25-iyul kuni Tsushima degan shaharchadagi Tsushima Daryo Festivaliga bordim. Bu festivalda daryodan besh ta kemani har xil bezaklar bilan bezatishib, daryo bo'ylab suzib o'tisharkan. Festivalning asosiy qismi oqshom bo'ladi. Bunda kema ustiga qog'oz chiroqlar ornatisharkan. Ularning soni aylanasi boylab 365 ta va yuqori qismi esa 12 ekan, mak bir yil va 12 oyni bildiradi. Tsushima shaharchasida meni yana bitta homestay qilgan oilam yashaydi. Ular bilan birga bordim.
Yaponiyada deyarli hamma milliy festivallarga milliy kiyimlarida, ya'ni yozda yukata kiyib borishadi. Menam juda kiygim kelayotuvdi, baxtga qarshi o'zimni yukatam Nagoyada qolib ketgan ekan. Keyin yangisini yo'l-yo'lakay sotib olib, kiyib bordim. O'ziyam mazza bo'ldi, ayniqsa odamlarning savol to'la nigohlari bilan qarashlari menga :D
Festivaldan keyingi kunda ham kemalarni qaytadan bezashib yana diniy odatlarini qilisharkan.
Qolgan rasmlarni ko'rish
No comments:
Post a Comment