Pages

Tuesday, July 14, 2009

Ovozim chiqmay qolibdi.
Telefonda gapirib turib o'zim ovozimdan qo'rqib ketdim. Hech kimga gapirmagandan keyin ovozimni ahvoli ham no'malum qolar ekan. :)
Ertalab ketma-ket uch soat bolalarga darsim bor edi. Nagoyada havo ham juda qizidi. Ishdan keyin Halal shopga bordim. O'tgan safar borganda pahlava olib kelgandim, o'sha kundan beri ko'nglim o'sha tomondan hech beri kela olmay qoldi. Bormaslikka imkon bermay, issiq kunda borib keldim. Bugun Seshanba, ohh yana Chorshanba kunidagi darsga tayyorlanish esimdan chiqib ketibdi. O'zi g'alatiroq fanda, sal begona qilaman shu International Developmen fanini. Mana qorong'u bo'lgan, kutubxonalar yopilgan, ammo report yozish kerak. Mayli endi netdagi ma'lumotlar bilan yozib qo'ya qolamiz, essay qilib.

Aytgancha, bugun forum.arbuz.com dagi bitta amakining ayollari bilan tanishdim. Suhbatimiz yoqimli bo'ldi.
Kehcha bitta tanishim youtubedagi mana bu http://www.youtube.com/user/QuronKarim channelni berib qoldi. Oldin ham ko'zim tushgan edi, ammo bu safar e'tibor berib ko'rsam juda ham yaxshi ish yaratilibdi. Bir paytni o'zida Qur'on suralarini ham tinglab, ham o'zbek tilida yozilgan ma'nolarini o'qish imkoni bor. Alloh ushbu birodarimizdan rozi bo'lsin. Blogspotda ham manzillari bor ekan: www.QuroniKarim.blogspot.com

No comments:

Post a Comment