Pages

Sunday, October 10, 2010

HIJOB IBODAT LIBOSIMI?


P.S. Juda ham foydali maqola ekan. O'qib chiqishni tavsiya qilaman.
Hijob haqida qonun bormi?
Saytimizga oxirgi paytlarda hijob haqida ko’plab savollar kelmoqda. Ularda, asosan, hijob o’rash O’zbekistonda qonuniymi, qonunchilikda bu haqda nima deyilgan, mutasaddilar tomonidan hijobga qarshi harakatlar sodir etilganda nima qilish kerak, kabi masalalar so’ralyapti. Bu haqda bir necha savolga alohida javob ham yozdik. Lekin mavzu, nazarimizda, yana biroz tahlilga va sharhga muhtoj. Chunki qonunchilikda ibodat libosi haqida band bor. Mavzuni to’la o’rganishimiz uchun, avvalo, shu qonun normalarini to’g’ri tushunishimiz kerak bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunining 14-moddasi 5-bandida shunday norma belgilangan:
O’zbekison Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlariga yo’l qo’yilmaydi”.
Xuddi shu qoida O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to’g’risidagi kodeksining 184-1-moddasida ham o’z aksini topgan:

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining (diniy tashkilotlarning xizmatidagilar bundan mustasno) jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari – eng kam ish haqining besh baravaridan o’n baravarichaga miqdorda jarima solishga yoki o’n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo’ladi”.
Yuqoridagi qonun normalaridan ma’lum bo’ladiki, O’zbekiston Respublikasida fuqarolarning jamoat joylarida ibodat liboslarida yurishlari taqiqlanadi va bu harakat tegishli javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Bu moddalarda tilga olingan ibodat libosi nima? Unga hijob ham kiradimi? Buni qayerdan bilamiz? Agar hijob shu moddada taqiqlangan ibodat liboslari qatoriga kirsa, bu vijdon erkinligi prinsipiga zidmi yoki buni asoslaydigan boshqa qonun normalari bormi? Quyida shu savollarga javob topishga harakat qilamiz.
O’zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyasida fuqarolarning  din va vijdon erkinligi to’la ta’minlangan[1]“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonunning 3-moddasida ham:
“Vijdon erkinligi fuqarolarning har qanday dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslikdan iborat kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.
Fuqaro o’zining dinga, dinga e’tiqod qilishga yoki e’tiqod etmaslikka, ibodat qilishga, diniy rasm-rusumlar va marosimlarda qatnashish yoki qatnashmaslikka, diniy ta’lim olishga o’z munosabatini belgilayotgan paytda uni u yoki bu tarzda majbur etishga yo’l qo’yilmaydi”, deya ushbu konstitutsiyaviy prinsip yana bir bor mustahkamlangan. O’zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida ham diniy asoslarga ko’ra ajratish, kamsitish va haq-huquqlarni cheklash mumkin emasligi qat’iy belgilab qo’yilgan.
Hijob musulmon ayollarning nomahram erkaklar huzurida doimo kiyishi lozim bo’lgan libosdir[2]. U faqat ibodat payti kiyiladigan kiyim bo’lmay, musulmon ayol uchun diniy amallarning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Uni kiymasa ham bo’laveradi deyish Islomdan chiqaradigan darajadagi kufr amaldir[3]. Shunday ekan, hijobga taqiq qo’yish dinga erkin e’tiqod qilish huquqini cheklash bo’lib, konstitutsiyaviy prinsiplarga zid hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi qonunining 5-moddasiga binoan, O’zbekiston Respublikasida normativ hujjatlar yuridik kuchi jihatidan quyidagi darajalarga bo’linadi:
c)     O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari;
f)     Vazirliklar, davlat qo’mitalari va idoralarining hujjatlari;
g)     Mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari.
O’zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to’g’risida”gi qonunining 7-moddasiga asosan Respublikada Konstitutsiya va qonunlar ustun mavqega ega:
“O’zbekiston Respublikasida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarining ustunligi so’zsiz tan olinadi.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi oliy yuridik kuchga ega va O’zbekiston Respublikasining butun hududida qo’llaniladi.
O’zbekiston Respublikasida qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish uchun qabul qilinadi hamda normalari va prinsiplariga zid kelishi mumkin emas”.
Shu qonunning 14-moddasiga ko’ra, turli normativ-huquqiy hujjatlarning yuridik kuchi O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organning vakolatiga va maqomiga, shuningdek, hujjatlarning turlariga muvofiq belgilanadi:
“Normativ-huquqiy hujjat o’ziga qaraganda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo’lgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq bo’lishi shart.
Normativ-huquqiy hujjatlar bir-biriga to’g’ri kelmagan hollarda yuqoriroq yuridik kuchga ega bo’lgan normativ-huquqiy hujjat qo’llaniladi.
Teng yuridik kuchga ega bo’lgan normativ-huquqiy hujjatlar bir-biriga to’g’ri kelmagan hollarda keyinroq qabul qilingan hujjat qoidalari amal qiladi.
Normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik, davlat qo’mitasi yoki idorasining ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini tartibga solish uchun maxsus vakolati bo’lsa, ushbu organ qabul qilgan hujjat bir xil darajadagi boshqa vazirlik, davlat qo’mitasi yoki idorasining normativ-huquqiy hujjatiga nisbatan yuqoriroq yuridik kuchga ega bo’ladi”.
Demak, o’quv yurtlari nizomlarida yoki korxona va idoralar ichki tartib-qoidalarida hijob o’rashni taqiqlovchi normalarning qabul qilinishi vijdon erkinligi to’g’risidagi konstitutsiyaviy huquqni poymol etishi bois noqonuniy hisoblanadi. Ushbu o’quv muassasalari yoki idora-tashkilotlar shunday ichki qoidalar asosida musulmon ayollarning hijob o’rashiga qarshi harakatlaridan to’xtamasa, buzilgan haq-huquqlarni tiklashni va ushbu qoidalarni noqonuniy deb topishni so’rab sudga murojaat etish kerak bo’ladi (Sudga murojaat qilish tartibi haqida bu yerda: “Maktab ichki nizomlarida hijobga taqiq qo’yish qonuniymi?”.
Davomi mana bu linkda HIJOB IBODAT LIBOSIMI?

No comments:

Post a Comment