Pages

Thursday, May 14, 2009

Huquqiy katergoriyalar

"The Civil Law Tradition" by John Henry Merryman, Rogelio Perez-Perdomo -- "Romano-german huquqiy an'anasi"

XIV bob. Huquqiy kategoriyalar

Barchamizga ma'lumki, huquq turli xil funksiyalarni bajarish uchun turlicha yo'nalishlarga bo'linishi mumkin. Va yana shu ham ma'lumki, huquqning har bir yo'nalishi yoki qismi ham albatta, huquqiy tizimni shakllantirishga xizmat qiladi. Huquq qanday shakllanishi va ijro (apply) qilinishiga ta'sir o'tkazgani uchun ham, huquqni yo'nalishlarga bo'lishning eng keng tarqalgan yo'lining o'zi ham huquqning bir qismiga aylanib qolgan.Shuning uchun ham huquqning nimaga qarab bo'linishi uning xarakteriga(biror huquqiy keysda muammo qanday xarakterlanishi), o'qitilishi (qaysi fanlar huquq o'qilitadigan maktablarda o'qitilishi kerak), ilmiy izlanishlar (huquqiy olimlar orasida qaysi sohalar tipik mutaxasssislik hisoblanadi), huquqiy kutubxonalarning tashkil etilishi ( kitoblar qay holda tasniflanishi), kodifikatsiya (kodifikatsiya uchun huquqning qaysi sohasi mos ekanligi), huquqiy ilmiy ishlar va nashrlar (kitoblar va huquqiy jurnallarning qamrov sohasi), va huquqshunoslar o'rtasidagi oddiy muloqotlarga ta'sirini o'tkazadi. Romano-german dunyosida huquning tasniflanishi va bo'linishning umumiy qabul qilingan yo'li umumiy anglo-amerikan dunyosidagi bo'linish va tasniflanish yo'lidan ancha farq qiladi.

Anglo-amerikan huquqshunoslar huquqning bo'linishlarini tarixiy shakllangan usul, odatlar va olimlarning ta'siri ostida keng tarqalgan usul sifatida qarashsa, romano-german huquqshunoslari buni ko'proq normativ shartlar asoslarda qabul qilishgan. Har bir kategoriyaning ilmiy jihatdan isbotlanishi zarurligi jarayonini huquqshunoslik (legal science) orqali ko'rib chiqgan edik. Huquqiy tizimdagi olimlarga nisbatan bo'lgan kuchli urg'u, mavhumlik, rasmiylik, va soflik huquqshunolik (legal schience) ning ochiq-oydin bo'lgan avtoritar ta'siri farqlari va tushunchalarini yanada kuchaytiradi. Olimlar tomonidan qo'llanilgan, huquq maktablari talabalari tomonidan o'rganilgan huquqning tushunchalari va kategoriyalari tizimli ravishda huquqiy strukuraning bir qismiga aylanib boradi va butunligicha huquqni tashkil qiladi. (yaratadi)


