Bugun Alisher Navoiy kutubxonasiga bordim. Ko’proq shug’ullanishim va yozishim kerak bo’lganligi bois, shaxsiy komputerimni ham olib brogan edim. Kiyimlar va buyumlar saqlanadigan xonaga narsalarimni qo’yib, mutolaa xonasiga kirsam, bu yerda komputer bilan ishlash mumkinmasligini aytishdi. Shug’ullanish uchun komputer zarurligini tushuntirganimdan so’ng, mutolaa xonasida elektr tokiga ulashning imkoni yo’qligini, agar elektr tokidan foydalanmoqchi bo’lsam, dissertatsiyalar xonasiga chiqishim kerakligini tushuntirishdi. Rozi bo’lib, dissertatsiya bilan shug’ullanuvchilar xonasiga borsam, u yerda shaxsiy kompyuter bilan kutubxona elektr tokidan foydalanish mutlaqo mumkin emasligini, bu haqda kutubxona ma’muriyatining bir parcha qog'ozga ogohlantirishyozib qo'yganini ko'rdim. Nachora, xatto kutubxona ma’muriyati tomonidan chiqarilgan hujjatda shunday deyilgan ekan, bo’ysunishdan boshqa iloj yo’q. Kutubxonachi xodimlarning baqiriq-chaqiriq, ayrimlarining esa bunday noqulay ahvolga tushib qolganimdan qilgan qayg’urish ko’rinishidagi munosabatlarini chetga qo’ya turaylik va meni o’sha paytidagi omadim yurishmagani tufayli tushib ketgan kayfiyatimni ham unutaylik, ammo ma’rifat, jiddiy va chuqur izlanish maskani bo’lgan kutubxonada o’quv quroli bo’lgan shaxsiy kompyuterdan foydalanishning taqiqlanishini qanday so’z bilan izohlash mumkin?
Alisher Navoiy kutubxonasi davlat kutubxonasi, bu davlat hamma narsa bilan ta’minlab qo’ybdi, endi elektr tokini bilan ham ta’minlab qo’yishi kerakmi, deb chuqur mulohaza qilinmay aytilgan kutubxona xodimining so’zlari ajablantiradi. Ma’rifat va ma’daniyat, taraqqiyot bilimlarini egallagan ziyolilar bo’lmasa, davlat o’zini davlat sifatida tutib tura olarmikan? Davlatni o’ziga ziyoli kadrlar, har bir sohada o’z ishini puxta biladigan vakillar kerakdurki, shuncha yildan beri chop etilgan barcha kitoblarning nusxasidan yig’ib, kelajak uchun saqlab keladi.
Respublikada yagona, hajmi jihatdan eng katta va zalvorli bo’lgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat kutubxonasida shu ahvol ekan, demakki, boshqa kutubxonalardan hol so’rab o’tirishga hojat yo’q.
Kutubxona xodimlarining ayrimlarini aytishicha, shaxsiy kompyuter orqali elektr tokidan foydalanadigan kitobxonlar kelib turishar ekan. Ammo ular qay yo’l bilan kutubxona ma’muriyati tomonidan chiqarilgan hujjatni chetlab o’tishayapti, bunisi bizga qorong’u. Bunday foydalanishni har bir kitobxonga alohida yondashadigan kutubxona xodimlari vijdoniga havola qilamiz.
Shunga o’xshash cheklovlar ta’lim muassasalarida, jumladan men tahsil olayotgan Institutda ham mavjud. Dekan o’rinbosarlarining dag’dag’asiga ko'ra, talabalarning elektr tokidan foydalanishi uchun institut pul to’lab yurmas ekan. Holat juda ham ajoyib. Agar talabalar uylaridan elektr toki yuklab oladigan asboblarini olib kelib, institut elektr tokini simirib olib ketishayotgan holatga duch kelsak ekan, albatta, bunga yo’l qo’yib bo’lmaydi deb, ahvolni tushunsak. Ta’lim dargohi bo’lmish institutda o’quv quroli bo’lmish shaxsiy kopyuterdan yoki shunga o’xshash texnik o’quv qurollaridan foydalanishning hech ham iloji yo’q. Hech ham iloji yo’q desak, mubolag’aga yo’l qo’ygan bo’laman, chunki shaxsan o’zim ham foydalanaveraman, chunki har doim institut ma’murlani meni boshimda poyloqchilik qilisha olmaydi. Ammo nima uchun talaba o’quv qurollaridan foydalanish uchun birov ko’rib qolmasin deb qo’rquv bilan yurishi kerak ekan. O’zga yurt yoki joylarni maqtamoqchi emasman, ammo mashg’ulot xonalarida o’rindiqlar sonidan ham texnik jihozlar uchun zarur elektr toki ulagichlari ko’p bo’lgan, stol-stullar ham shunday texnik vositalar uchun maxsus jihozlangan auditoriyali xorijdagi ta’lim muassasalarini beixtiyor esga olaman.
Rasmga olib kelmadingizmi o'sha e'lonni? Borib olib kelsangiz, blogingizga kiritib qo'ying.
ReplyDelete