Pages

Friday, March 6, 2009

Ilmiy, ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar tabiatdagi narsalarni yaxshilashi, sayqallashi mumkin, lekin insonni hech narsa qila olmaydi. U narsa kishiga ruhiy kamolotga erishish uchun yol korsatib bera olmaydi. Chunki, menimcha, ruhiy kamolot moddiy taraqqiyotga bogliq narsa bolmay, bizning qalblarimizdan joy olgan narsadir. U moddiy jihatdan qoloq xalqlarda ham, taraqqiyotga erishgan xalqlarda ham bir xil boladi. Shunday ekan, qolimizdan kelgancha ruhiy narsalarni izlamogimiz kerak. Bizdan avval ham kopchilik kishilar bu haqiqatga erishganlar, ruhiy kamolotda timsol bola olganlar. Agar ularda bizdagichalik ilm va moddiy taraqqiyot bolmasa ham, ular tarbiya va mulohaza yoli bilan ulkan ruhiy taraqqiyotga erishdilarki, bu taraqqiyot keyinchalik ozining buyuk samarasini berdi. Ular erishgan narsa nima edi? Bu narsalar yaxshilik, muhabbat, birovni ozidan yuqori qoyish, fidokorlik kabi fazilatlar edi. Shu narsalarga erishganimizda, qalbimiz tinch bolishi, kishilar hech qanday qonun yoki tuzumga muhtoj bolmas edik. Eng ajablanarlisi shundaki, hozirgi kunda madaniyatimiz taraqqiyotga erishish uchun qonun va tuzumlarni isloh qilishga urinadi, lekin ruhiy quvvatga suyanishga harakat qilmaydi. Menimcha, bolalarimizga elektr tokining foydalariga qoshib, ozaro muhabbatning foydalarini, komir va temirning manfaatlariga qoshib, ochiqkongillik va rahmdillikning manfaatlarini ham oqitmoq kerak. Boshqacha qilib aytganda, ular oqiyotgan ilmlarga abadiy qoladigan ruhiy sifatlarni ham qoshib yubormoq darkor. Aks holda, kozlangan maqsadga erisha olmaymiz, degan ekan hind yozuvchisi Rabindratan Tagor.

No comments:

Post a Comment