Pages

Thursday, July 30, 2009

Tsushima Daryo Festivali


25-iyul kuni Tsushima degan shaharchadagi Tsushima Daryo Festivaliga bordim. Bu festivalda daryodan besh ta kemani har xil bezaklar bilan bezatishib, daryo bo'ylab suzib o'tisharkan. Festivalning asosiy qismi oqshom bo'ladi. Bunda kema ustiga qog'oz chiroqlar ornatisharkan. Ularning soni aylanasi boylab 365 ta va yuqori qismi esa 12 ekan, mak bir yil va 12 oyni bildiradi. Tsushima shaharchasida meni yana bitta homestay qilgan oilam yashaydi. Ular bilan birga bordim.
Yaponiyada deyarli hamma milliy festivallarga milliy kiyimlarida, ya'ni yozda yukata kiyib borishadi. Menam juda kiygim kelayotuvdi, baxtga qarshi o'zimni yukatam Nagoyada qolib ketgan ekan. Keyin yangisini yo'l-yo'lakay sotib olib, kiyib bordim. O'ziyam mazza bo'ldi, ayniqsa odamlarning savol to'la nigohlari bilan qarashlari menga :D

Tuesday, July 28, 2009

Ise shrine

Kecha-28-iyulda qo'shni MiePrefekturasidagi Ise degan shinto ibodatxonasiga borib keldik. Host Family im bilan birga bordik. Yaponiyadagi eng katta va obro'li shinto ibodatxonasi ekan. Aytishlaricha, imperator yoki imperator oilasidan kim turmush qursa, ommaga e'lon qilish uchun to'y kiyimlarida ushbu ibodatxona ichidagi yo'laklarni bosib o'tarkan. Rostan ham ichi katta ekan.
Yo'lda qaytayotib England gardenga kirdik. Birinchi marta inglizlarni bo'gi qanaqa bo'lishini ko'rdim.
Kuni bilan yomg'ir yog'di. Aytgancha, men Isening gavjum ko'chalarida Sumo kurashchisini ko'rdim, yomon qiziqdim, oxiriyam gaplashib keyin rasmga tushdik :)
Qolgan rasmlarni ko'rish

Monday, July 27, 2009

Wish List

Bugun xonamni bo'shatishga hozirlab yig'ishtirayotgandim, ro'paramda tursada anchadan beri ko'zim tushmagan visualizatsiya boardimdagi niyatlarim yozilgan qog'ozchalarni yig'ib olishga to'gri keldi. Har birini yulib olar ekanman, mazmunini o'qib miyig'imda kulgi paydo bo'ldi. Hozir tashlab yuboraman, kel shuni tashlab yuborishdan oldin biror joyga bitib qo'yay, degan hayol o'tdi. Albatta, bu wish listni public qilib bo'lmaydi, shuning uchun google.doc da saqlaymiz. Yozib bo'lib qarasam, 19 ta paperga yozilgan ekan. Kuzatadigan bo'lsam, 5 tasining amalga oshish muddati allaqachon o'tib ketibdi. 3 tasiga erishibman, ammo niyat qilishda aynan bir narsani so'ramasdan, balkim umimiy ma'nosin so'rash kerakmi, erishibman lekin undan ko'zlangan maqsad esa ahamiyatsiz bo'lib qolibdi erishgan paytigacha. 8 tasini 2010 yilga rejalashtirgan ekanman. Bu docni aancha payt ochmayman, keyin ko'ramiz qanchasiga erishish nasib etgan bo'larkin. Shunisi qiziq bo'ladi :)

Sunday, July 19, 2009

Isro va Me’roj

Isro va Me’roj kechasining eng muhim saboqlaridan biri shuki, bu mo’jiza Musulmon Ummatiga Masjidul-Aqsoning (Al-Aqso masjidi) ahamiyati benihoya ulug’lini ko’rsatib beradi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallamning isro(tungi sayr) safarlari Makka shahridan Masjidul-Aqsoga qarab yo’nalgan bo’lib, aynan Masjidul-Aqsodan Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vassallam Me’rojga, ya’ni Jannatga ko’tarilganlar.
Isro safari dunyodagi yetakchilik Musulmon Ummati qo’liga o’tishining bir alomati edi. Bu yetakchilik esa majburlov va zo’ravonlikka emas, balkim rahm va adolatga asoslangandir.
Isro va Me’roj mo’jizasining yana bir muhimligi namozning aynan shu kechada farz qilib belgilanganligidir; zeroki, Alloh subhanu va taolo bilan bevosita aloqaga kirishish namoz orqali amalga oshadi.
Atoqli Islom olimi Shayx Yusuf Al-Qaradaviy ushbu masala borasida shunday deydi:
Isro bu Alloh subhanu va taoloning Payg’ambari Muhammad sallalohu alayhi vassallamni Makkdadan O’zining Muqaddas Uyi bo’lmish Masjidul-Aqsoga yo’llagani.
((O'z) bandasi (Muhammad)ga mo''jizalarimizdan ko'rsatish uchun tunda, (Makkadagi) Masjidul-Haromdan (Quddusdagi) Biz atrofini barakotli qilib qo'ygan Masjidul-Aqsoga sayr qildirgan zot tasbeh aytishga (loyiqdir)Darhaqiqat, U eshituvchi va ko'ruvchidir.) (Al-Isro surasi, 17:1) Masjidul-Harom bu suradada Allohning Muqaddas Uyi (Ka’ba) ma’nosida kelib, Atrofini barakotli qilib qo’ygan joy deganda Masjidul-Aqso nazarda tutiladi.]