Romano-german huquq an'anasida eng katta bo'linish bu ommaviy huquq va xususiy huquqga bo'linishdir. Bu ikki bo'linish o'rtasidagi farqlar butun boshli romano-german huquqiy tuziminig kitoblarida, broshyuralarida, jurnal va gazeta maqolalarida muhim mavzu hisoblanib yoritilib kelingan va hanuzgacha farqlar borasida bir aniq to'xtamga kelina olinmagan. Olimlar mavhum ushbu farqlarni huquqshunoslik (legal science) aniqlab beradi, yoki huquqshunoslik (legal science) orqali bilib olish mumkin degan xulosaga kelishadi. Ammo, bu ikki bo'linish o'rtasidagi farqlarni aniqlashtirishga qaratilgan doktrinalar, statutlar, qarorlar ham aksincha bu boradagi noaniqliklarni chuqurlashtiradi. Bu farqlarning kelib chiqishini va ayni paytdagi "tanglik"ini aniqlash romano-german huquq tuzimini o'rganishning qiziqarli yo'lidir.
Ommaviy huquq va xususiy huquq o'rtasidagi farqning tarixi romano-german huquq tizimida uzoqga borib taqaladi. Bu farqlarning Rim huquqining klassik davridami yoki undan keyingi Yustinianning Corpus Juris Civilis davrida paydo bo'lganligi haqida noaniqliklar mavjud, ammo glossatorlar va kommentatorlarning bu farqlar borasida o'z yozuvlarida qoldirganliklari haqida shubha va gumonlar mavjud emas. Bu farqlanish o'n to'qqizinchi asrdagi kodifikatsiyalash davrida keng ko'lamda ishlatildi. Keyinchalik, shu asrning oxirlaridayoq huquq huquqshunoslik (legal science) orqali ilmiy tekshirila boshlanganida ham ommaviy va xususiy huquqga bo'linish huquqiy hujjatlarning(qonunlar, kodekslar)tizimli qayta tuzilishiga asos bo'lib xizmat qildi.
Zamonaviy Yevropa huquq nazariyasida ommaviy va xususiy huquq o'rtasidagi farqning orqasida turgan kuch mafkuraviy bo'lib, o'z ichiga ayni paytdagi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy qarashlarni ham qamrab oladi. Aynan shunday qamrovlar natijasida o'n yettinchi va o'n sakkizinchi asrlarda yuzaga kelgan ikki bo'lim o'rtasidagi farq o'n to'qqizinchi asrdagi Fransiya, Avstriya, Italiya va Germaniyaga kodifikatsiyalarda o'z aksini topdi. Ushbu kodifikatsiyalangan fuqarolar huquqi xususiy huquqning yuragi edi, va kodekslarning hukmron konsepsiyalari shaxsiy mulkiy xususiy mulk va shaxsning shartnoma erkinligi edi. Kodifikatsiyadagi mulkiy huquqlar va shartnoma huquqlariga bo'lga urg'u shaxslarning davlatning aralashuviga qarshi bo'lgan huquqlarini kafolatladi. Fuqarolik kodekslari konstitutsiyaga o'xshash funksiyani bajaruvchi narsaga o'xshab qolgan edi. Xususiy huquq bu huquqdagi shunday bir sohaga aylandiki, davlatning yagona funksiyasi bu shaxsiy huquqlarni tanish va ijro qilish edi.(bo'lib qolgandi)
Huquqga bo'lgan bunday munosabat, bunday bo'linish ba'zi bir taxminlar natijasida kelib chiqgan. Shunday primitiv bo'lgan iqtisodiy taxminga ko'ra, asosiy aktyorlar shaxsiy individlar va tegishli sohada davlatning juda ham chegaralangan qatnashuvi kiradi. Buning ichiga yigirma birinchi asrda bizga ikkalasi ham ma'lum bo'lgan na korporatsiyalar, mehnat birlashmalari bo'lgan shaxslar asostsiatsiyalariva na millatning iqtisoidy va ijtimoiy hayotidagi davlatning keng qatnashuvi kirardi. Butun boshli huquqiy dunyoda faqatgina shaxsiy individlar va davlat asosiy aktyor edi va har birining oziga tegishli qamrov hududi bo'lib, xususiy huquq shaxsiy individlarga, xuddi shuningdek, ommaviy huquq davlatga tegishli deb hisoblanardi.
