Monday, January 3, 2011
Thursday, December 30, 2010
2-Hikoyat
Sa’diy hikoya qiladi:
Bolalik kunlarimda juda ibodatga berilib ketib, kechalari tinmay namoz-niyoz bilan mashg’ul bo’lganligim yodimda. Bir kecha otam huzurida o’tirib qur’onni bag’rimga bosib, tilovat qilish bilan mashg’ul bo’ldim. Atrofimizda bir necha odam uxlab yotardi. Shunda men otamga dedim: “Bulardan birortasi loaqal ikki rakaat namoz o’qigali boshini ko’tarmaydi-ya, shu qadar g’aflat uyqusiga botibdilarki, uxlagandan ko’ra ko’proq o’lganga o’xshaydilar!”
Otam dedi: “Ey jonim o’g’lim, sen ham odamlarni malomat qilgandan ko’ra uxlab qo’ya qolsang yaxshiroq bo’lardi”.
Ko’z oldini parda bosgan, manman degan kekkayma
Bu dunyoda o’zidan ham yetuk kishini ko’rmas.
Siz mabodo o’z-o’zini ko’rarlik oynak topib
Borsaydingiz, ko’rar edi o’zini hammadan past.
Sa'diyning Gulistoni haqida
Shayx Sa'diy Sheroziyning "Guliston" asarini o'qiyapman. Maktabda adabiyot fanidan bir marotaba Sa'diy haqida mavzu o'tganligimizni eslayman. Ammo maktabdagi dars va darslikdagi Sa'diy haqidagi ma'lumotlar menda bunday buyuk zotning ijodiga qiziqish uyg'otmabdi chog'i, ijodi bilan jiddiy yondashishga sabab bo'lmabdi. O'tgan yili Yorqinjon Qorining ma'ruzalarini maroq bilan tinglab yurardim. Aslida oddiy haqiqatlarni bizga o'z tilimizda tushuntirayotgan Qori ko'plab ibratli misollarni Sa'diyning asarlaridan keltirardi. Misollardagi majoziylik va gapni indallosi ayni kerakli nuqtaga yetib borishi Sa'diy shaxsiyatiga nisbatan hurmat va ijodiga nisbatan katta qiziqish uyg'otdi.
Sa'diy 90 yil umr ko'rgan fors ijodkori, barakali umrining 20 yilini sayohat bilan o'tkazgan. 50 yoshiga yetganda hayotda o'zidan keyin odamlar va o'zi uchun foydali bir narsa qoldirish maqsadida sayohatga chiqib, ko'rgan-kechirgan, eshitgan ibratli hikoyalarini to'plab "Guliston" yaratadi.
O'zbek tilida kitob o'qimoqchi bo'lib, Ziyouz kutubxonasidan "Guliston" asarining elektron versiyasini topdim va ayni damda mutolaadan maroqdaman. Muhimi, asarni o'zbek tilidagi tarjimasi yaxshi chiqgan. Asar ma'lum mavzularga bag'ishlangan boblardan iborat. Har bir bobda o'z mavzusiga aloqador ibratli hikoyalar asosan nasrda va qo'shimcha jilodorlik uchun nazmda bayon etiladi. O'zi oddiy, ko'rimsiz kitob bo'lishiga qaramay, o'qish davomida xuddi injular sohilida har qadamida duch kelgan dur-u gavharlarni ko'rib entikayotgan odamga o'xshayman. Xullas, asardagi ba'zi o'zimga ma'qul bo'lgan hikoyatlarni sahifam orqali siz bilan baham ko'raman. Sa'diy hikoyatlarini Sahifadagi "Ibrat" rukni ostida topishingiz mumkin.

Wednesday, December 29, 2010
1-Hikoyat
Bir darvesh sahroning xilvat bir yerida o’tirgan edi. Shu mahal podshoh o’sha yerdan o’tib qoldi. Qanoat mulki ichra farog’atda bo’lgan darvesh podshohga qayrilib ham qaramadi. Podshoh darveshning bu ishini saltanat sh’aniga tahqir bilib, dedi: “Bu xirqa (janda) kiyganlar bamisoli qoramolga o’xshaydilar, ular tavozeni ham, odamgarchilikni ham bilmaydilar”. Shunda vazir darveshga yaqin borib, dedi: “Ey darvesh, podshohi olam sening yonigga keldilar, nima sababdan izzat-ikrom qilmading, odob qoidalarini bajo keltirmading?” Darvesh aytdi: “Podshohga degilkim, ne’mat va iltifotdan umidvor odamdan izzat va xizmat kutsin. Yana shuni ham aytib qo’ygilki, fuqarolar podshohga itoat etmoq uchun emas, balki podshohlar fuqaroga xizmat etish uchun yashaydilar”.
Garchi ne’mat bilan davlat uniki,
Lekin darveshlarga shohdir posbon.
Qo’ylar cho’pon uchun xizmat qilmaydi,
Balki qo’ylar uchun kerakdir cho’pon.
Bittani to’qu tinch ko’rasan bukun,
Bittasi urinib bo’lmish dil yara.
Necha kun sabr etib, o’zga mag’rurning
Miyasin tuproqlar yeganin qara.
Friday, December 10, 2010
To'rtlik
Ko’rmagan odamimni shunchalar sog’indim men
Ayting, bizni bog’lagan sevgi-mehr nega teng?
Intiqman mo’jizaga, hamd aytib Mo’jazkorga
Salomatlikda diydor uchun do’stlar omiyn deng.
Monday, November 1, 2010
Yangi loyihalar...
Bugun yangi tarjima ish boshladim. Ishqilib, odamlar uchun foydali qilsin, tezroqgina bitirib olay. O'zi 15 betlik ish, kuniga bir betdan tarjima qilsam ikki haftada tugaydi. Kuniga bir bet tarjima qilish qiyin emas, ikki betdan qilsam, bir haftada. Ammo ba'zida qunt va jiddu-jahd bilan tarjima qilishga o'tirish uchun imkon topishning o'zi qiyin kechadi. Ishqilib, tarjima ishimdagi narsalar bor bisoti bilan tushlarimga ko'chib olmasa bo'lgani. Boshqa narsadan qo'rqmaymanu, ammo o'qigan, ko'rgan, eshitgan narsalarimning tushlarimga kirib, o'rnashib olishi meni bezovta qiladi.
Oxirgi paytlarda bir ishni oxiriga yetkazish qiyin bo'lib ketayapti. O'tgan dam olish kunlariga mo'ljallagan ishimiz ham o'zimizning yalqovligimiz tufayli qolib ketdi. Ikkita-uchta o'qishni boshlab qo'ygan kitoblarim meni qachon qo'lga olarkin, deb kutib yotibdi. Bu yoqda LSAT kitoblarini olib keltirib qo'yganman, hali 24 betgina o'qibman.
Xudo xohlasa, tarjimani yaxshi yakunlab olib, yangi ishlar boshlaganimda yozarman.
Friday, October 29, 2010
Shunchaki...she'r yozish haqida
Hozir o'zim yozgan she'rni o'rtog'imning blogida ko'rib, g'alati bo'lib ketdim. O'sha paytdagi ahvolimni eslab shunaqangi xo'rsingim keldiki....
Allohga shukr, o'zimni tiklab olgandayman. Yana she'r yozgim kelib ketdi. She'r yozish uchun, she'r yoza olish uchun aslida nima kerak?
Nega she'r yozmaysiz, degan savollarga hazilomiz "Men she'r yozishni tashlaganman", deyman. Aslida, she'r yozish "tashlab yuborsa" bo'ladigan ishmi?
Subscribe to:
Posts (Atom)