Pages

Friday, April 24, 2009

Tavbaning kutilishi

Anas roziyallohi anhudan rivoyat qilinadi:

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

“Biringizning ulovi ustida sharobi va taomi bilan kimsasiz biyobonda qochib ketsa, undan umidini uzib, bir daraxtning tagiga borib, soyasida yotgada, umidi batamom uzilgan holda yotganida birdan ulovi oldiga kelib turganini ko’rib qolib, jilovidan tutib, o’ta xursand bo’lib ketib, shoshganidan “Allohim! Sen bandamsan! Men Robbingman!” deb yuborsa, Alloh taolo bandasi tavba qilganida ana shundan ham ko’ra ko’proq xursand bo’ladi. Zero, banda u xursandligining shiddatidan xato qilgandi”, dedilar”.

O’zimni butkul tavbasi ham qabul qilinmaydiganlar safiga qo’shib qo’ygandim, ammo Alloh Buyukdir!

No comments:

Post a Comment