Xususiy huquq g'oyasi ommaviy huquqga bo'lgan munosabatga nisbatan salbiy ta'sir o'tkazgan. Shaxsiy huquqlar himoyasida davlatning roli cheklangamagan bo'lib, bunga javoban davlatning ta'siri omma manfaati bilan oqlanar edi. Ommaviy huqquqning shu nuqtai nazardan asossy ikkita tashkil qiluvchilari bo'lib, davlat strukturasini tashkil qilgan klassik ko'rinishdagi konstitutsiyaviy huquq va ommani va omma boshqaruvi bilan shaxslarning aloqalarini boshqarish huquqi bo'lgan ma'muriy huquqdan iborat edi. Shaxsiy huquqiy munosabatlarda tomonlar teng munosabatda bo'lib, davlat ular o'rtasidagi hakam edi. Ommaviy huquqiy munosabatlarda esa davlat ham bir tomon hisoblanib, omma manfaatini vakili esa (shahzoda me'rosxo'ri) shaxsiy individlardan ustunroq tomon hisoblanardi. Ushbu xususiy huquq va ommaviy huquq o'rtasidagi bir-biridan farqlanuvchi ikki mafkuraning keyinchalik ham rivojlanib borishi huquqiy hujjatlar (qonunlar, doktrinalar, statutlar) da ham o'z aksini ko'rsatib bordi.
XIII bo'limda(ushbu kitobning) kuchlar taqsimlanishi doktrinasidan kelib chiqgan holda, ikki xil turkumdagi sudlar aytib o'tilgan edi: ma'muriy sudlar va oddiy sudlar. Ammo xususiy huquq o'rtasidagi bo'linish ma'muriy va oddiy yurisdiksiyaviy sudlar bo'linishiga mos tushmaydi. (Masalan, jinoyat huquqi Yevropaliklar tomonidan har doim ommaviy huquq sifatida tasniflannib kelingan bo'lsa ham, barcha joylarda birdek oddiy yurisdiksiyaga tegishli bo'lgan huquq sohasidir)
Yuqorida ko'rib o'tganimizdek, romano-german huquqiy an'anasida ushbu ikki huquq sohasidagi bo'linishga turli xil ta'sirlar yig'ilib o'ziga xos muhimlik beradi:1) Olimlar, ayniqsa huquqshunos olimlar o'zlarining tizimli kontsepsiyalar strukturasi va diskriptivni preskriptivga (diskriptive-bu huquqning qanday ishlatilib kelinayotganiligini tasvirlash, preskriptiv-bu huquqning qanday ishlatilishi kerakligni ifodalash) aylantira olish qobiliyatiga bo'lgan urg'u tufayli;2) an'analar, ikki sohadagi bo'linish kamida o'n to'rt asrdan buyon davom etib kelayotganligi sababli; 3) mafkura, huquqshunoslikga (legal science) chuqur o'rnashib olgan aslida noto'g'ri konsepsiyalari tufayli; 4) yurisdiksiyadagi oddiy sudlar va ma'muriy sudlar o'rtasidagi bo'linish. Bunday ta'sirlar mavjud bo'la turib, hozirgi kunda davlat va iqtisodiy va ijtimoiy institutlarda o'zgarishlar, xuddi shuningdek, huquqiy nazariya va faktlar o'rtasidagi ajralishlar yuzaga kelgani barchamizga ayon. Ikki soha o'rtasidagi bo'linish inqirozda va bu inqiroz hozirgi kunda Yevropada yuridik xalqalarida juda ko'plab jonli bahslarning asosiy mavzusi bo'lib kelmoqda. Uning ba'zi bir sabablarini qisqacha tahlil qilib o'tish foydadan xoli emas.
