Bugun Hoji Ahmadjon Bobomurodning “E’tiqod musaffoligi yo’lida” deb nomlangan kitobchasini bo’sh vaqtim bo’lganida o’qirman deb olib chiqgan edim. Kitob bizning jamiyatimizda o’rnashgan turli-tuman irim-sirimlar va haqiqiy shariat qoidalari o’rtasiga aniqlik kiritish, omma ruju qo’ygan ko’plab bo’lmag’ur irimlarni oshkor qilish, ularning asl bayonini so’zlash bilan e’tiqod musaffoligi uchun juda foydali kitob ekan. Quyida shu kitobchadan iqtibos keltirishni xohladim. Bu narsadan ko’pchiligimiz xabardormiz, ammo meni uning ortidagi ma’nosi o’ziga jalb qildi. Shunday qilib, sizga ham ilindim:
"Musulmon kishi hammom, hojatxona va shunga o’xshash joylarga chap oyog’i bilan kirib, o’ng oyog’i bilan chiqishi kerak. Masjid, madrasa, o’quv dargohlari, uy va shunga o’xshash pokiza joylarga o’ng oyoq bilan kirib, chap oyoq bilan chiqiladi. Payg’ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vassallamninh “Masjidga kirishda o’ng oyoq bilan kirib, chap oyoq bilan chiqinglar. Hojatga esa chap oyoq bilan kirib, o’ng oyoq bilan chiqinglar”, degan hadislarining hikmatini XXI asrda tekshirgan olmon olimlari sarvari olamning donoliklariga tan berishgan. Ya’ni, o’ng oyoqni oldinga tashlagan poaytda joni chiqqan odam oldinga qarab, chap oyog’ini oldinga tashlaganda joni chiqqan odam esa orqa tomonga qarab yiqilar ekan. Demak, banda masjidga o’ng oyoqda kirayotganida jon taslim qilsa, masjid ichiga qarab yiqiladi va bunday o’lim xayrli hisoblanadi. Shuningdek, hojatxonaga chap oyoq bilan kirayotganda jon taslim qilgan banda orqaga yiqilib, najosatga bulg’anishdan saqlanib qolar ekan".
Ajoyib post uchun rahmat. Mana shunga uxshash kitoblarni uqishni yaxshi kuraman. Qanday kitoblarni tavsiya eta olasiz?
ReplyDeleteO'ng va chap qo'lni mazmunini bilardim,ammo oyoq masalasida bilmasdim,juda qiziq va foydali...
ReplyDeleteO'ng va chap qo'l to'g'risida bilardim,ammo aoyoq masalasida bilmaskanman,juda qiziq va foydali....
ReplyDelete