuning uchun ham huquqning nimaga qarab bo'linishi uning xarakteriga(biror huquqiy keysda muammo qanday xarakterlanishi), o'qitilishi (qaysi fanlar huquq o'qilitadigan maktablarda o'qitilishi kerak), ilmiy izlanishlar (huquqiy olimlar orasida qaysi sohalar tipik mutaxasssislik hisoblanadi), huquqiy kutubxonalarning tashkil etilishi ( kitoblar qay holda tasniflanishi), kodifikatsiya (kodifikatsiya uchun huquqning qaysi sohasi mos ekanligi), huquqiy ilmiy ishlar va nashrlar (kitoblar va huquqiy jurnallarning qamrov sohasi), va huquqshunoslar o'rtasidagi oddiy muloqotlarga ta'sirini o'tkazadi. Romano-german dunyosida huquning tasniflanishi va bo'linishning umumiy qabul qilingan yo'li umumiy anglo-amerikan dunyosidagi bo'linish va tasniflanish yo'lidan ancha farq qiladi.

Anglo-amerikan huquqshunoslar huquqning bo'linishlarini tarixiy shakllangan usul, odatlar va olimlarning ta'siri ostida keng tarqalgan usul sifatida qarashsa, romano-german huquqshunoslari buni ko'proq normativ shartlar asoslarda qabul qilishgan. Har bir kategoriyaning ilmiy jihatdan isbotlanishi zarurligi jarayonini huquqshunoslik (legal science) orqali ko'rib chiqgan edik. Huquqiy tizimdagi olimlarga nisbatan bo'lgan kuchli urg'u, mavhumlik, rasmiylik, va soflik huquqshunolik (legal schience) ning ochiq-oydin bo'lgan avtoritar ta'siri farqlari va tushunchalarini yanada kuchaytiradi. Olimlar tomonidan qo'llanilgan, huquq maktablari talabalari tomonidan o'rganilgan huquqning tushunchalari va kategoriyalari tizimli ravishda huquqiy strukuraning bir qismiga aylanib boradi va butunligicha huquqni tashkil qiladi. (yaratadi)