Birinchidan, romano-german huquqshunoslari anglo-amerikan huquqidan ancha narsalarni o'rganishdi. Endi anglo-amerikan huquqi mujmal degan fikr o'n to'qqizinchi asrning ba'zi bir qoloq huqushunoslaridan tashqari hech kimni bezovta qilmas edi. Ikki an'ana huquqshunoslarining birgalikdagi harakatlari va qiyosiy huquqning rivojlanishi tufayli romano-german huquqshunoslari anglo-amerikan huquqini o'zlarining huquq an'analaridan hech ham qolishmasligini anglashdi. Bugungi kunda ular G'arbdan boshqa joyda ham demokratik bo'lsin, kapitalistik davlat bo'lsin, ommaviy va xususiy huquq o'rtasidagi bo'linish unchalik aniq va keskin ajratilmagan holda ham huquqiy rivojlanishning ilg'or darajasiga yetish mumkinligi anglashdi. Bu esa, romano-german huquqshunoslariga ularning an'analarida bo'lgan ikki soha o'rtasidagi bo'linishdan butunlay voz kechishni taklif qilmaydi, balkim rivojlangan huquqiy tartib o'rtanish uchun bu ikki sohadagi bo'linish zaruriy emasligini anglatadi.
Ikkinchidan, romano-german an'anasida mavjud bo'lgan ommaviy huquq va xususiy huquqning mafkuraviy neytral ilmiy haqiqat degan konsepsiyasi yigirmanchi asrdagi Germaniyadagi Natsistlar tuzumi, Italiyadagi fashistlar davri, Sovet imperiyasining sotsial qonuniylashtirishlari, va Lotin Amerikasidagi turli xil totalitar davlatlari tomonidan illyuziya ekanligi isbotlab berildi. Romano-german huquqi Yevropada bir tusdagi mafkura bo'la turib, tanish huquqiy atamalar notanish ma'nolarni anglata boshladi. Buni sotsial islohotchilarning "barcha huquq ommaviy huquqdir" degan, Leninning "barcha burjuaziya huquqi xususiy huquqdir" degan tushunchalaridan bilib olsa ham bo'ladi.
Uchinchidan, bugungi kunda davlatlar o'zgardi va ularning iqtisodiyotga va ijtimoiy hayotga aralashuvii oddiy holat bo'lib qolgan. O'n to'qqizinchi asrdagi individualistik davlat yigirmanchi asrning sotsial davlati bilan o'rin almashdi. Ba'zi bir fikrlarga qaraganda, xususiy huquqning asl konsepsiyasi sotsial va ommaviylik elementlarining sekin-sekin qo'shilib borishi natijasida o'zgartirilgan, buni esa "sotsiallashtirish" va "ommalashtirish" kabi atamalarda ham ko'rish mumkin. 1917 yildagi Meksika konstitutsiyasidan boshlab, va 1919 yildagi Veimar Konstitutsiyalari ham xususiy huqularni omma manfaati uchun cheklay boshladi, buni esa natijada romano-german huquqshunoslaring bunday cheklashlarga odatda mulk va xususiy huquqlarning "ijtimoiy funksiyasi" deb qarashlariga olib keldi. Hanuzgacha an'anaviy doktrina yozuvchilari xususiy huquqning tarkibi yangi davlat ostida ham o'zgarmay qolaveradi degan firkda turib olishlari mumkin bo'lsa ham, bugungi kunga kelib xususiy huquqning tarkibi anchagina o'zgartirilganligi faktdir.
To'rtinchidan, davlatning iqtisodiyotga to'g'ridan-to'g'ri aralashuvi savdo va sanoat korxonalariga birikgan davlat korxonalari va davlat nazoratidagi korporatsiyalari orqali bo'lib, ular xususiy huquq huquq maqomida ishlatilina boshlandi. Buni ba'zi bir ma'muriy huquq olimlari ommaviy huquqning "xususiylashtirlishi" deb atadilar.