Thursday, July 16, 2009

Kundalik bilan xayrlashuv :D

Meni kundaligim to'lib qolibdi. O'zi bu daftarni boshlaganimga uncha uzoq muddat bo'lmagandi, bilmadim, tez yozib yubordimmi yoki daftarni varaqlari kammikan. Bu daftarimni boshqalaridan farqi, men uni yaxshi ko'rib qoluvdim, balkim ko'rinishi bejirimligi uchun, balkim esa ichida yozilgan narsalari uchun. Bu daftarni bir umr yozishni xohlagandim. Shu paytgacha tutgan barcha daftarlarim to'lishi bilan yoki yirtib yuborganman yoki yirtmasdan ham axlatga tashlab yuborganman. Ba'zilarida sal ikkilangan hollarim bo'lgan, lekin juda ham oz darajada. Eng qizig'i, qaytib hech qachon o'sha kundaliklarimni tashlab yuborganim uchun afsuslanmaganman, aksincha qutilganim yaxshi bo'ldi, yoki ehh eslashga ham arzimaydigan matoh deb hisoblab kelganman. Hozir oxirlab borayotgan daftarimdan ayrilgim kelmayapti. Afsuski, oxirgi sahifani yopishga majburman. Bu daftarni tashlab yubormasligim aniq, qiziq uni endi qayerga bekitsam ekan, chunki odam yaxshi ko'rgan narsasini hammadan qizg'anadi.
Xullas, yangi daftar olish kerak. U daftarni boshlab yozish uchun hafsala kerak. Birato'lasiga O'zbekistonda boshlasammikan? Qiziq, O'zbekistonda ham aynan shunga o'xshash daftar topilarmikan, yoooq topilmasa kerak. O'xshashi bo'lmasa ham, menga hozirgisiga o'xshab yoqib qoladigani?

Tuesday, July 14, 2009

Ovozim chiqmay qolibdi.
Telefonda gapirib turib o'zim ovozimdan qo'rqib ketdim. Hech kimga gapirmagandan keyin ovozimni ahvoli ham no'malum qolar ekan. :)
Ertalab ketma-ket uch soat bolalarga darsim bor edi. Nagoyada havo ham juda qizidi. Ishdan keyin Halal shopga bordim. O'tgan safar borganda pahlava olib kelgandim, o'sha kundan beri ko'nglim o'sha tomondan hech beri kela olmay qoldi. Bormaslikka imkon bermay, issiq kunda borib keldim. Bugun Seshanba, ohh yana Chorshanba kunidagi darsga tayyorlanish esimdan chiqib ketibdi. O'zi g'alatiroq fanda, sal begona qilaman shu International Developmen fanini. Mana qorong'u bo'lgan, kutubxonalar yopilgan, ammo report yozish kerak. Mayli endi netdagi ma'lumotlar bilan yozib qo'ya qolamiz, essay qilib.

Aytgancha, bugun forum.arbuz.com dagi bitta amakining ayollari bilan tanishdim. Suhbatimiz yoqimli bo'ldi.
Kehcha bitta tanishim youtubedagi mana bu http://www.youtube.com/user/QuronKarim channelni berib qoldi. Oldin ham ko'zim tushgan edi, ammo bu safar e'tibor berib ko'rsam juda ham yaxshi ish yaratilibdi. Bir paytni o'zida Qur'on suralarini ham tinglab, ham o'zbek tilida yozilgan ma'nolarini o'qish imkoni bor. Alloh ushbu birodarimizdan rozi bo'lsin. Blogspotda ham manzillari bor ekan: www.QuroniKarim.blogspot.com

Thursday, July 9, 2009

1. Eng go'zal, eng toza, eng shirin va eng yaxshi payt tongdir.

2. Hozir shundoq turib ana u bir to'da kun chiqar tomonga shoshib ketayotgan oppoq bulutlarga borib, ustida nimalar borligini ko'rib kelsamda. Qachon odamda shunday imkoniyat paydo bo'larkan. Ana u tog'lar ortida nimalar borligini ko'rmoq istasak, borib ko'rib kelish imkoni mavjud, lekin hozirgi xohishim uchun yoki ozgina vaqt o'tishi kerak, yoxud texnologiya tezroq rivojlanishi kerak.

3. Islomiy tasavvurdan boshqa tasavvurlar falsafalarining katta xatosi Xoliq (yaratuvchi) bilan Maxluq (yaratilmish) o'rtasidagi farqlarni tushunmasliklaridadir. (c) Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf

Friday, July 3, 2009

Amakudari –A Unique Institution of Japan

Literally translated amakudari means “descent from heaven” and refers to the reemployment of top-level bureaucrats in high-level positions in private and public corporations as well as their movements to national political office.
Bureaucrats in Japan mostly come from the top Japanese universities. Making career in Japan is strictly up to age of every bureaucrat. For making a better career, a bureaucrat has to work in one position for his most life. However, when they reach to the age of fifties, mostly they are forced to retire. This forcing power also includes compelling them to move to the public or private sector corporations, and also to political offices as a member of board of directors. This kind of forcing happens through amakudari. Then these high-level officials reemploy in the firms and industries, which once they have regulated. New positions in public and private sector fill with people, who are aware of policies and principles or ministries and other government offices. With the information provided by new employers, business and other entities promote their activity by using the information for smoothing the relationship between government and private sector, and this represents a main role of amakudari.
The emergence of amakudari goes back to the postwar era. Amakudari first institutionalized when rebuilding postwar economy started. The main idea of amakudari came from management of human resources. Since that the institution of amakudari has been serving as a great breach in exchanging information and negotiation across legislative, bureaucratic, and business entities. At present, one can admit that amakudari became a social institution beneath the formal institutions.