Beshinchidan, yigirmanchi asrda shaxslarning birgalikdagi harakati tufayli yuzaga keladigan o'rta bo'g'in guruhlari-assotsiatsiyalarni muhimligi o'sib bordi va ular huquqiy jihatdan tanila boshlandi. Huquqiy dunyoning faqatgina o'z tegishli hududiga ega bo'lgan ikkita aktyori bo'lgan tasavvur o'z-o'zidan yo'qola boshladi. Eski huquqiy dunyo o'z navbatida faqatgina shaxslar va davlatdan iborat aholiga ega bo'lgan dunyodan, ikki asosiy aktyor bilan birgalikda turli xil savdo birlashmalari, kooperativlar, fondlar, savdo va sanoat kompaniyalari, konsorsiumlar va diniy jamiyatlar ko'rinishdagi tashkilotlar bilan ham zichlashdi. Urushdan oldingi demokratik davlatlarda yuqorida sanab o'tilgan tashkilotlardan juda ko'plari, ayniqsa e'tiborga molik siyosiy partiyalar, savdo birlashmalari, savdo va sanoat kompaniyalari yirik iqtisodiy va ijtimoiy kuchga ega edi. Yuqorida sanab o'tilganlar o'zlari "xususiy" davlatni hosil qilib, ko'pincha rasmiy tashkil etilgan "ommaviy" davlatdan ko'ra ko'proq kishilarning hayotiga katta ta'sir o'tkaza olar edi. Bunday murakkab huquq dunyosida oddiygina ommaviy va xususiy huquqga bo'linish endi o'z kuchini yo'qotgandan ko'rinadi.
Oltinchidan, Yevropa va Lotin Amerikasi konstitutsiyalari fundamental individual huquqlar, shuningdek mulk huquqi, iqtisodiy va boshqa munosabatlarga kirishish huquqi kafolatlari borasida o'rtamiyona shaklga kelgan edi. Natijada, fuqarolik huquqi konstitutsiyonal funksiyasidan mahrum qildi. Mazkur funksiya xususiy huquqning "eng xususiy"sidan, ommaviy huquqning "eng ommaviy"siga o'tkazildi. Boshqa so'zlar bilan esa buni xususiy huquqning "konstitutsiyaviylashishi" yoxud "ommaviylashtirilishi" deb ifodalash mumkin. Bu esa o'z navbatida ikki huquq bo'linishini kishilarning huquqlarining himoyalanish vositasi sifatida ko'ruvchilar uchun ommaviy huquq va xususiy huquq o'rtasidagi bo'linish ahamiyatining kamayib borayotganligini ko'rsatadi.
Yettinchidan, Yevropa va Lotin Amerikasining ko'plab davlatlarida qattiq konstitutsiyalar va qonun chiqaruvchining harakatlarining konsitutsiyaviyligi ustidan sud qayta ko'rib chiqishi (judicial review-konstitutsiyaviy sudlar nazarda tutilmoqda) o'rnatildi. Ba'zi davlatlarda maxsus konstitutsiyaviy sudlar tashkil etilgan, ba'zilarida esa bu funksiyani oddiy yurisdiksiya amalga oshiradi. Bu esa o'ta mutlaq deb ta'riflangan kuchlar taqsimlanishi (hokimiyatlar bo'linishi) nazariyasining muhimlik darajasini kamaytiradi va huquqdagi ikki katta sohaga bo'linish va hokimiyatlar taqsimlanishi o'rtasida o'ta yaqin aloqa bor deb hisoblaydiganlar ko'z o'ngida ommaviy va xususiy huquqga bo'linishni yanada chigallashtiradi.
Sakkizinchidan, ommaviy huquq va xususiy huquq o'rtasidagi katta farq ikkita alohida, ammo bir-biriga bog'liq kuchlar bilan kamaytirildi. Birinchisi, ma'muriy huquqning o'sishi bo'lib, u kishilarning shaxsiy arzlarini rad etadigan davlat kuchiga ko'proq ta'qiqlar yaratdi. (ikkinchisini tushunmadim)
To'qqizinchidan, huquqshunoslik (legal science) yigirmanchi asrga kelib qattiq tanqidga uchradi. Endi olimlarning huquqda izlanish ko'lamlari yanada kengayib, faqat huquqni emas, balkim u bilan birga madaniy kelib chiqishi, jamiyatdagi mavjud muammolarni ham hisobga olgan holda o'rganila boshlandi.
Va nihoyat, romano-german millatlari ommaviy huquq va xususiy huquq sifatida tasniflanishni rad qiladigan sohaning o'sishiga duch keldi. Misol uchun, mehnat huquqi va qishloq xo'jaligi huquqi ommaviy huquq va xususiy huquqning birlashmasidir va ayni paytda ommaviy va xususiy huquq sifatida klassik tasniflanishga mos tushmaydi.
Shunday qilib, romano-german huquqshunoslari huquqni ommaviy hamda xususiy huquqga va ikkalasining ham elementlarini omuxta etgan mehnat huquqi, qishloq xo'jaligi huquqiga o'xshagan aralashmalarga bo'lishadi. Ommaviy huquq o'z navbatida konstitutsiyaviy huquq, ma'muriy huquq va jinoyat huquqlariga bo'linadi. Jinoiy protsessi ham o'xshashligi yuzasidan ommaviy huquqga tegishli deb hisoblanadi. Ammo fuqarolik protsessining tegishliligi borasida olimlar hamon bahs qilib kelishmoqda. Hozirgi kungacha esa fuqarolik protsessini ham ommaviy huquqga tegishli deb hisoblash hukmron bo'lib kelmoqda.
Xususiy huquq esa fuqarolik huquqi va savdo huquqidan tashkil topgan. Bu ikkisining ichida fuqarolik huquqi ancha muhim hisoblanadi. Fuqarolik huquqi Rim huquqining hozirgi kundagi vakili sifatida namoyon bo'ladi. Savdo huquqiy esa avval boshidan savdogarlar tomonidan o'z ishlarini boshqarish uchun tuzilgan alohida adolat tizimi (sudlari)dan kelib chiqgan. Savdo huquqining o'ziga tegishli qoidalari va odatlari, o'zining hakamlari va sudlari, himoyalash va ijro etish uchun ham maxsus protseduralari mavjud edi. Savdo huquqining ushbu nomustaqil elementlari vaqt o'tgan sari yo'qolib bordi. Savdo huquqi millat-davlatlarning uyg'onishi bilan yana qayta tanila boshlandi. Fuqarolik protsessi huquqi savdo sudlaridagi jarayonlar bilan kengayib bordi. Vaqt o'tishi bilan alohida savdo sudlari borasidagi tushunchalar yo'qola boshladi. Hozirgi kunda ba'zi davlatlarda savdo sudlarining hattoki nomi ham endilikda mavjud emas. Boshqa davlatlarda esa savdo sudlari endi alohida sud emas, balkim fuqarolik sudlaridagi maxsus kichik bo'linma tariqasida amalda mavjud.
Ko'plab romano-german davlatlarida savdo huquqi alohida savdo kodekslarida namoyon bo'lishi ham kuzatiladi. Bu ham vaqt o'tishi bilan o'zgarib bormoqda. Shvedsiya va Italiya savdo kodekslarini bekor qilishdi va oldingi mavjud qoidalarni fuqarolik huquqiga joylashdi.
Xususiy huquq bir-biriga bevosita bilvosita bog'liq bo'lgan ikki soha-fuqarolik va savdo huquqlaridan iboratdir. Hozirgi kunda savdo sudlarining, kodekslarning yo'qolib borilishi bilan uning "fuqaroviylashishi" kuzatilsa, fuqarolik kodesklari tarkibiga kirib borayotgan savdo qonun qoidalari fuqarolik huquqini "savdoviylashish" jarayonini ko'rsatib bermoqda.
Qadimiy bo'lgan romano-german an'anasidagi bo'linishlar hanuzgacha, ammo juda katta savollar ostida davom etib kelmoqda.
Huquqiy kategoriyalar ontologik xarakterga ega deb hisoblangan va savol ostiga olingan, hamda ularning to'g'riligi haqida hanuzgacha taxminlar qilinib kelinmoqda.

4 comments:

  1. Buni o'ziz tarjima qildizmi?

    ReplyDelete
  2. Ha, o'zim. Lekin o'qiganda tushunarli bo'lishi uchun hali ancha ishlash kerak ekan. :(

    ReplyDelete
  3. Qoyil, sabr va matonat bilan shuncha narsani tarjima qilibsiz. Ilhomingiz kelib ketdimi? Agar istasangiz yaxshi narsalar bor, tarjima qilasizmi? Men dangasalik qilyapman. :(

    ReplyDelete
  4. Ha, har zamon shunaqa ilhom mehmon bo'lib ketadi. Yaxshi narsa bo'lsa, albatta ko'ramiz.

    ReplyDelete